Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Yog’ochlik. U naylar, traxeidlar, yog’ochlik parenximasi va libriformdan iborat. Yog’ochlikdan 
ham o’zak nurlari o’tgan bo’ladi. Yog’ochlik parenximasi va o’zak nurlarida zapas oziq 
moddalar to’planadi. Kambiyning bir me’yorda ishlamasligi natijasida yog’ochlikni hosil 
qiluvchi hujayralar bahorda hosil bo’ladi, ya’ni bu kambiy jadal ishlagan davrga to’g’ri keladi. 
Keyinchalik mayda va yupqa devorli hujayralar kelib chiqadi. Yog’ochlik hujayralari smolalar, 
dubil moddalar, efir moylari kabilarni shimib olib ma’lum rangga bo’yaladi. Ana shunday 
yog’ochlikning faollik ko’rsatmay qolgan markaziy qismi yog’ochlikning mag’zi deb ataladi. 
Yog’ochlikning bevosita kambiyga yaqin joylashgan qismlari suv va unda erigan moddalarni 
o’tkazish vazifasini bajarib, uni zabolon deyiladi. Zabolon yadro qismiga nisbatan rangsiz 
bo’lishi bilan yog’ochlikda ajralib turadi. 
O’zak. O’zak poyaning markaziy qismini tashkil etib, hujayralarida har xil moddalar to’plangan 
va asosiy to’qimadan iboratdir. Daraxt va o’t o’simliklarning poyalari umrining uzun-qisqaligiga 
ko’ra bir-biridan keskin farq qiladi. O’t o’simliklarning yer ustki novdalari odatda bir yoki 
ba’zan 2 
– 3 yil 
hayot 
kechiradi.


Daraxt o’simliklar poyasi bir necha yil yashaydi, asosiy poyasi tana hosil qiladi. Butalarda esa 
ayrim yirik poyalarini tanachalar deb qaralishi mumkin.
-rasm. Jo’ka poyasining har xil darajadagi ko’ndalang kesimi. A- prokambiy xosil bo’lish 
bosqichi; B – kambiy hosil bo’lishi; V – shakllangan tuzilishi
I.1-prokambiy;2-epiderma qoldiqlari; 3-po’kak; 4-kollenxima; 5-po’stloq parenximasi; 6-
endoderma; 7-peritsiklik zona; 8-birlamchi flozma; 9-lub tolalari; 10-elaksimon naylar; 11-o’zak 
nur; 12-kambiy; 13-kuzgi yog’ochlik; 14-bahorki yog’ochlik; 15-ikkilamchi yog’ochlik; 16-
birlamchi yog’ochlik. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin