Kurs ishining predmeti: Boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan darslarning maqsad va vazifalarini o'rganishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish
Kurs ishining ob'yekti: Termiz shahridagi 16- maktab Boshlang'ich sinf o'quvchilari
Kurs ishining vazifalari: Boshlang'ich ta'lim tizimida fanlararo aloqaning ahamiyatini yoritib berish, Integratsiya asosda tashkil etilgan ta’limning o’ziga xos xusuiyatlarini o'rganish.
Kurs ishining maqsadi: Matematika va tabiat ta’lim sohalari bo’yicha integratsiyalashgan darslar o’quvchilarni faollashtirish omili sifatidagi rolini oshirish
Kurs ishining tarkibiy qismlari: Kirish, 2-bob, 4-prograf, xulosa va foydalangan adabiyotlar ro'yxati
I-Bob. Boshlang'ich sinflarda integratsiyalashgan darslarning maqsad va vazifalari
1.1. Boshlang'ich ta'lim tizimida fanlararo aloqaning ahamiyati.
Hozirgi kunda boshlang'ich maktab ta'limini integratsiya qilish haqida ko'p gapirilmoqda. Bu tushuncha kichik maktab o'quvchisi atrofidagi olamni bir butunligicha qabul qilish, uning uchun tabiatshunoslik, rus tili, musiqa va boshqa o'quv fanlari nomi emas, balki atrofidagi olam obyektlarining tovushlar, ranglar, hajmlarning turli-tumanligining qiziqarliligi bilan harakterlanadi. Bolalarning tabiat va kundalik hayotdagi barcha narsalarning bog'liqligini ko'rishga o'rgatish kerakligini o'qituvchi sezadi, biladi. Shunday ekan, ta'lim integratsiyasi hozirgi zamon talabiga javob beradimi, uni qanday tashkil etish kerak kabi savollar dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Ta'limni integratsiyalash fikri xalq ta'limida tabaqalashtirish va individuallashtirish bilan birga muhokama qilina boshlandi. Agar kichik maktab ta'limini tabaqalashtirish asosida kitob, darslik va boshqa adabiyotlar bilan mustaqil ishlashga tayyorgarlik darajasi hamda kichik maktab yoshida qiziqishlarni faol shakllantirishni taqozo etsa, integratsiyaning asosi qilib, turli fanlarni o'rganish obyektlari bo'lgan ba'zi umumiy tushunchalarni chuqurlashtirish, aniqlashtirish va kengaytirish mumkin. Ta'limni integratsiyalashtirishdan ko'zlangan asosiy maqsad boshlang'ich maktabdayoq tabiat va jamiyat haqidagi tasavvurni yaxshi shakllantirish va ularning rivojlanishi qonunlariga o'z munosabatini bildirishga yo'naltirishdan iboratdir. Shuning uchun ham kichik maktab o'quvchisi predmet yoki voqea-hodisalarni bir necha tomondan ko'rishi muhimdir. Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidagi va predmetlararo aloqalarini o'rgatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunga turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, yaxshi shakllangan, tuzish va o'tkazish tartibiga ega bo'lgan, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Biroq, integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilinishining natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo'ron", kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san'at darslarida ko'rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilinishi boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tish metodologiyasiga ega bo'ladi. Umumiy ta'limning poydevorini qo'yadigan boshlang'ich maklabdagi ko'p tushunchalar tabiatshunoslik, rus tili, musiqa, tasviriy san'at va boshqalar uchun umumiydir. Hozirgi kunda bir qator o'quv predmetlari uchun umumiy bo'lgan tushunchalar orasidagi aloqalarni o'rnatish psixologik va metodik asos bo'lgan integratsiyalangan darslar tizimini ishlab chiqish va sinovdan o'lkazish lozim. Shu bilan birga predmetlararo aloqalar dars tarkibi darajasida o'rgatilishi va zarur o'qitish vositalari bilan ta'minlanishi kerak.
Integratsiyalashgan darslar - interaktiv ta'lim tizimi bo'lib, integrativ bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirish asosida ko'rgazmali mahoratni vujudga keltirish sirlarini o'rganadi. Ko'rgazmali ta'lim tizimi turli xildagi turlar, shakllar, usullar, obyektlar asosida qurilgan.
Integratsion kursning maqsad va vazifalari maktab tabiiy-ilmiy ta'lim tizimida tavsiflanadi. Bilimning integratsiyalashgan (ko'rgazmali) tarmog'ida integratsiyalashning usul va vositalari: ta'lim rejasidagi o'qitish joyida vaqtning hajmiga qarab, shu kursni to'la o'zlashtrish vaqti o'quvchilarning o'zlashtirish darajasi ko'p maqsadli va rang-barangliligi bilan tavsiflanadi. Har bir o'quv predmetini o'qiyotgan paytda o'quvchilarga to'g'ri keladigan psixik qo'zg'alish hosil qilishi, bu materialni o'zlashtirilishiga katta yordam beradi, uni tez yodda saqlashga, emotsional anglashga, fikrlash qobiliyatining o'sishi, nutq va tasavvurning rivojlanishiga olib keladi.
Boshlang'ich sinf o'quvchilarida fikrlash qobiliyatining har xil turlarini shakllantirish integratsiyaning negizi hisoblanadi.
Asosiy fanlarni o'zlashtirish va olamdagi bor narsalar qonuniyatlarini tushunishda predmetlar ichidag va predmetlararo aloqalarini o'rnatish ta'limni integratsiyalashga yondashuvning metodik asosidir. Bunda turli darslar tushunchalariga ko'p marta qaytish, ularni chuqurlashtirish va boyitish, shu yoshga tushunarli bo'lgan muhim belgilarni aniqlash orqali erishish mumkin. Shunday qilib, tarkibiga shu o'quv predmetiga tegishli bo'lgan tushunchalar guruhi kiritilgan har qanday dars integratsiyaga asos qilib olinishi mumkin.
Bugungi kunda fan rivoji va ishlab chiqarishdagi ulkan o'zgarishlar tufayli kelib chiqayotgan talablar maktab ta'limi oldiga yangi vazifalarni qo'ymoqda. Buni muhtaram prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning ta'lim to'g'risida qabul qilayotgan qaror va farmonlarida ham ko'rib turibmiz. 2017-yil 7-fevralda qabul qilingan Harakatlar strategiyasining 4-yo'nalishida ham ta'lim tizimi to'g'risida fikr yuritilgan. vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin Hozirgi zamon ta'lim berish sistemasi yuqori darajada fan asoslarini o'rnatishga, tafakkurni rivojlantirishga, olamni bir butunlikda anglashga va tasavvur etishga, tevarak atrofda bo'layotgan voqealarni to'g'ri anglashga, ularning mohiyatini anglab oladigan yoshlarni tarbiyalashga yo'naltirilgan. Maktablarda o'rgatiladigan fanlarning tarqoqligi maktab bitiruvchisida bir ko'rinishli (fragmentar) dunyoqarashni keltirib chiqaradi. Maktab umumta'lim fanlarining tarqoq holda o'rgatilishi, ularni bir-biriga uzviy bog'liqlikda o'rgatilmasligi o'quvchilar bilimini to'la bo'lishi va butun borliqni bir butun holda anglashlariga to'sqinlik qilib, o'quvchilarda qiyinchilik uyg'otadi. Olimlarimizning fikricha, integratsiya didaktik prinsiplar qatoriga kiradi va ular orasida yetakchi o'rin egallaydi .Bunday tushuncha ta'lim tizimida integratsiya masalasini, fanlararo uzviylik va bog'liqlik masalasini yana bir bor ko'rib chiqish zaruratini yuzaga keltiradi. Ta'lim sistemasiga integrasiyani kiritish maktab va jamoatchilik o'rtasida turgan ta'lim va tarbiyaga oid vazifalarni hal etishda asosiy vositalardan biridir. Integrasiyalashtirilgan darslar bolalar dunyoqarashida bir butunlikni, voqealar uzviyligini tushunishini tabiatan anglab yetishga o'rgatadi.
Integratsiya- bu fanlarning differensial jarayon davomida yaqinlashuvi va bog'liqligidir. Integratsiya jarayoni fanlar orasidagi aloqani yangi, yuqori sifatda bir-biriga bog'lash bosqichi bo'lib, o'zini yuqori ko'rinishda namoyon etadi. Shuni alohida qayd etish kerakki, integratsiya jarayoni asoslari uzoq o'tmishdagi xalq pedagogikasi va ilmiy pedagogikaga asoslangan. Integrasiya fanlararo bog'liqlikdir. Fanlararo bog'liqlik asoslari tabiatni to'la holda o'quv darsliklarda ko'rsatish va tushuntirish zaruratidan paydo bo'lgan. Ulug' didaktik Yan Amos Komenskiy ta'kidlashicha: "Bir-biri bilan bog'liq bo'lgan hamma narsa, xuddi shunday holda o'rganilishi kerak". Fanlararo bog'liqlik g'oyasiga keyinchalik juda ko'p pedagoglar yondoshib, uni rivojlanishi va umumlashtirilishiga hissa qo'shdilar. D.Lokk g'oyasiga ko'ra: "Ta'lim mazmunining aniqlanishida bir fan boshqa fanlar elementlari va faktlari bilan to'ldirilishi kerak". Pestalossi bir fanning boshqa bir fandan uzoqlashuvi hatto xavfliligini ta'kidlaydi. Bolgariyalik olimlar tabiiy-ilmiy bilimlarni o'z ichiga olgan, 10-12 yoshli bolalarga mo'ljallangan integratsiyalangan kurs yaratishdi. AQSH o'rta maktablarining katta sinflarida o'z ichiga fizika, kimyo, geografiya, geologiya, kristallografiya, tuproqshunoslik, poletalogiya va shu kabilarni o'z ichiga oluvchi "Yerni o'rganish" fani kiritilgan. Chexoslovakiyada ham shunday umumlashtiruvchi integratsiyalangan "Fuqaro tarbiyasi" deb nomlangan kurs katta sinflarda kiritilgan.
Boshlang'ich ta'limda integratsiyani amalga oshiruvchi bo'g'in vazifasini o'qituvchining o'zi amalga oshiradi. U bolalarning arifmetikaga, yozishga, tabiat va ko'pgina boshlang'ich tushunchalarga o'rgatadi. O'z kuch va imkoniyatlari darajasida bu ishni amalga oshiradi. Boshlang'ich ta'limda integratsiyani bir-biriga nisbatan yaqin fanlarni birlashtirish asosida ko'rish maqsadga muvofiq. Ta`limning keyingi pog'onalarida u asosiy fanlarning chegaralarini birlashtirishga harakat qiladi. Boshlang'ich ta`lim-tarbiyani integratsiyalashda ijobiy va salbiy omillar mavjudligini hisobga olish kerak. Bu omillar integratsiyaning usullarini belgilab beradi. Y.M.Kolegin va O.L.Aleksenko integratsiyaning salbiy omillarini ko'rsatib beradilar: o'quv predmetlarining chegaralangan soni - olinayotgan katta hajmdagi bilimlarning mazmuni olamning haqiqiy ko'rinishini, qismlarining o'zaro bog'liqligini aks ettirish bilan to'ldirish mumkin. Juda muhim bo'lgan o'qish, yozish va sanoq ko'nikmalarini shakllantirish zarurati. Bu narsalar xuddi fanlarga bo'linib o'qitishni talab qiladiganga o'xshaydi. Lekin o'qish va matematikani o'qitishning an`anaviy tajribasi ham keng integratsion imkoniyatlar haqida dalolat beradi. Bunda o'qish fan sifatida o'z ichiga faqat badiiy matnlarni emas, tarix, tabiatshunoslik bo'yicha materiallarni oladi. Matematika, arifmetika, algebraik va geometrik materiallarni o'z ichiga oladi. Bunday integratsiya muhim ko'nikmalar hosil qilishga halaqit bermaslik, aksincha, ularni shakllantirishga kafolat beradi.
Integratsiyalangan darsga boshqa fanlar, boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liq tushunchalar tahlil qilishning natijalari kiritiladi. Masalan, "qish", "sovuq", "bo'ron" kabi tushunchalar o'qish, rus tili, tabiatshunoslik, musiqa, tasviriy san`at darslarida ko'rib chiqiladi. Tushunchalarning tahlil qilish boshqa o'quv darslarida o'zlashtirilgan bilimlarga murojaat qilinadigan darslar integratsiyalangan hisoblanadi. Dars ijodiy, erkin bo'lishi bilan birga, yaxlit, mantiqan ketma-ket, o'ziga xos o'tish metodikasiga ega bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: |