Ishni bajarish tartibi. Elodeya poyasining uchki qismi- o’sish ko’nusi yosh barglari bilan o’ralgan bo’ladi.
O’sish ko’nusining alohida ko’rib tekshirish uchun elodeya poyasining uchidan 1sm
uzunlikda qaychi bilan qirqib olib, buyum oynasidagi bior tomchi suvga joylashtiriladi va
to’g’rilovchi igna bilan ikkiala poya bargi tozalanadi. Yalang’ochlangan poyaning uchki ko’nusi
skalpelda kesib olinib , suv tomchisiga joylashtiriladi va ustiga qoplag’ich oyna yopilib,
mikrosko’pda tekshiriladi. Poyaning eng uchki qismi konussimon, yumaloq bo’lib, hech qanday
o’simtalar ko’rinmaydi Bu qism o’sish konusi- meristema deb ataladi.
Obyektni aniqroq ko’rish uchun xloral gidrat suvi tomchisidan tiniqlashtirib metilen
ko’kida bo’yab ko’rish mumkin. Elodeya uchki kurtagining bo’yiga kesigidan preparat
tayyorlab mikroskopda ko’riladi. Kurtakning markazida, o’sish konusi joylashgan, uning
pastrog’ida, joylashgan bo’rtmalar barg boshlang’ichlari bo’lib, ular o’sish konusini o’rab turadi.
Qoplovchi to’qima. Birlamchi qoplovchi to’qima - epiderma. Geran bargi epidermasi misolida Kerakli asbob va materiallar: 1. Mikroskop, lupa, buyum va qoplag’ich oynalar, buyum
oynasi, qoplag’ich oyna, suvdon pintset, igna.
Ishni bajarish tartibi. Qoplovchi to’qima o’simliklar organini tashqi tomondan o’rab turadi va ichki qismini tashqi
sharoit, temperatura va suv ko’p buglanishidan va turli mikroorganizmlar ta’siridan
saqlaydi.Qoplovchi to’qima zich joylashgan parenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po’sti
sellyulozadan iborat bo’lib, kutinlashadi yoki po’kaklashdi. Qoplovchi to’qima kelib chiqishiga
ko’ra uch xil: birinchi qoplovchito’qima epiderma, ikkinchi qoplovchi to’qima periderma va
uchlamchi qoplovchi to’qima - po’stloq bo’ladi. Epiderma birlamchi meristemaning ustki
qavatidagi hujayralarning differentsiyalanishidan hosil bo’ladi. Yashil barglar, yosh poya va
ildizlar tashqi tomondan epiderma bilan o’ralgan bo’ladi. Epiderma bir qator zich joylashgan
parenxima hujayralardan tuzilgan. Hujayra po’sti notekis bo’lib, sitoplazma va yadro hujayra
po’sti bo’ylab joylashgan. Hujayra markazida vakuola bo’ladi. Epidermadagi ustitsalar
(og’izchalar) havo almashtirish vazifasini bajaradi. Ular loviyasi ikkita hujayralarning
birikishidan hosil bo’ladi. Ustitsa hujayralari sitoplazma va yadroni tashqari, yashil plastidagi
ham ega. Epiderma tashqi tomondan kutikula qavati yoki tukchalar bilan qoplangan bo’ladi.
Tukchalar epiderma tashqi devorining cho’zilishidan hosil bo’ladi. Ular bir hujayrali, ko’p
hujayrali, o’lik, tirik oddiy bezli va boshqa shakllarda. Epiderma suvni kam buglatish, gazlar
almashinish va o’simliklarning ichki qismini turli mexanik ta’siridan himoya qilish vazifasini
bajaradi.
Epidermaning tuzilishi o’rganish uchun geran bargining orqa tomoni yuzasidan epidermisdan
igna yoki pintset yordamida shilib olinadi. Buyum oynasidagi suvga solib, qayrilgan joylari igna
bilan tekislanadi, so’ng qoplagich oyna bilan yopib, mikroskopning kichik va katta ob’ektlarida
qaralganda, notekispo’stli zich joylashgan epiderma hujayralarining tuzilishi aniq ko’rinadi.