Termiz davlat universiteti ijtimoiy fanlar fakulteti


Integrativ asosda tashkil etilgan ta’limning o’ziga xos xususiyatlari



Yüklə 136,76 Kb.
səhifə4/9
tarix16.06.2023
ölçüsü136,76 Kb.
#131092
1   2   3   4   5   6   7   8   9
ISMATULLAYEVA SHAHRINA

1.2.Integrativ asosda tashkil etilgan ta’limning o’ziga xos xususiyatlari.
Ta’limni integratsiyalashning asosiy maqsadi boshlang’ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi yaxshi tasavvur asoslarini qo’yishi va ularning rivojlanishi qonunlariga o’z munosabatlarini shakllantirishdir.Mana shuning uchun kichik maktab o’quvchisi predmet yoki voqelik hodisalarining bir necha tomondan ko’rish muhimdir:mantiqiy va ematsional tomondan,badiiy asarda va ilmiy ommabop maqolada,biolog,so’z ustasi, rassom, musiqachi nuqtai nazaridan va boshqalar.
Asosiy fanlarni o’zlashtirish va olamdagi bor narsalarning qonuniyatlarini tushinishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarni o’rnatish ta’limga integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir.Bunga turli darslarga tushunchalarga ko’p marotaba qaytishi,ularni chuqurlashtirish va boyitish,shu yoshga tushunarli bo’lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin.Shunday qilib,yaxshi shakllangan tuzilish va o’tkazish tartibiga ega bo’lgan,tarkibiga shu o’quv predmetiga tegishli bo’lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyasiga asos qilib olinishi mumkin.Lekin integratsiyalashgan darsga boshqa fanlar,boshqa o’quv predmetlari bilan bog’liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi.Masalan,”qish”,”sovuq”,”bo’ron”kabi tushunchalar o’qish,rus tili,tabiatshunoslik, musiqa,tasviriy san’at darslarida ko’rib chiqiladi.Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o’quv darslarida o’zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalashgan hisoblanadi.Dars ijodiy,erkin bo’lishi bilan birga,yaxlit,mantiqan ketma-

ket, o’ziga xos o’tishi metodikasiga ega bo’ladi.
Umumiy ta’limning poydevorining qo’yadigan boshlang’ich maktabdagi ko’p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa,tasviriy san’at va boshqalar uchun umumiydir.
Hozirgi kunda bir qator predmetlari uchun umumiy bo’lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o’rnatish psixologik va metodik asosiy bo’lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o’tkazish lozim.Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o’rgatilishi va zarur o’qitishning vositalari bilan ta’minlanishi kerak.
Tekshirish davomida o’quv predmetlarini integratsiyalash jarayonida faol aqliy faoliyatga yordam beruvchi omillar;integratsiyalash uchun fanlarning ma’qul birlashishi,o’qituvchi va o’quvchi harakatlarining mos kelishi,bolalarning yosh imkoniyatlarini hisobga olgan holda mazmunan,metod,usullarni tanlash.

Yüklə 136,76 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin