Termiz davlat universiteti botanika kafedrasi



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/30
tarix21.07.2022
ölçüsü0,9 Mb.
#62857
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30
Botanikadan Amaliy mashg\'ulotlar

Boylamli tur. Bunday tuzilish poyaning birlamchi tuzilishida bir-biridan ajralgan 
o’tkazuvchi boylamlarga ega bo’lgan o’simliklar sebarga, tok uchun xosdir. Ikkilamchi 
tuzilishga o’tishda kambiy ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublarni hosil qiladi. O’tkazuvchi 
boylamlarni bir-biridan ajratib turuvchi asosiy to’qima hujayralari boylamlararo kambiyni hosil 
qiladi. U o’z navbatida o’zak nurlari parenximasiga ajraladi. Shuning uchun ham yaxlit kambiy 
halqasi hosil bo’lishiga qaramay o’tkazuvchi boylailar ikkilamchi tuzilishida ajralgan holda 
qoladi. Ba’zi o’simliklarda boylamlararo kambiy ancha sust rivojlangan. Oraliq tur. Bu ham 
dastlab ajralgan boylamlarga ega bo’lgan poyali o’simliklar uchun xarakterli bo’lib, keyinchalik 
boylamli kambiyning faollik ko’rsatishi hisobiga yaxlit kambiy halqasi vujudga keladi. Oraliq 
turning muhim xususiyati shundan iboratki, bunda ikkilamchi yog’ochlik va ikkilamchi lublar 
faqat boylamli kambiydan emas, balki boylamlararo kambiydan hosil bo’ladi. Bu o’z navbatida 
yangi ikkilamchi o’tkazuvchi boylamlarni keltirib chiqaradi. Barcha boylamlarni sekin-asta 
o’sishi natijasida ular qo’shilib bir butun yog’ochlik bilan lubni ajratib turuvchi kambiyli halqa 
(kungaboqar, loviya) shakillanadi, ya’ni boylamli turdan boylamsiz turga o’tish kuzatiladi. 
Boylamsiz (halqali) tur. Mazkur tur poyaning birlamchi tuzilishida yog’ochlik va lub 
halqasimon joylashgan o’simliklarda (zig’ir, tamaki) kelib chiqadi. Ikkilamchi meristematik 
kambiy ham yaxlit halqa shaklida hosil bo’ladi va ikkilamchi yog’ochlik hamda lublarning 
halqalarini vujudga keltiradi. Po’stloq tarkibiga kambiyning tashqarisida joylashgan barcha 
to’qimalar kiradi. Po’stloqning tashqi qavatlari periderma hisoblanib, u po’kak, po’kak kambiysi 
va fellodermalardan tashkil topadi. Ba’zan po’kak yuzasida epiderma qoldiqlari kuzatiladi. U 
ham keyinchalik tushib ketadi. Periderma ostida o’sish konusidagi birlamchi meristemaning 
ajralishi natijasida hosil bo’lgan birlamchi po’stloq elementlari joylashadi. Uni kollenxima
xloroplastlar, krkxmal donachalari va druzlarga ega bo’lgan asosiy parenxima hujayralari kiradi. 
Poyaning markaziga yaqinroq joyda kambiy faoliyati natijasida hosil bo’lgan ikkilamchi po’stloq 
ajratiladi. Ikkilamchi po’stloqda trapetsiya shaklida lub tolalari bilan elaksimon naylar yo’ldosh 
hujayralar va lub parenximasi bilan navbatlashgan lub bo’laklari ko’rinib turadi. Elaksimon 
naylar daraxt poyalarida 2 – 3 yil faolik ko’rsatadi, keyinchalik u moddalarni o’tkazish 
xususiyatini yo’qotadi va yangisi bilan almashinadi. Lub uchastkalari orasidan asosiy parenxima 
hujayralardan tashkil topgan birlamchi va ikkilamchi o’zak nurlari o’tadi. Ularning hujayralari 


ko’pincha kraxmal, moy, shakar kabi oziq moddalarni saqlaydi. O’zak nurlari orqali poyaning 
o’zagi bilan chekka qismlarida joylashgan to’qimalar (po’stloq) bilan aloqa bog’lanadi. 
-rasm. Poyaning o’tuvchi tipdagi tuzilishi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   30




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin