Termiz Davlat Universiteti Iqtisodiyot va turizm fakulteti Iqtisodiyot yo‘nalishi 321-guruh talabasi Jabborov Botirning Bank Moliya bozorlari fanidan tayyorlagan mustaqil ishi termiz 2023 yil Mavzu: Bank inqirozlari Reja


Bank inqirozini belgilovchi mezonlar



Yüklə 111,5 Kb.
səhifə2/2
tarix02.06.2023
ölçüsü111,5 Kb.
#123090
1   2
Мустақил иш

Bank inqirozini belgilovchi mezonlar
Inqiroz xususidagi adabiyotlarning aksariyatida inqirozning iqtisodiy sikllar bilan bog‗lanishini kuzatish mumkin. Biroq ta‘kidlash joizki, sikllarga asoslanib inqirozni oldindan aniq bashorat qilish hech kimga nasib qilmadi. Bundan ko’rinadiki, inqirozni bashorat qilib bo’lmaydi, ammo uni barcha kutadigan bo’lsa, ertagayoq ro’y beradi. Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan bo’lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970 – 2002- yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980- 2002- yillar mobaynida esa 77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan. Bank inqirozi quyidagi holatlarda sodir bo’ladi, agar: • ishlamaydigan aktivlarning bank tizimi yalpi aktivlaridagi ulushi 10 % dan ortiq bo’lsa; • bank tizimini qutqarish uchun sarflanadigan xarajatlar qiymatining mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi ikki foizdan oshiq bo’lsa; banklarning bankrotlashuvi yoki milliylashuvi kuzatilsa;• hukumat moliya bozorlari va moliya institutlarini qutqarish uchun ekstraordinar choratadbirlarni qo’llasa; hamma iqtisodiy va moliya inqirozlarning chuqurlashuvi, moliyaviy va makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning pasayishining davomiyligi xalqaro va milliy doirada sodir bo’lsa. Bu o’rinda moliyaviy inqiroz tushunchasining shakllanishiga nisbatan qarashlarni tadqiq qilishni lozim topdik. Dastlab davriy iqtisodiy inqirozlar to’satdan boshlanganligi uchun ham «vahima» tushunchasi bilan ifodalanar edi. Birmuncha muddat o’tgach esa, vahima «depressiya» deb atala boshlandi. Albatta, hozirgi vaqtning eng mashhur depressiyasi bu 1929- yilda oddiy moliyaviy vahimadan boshlanib Ikkinchi jahon urushiga qadar davom etgan Buyukdepressiyadir. 1929 -yilgi fojiadan so’ng iqtisodchilar va siyosatchilar bu holatni qayta takrorlamaslikka qaror qildilar. Bu vazifani samarali va talafotlarsiz bajarish maqsadida faqatgina «depresssiya» so’zining o’zini iste‘moldan chiqarishga muvaffaq bo’lindi. 1937-1938 yillarda navbatdagi og‗ir depressiya sodir bo’lganda esa, iqtisodchilar bu so’zning o’rniga, yanada jarangdor yangi «retsessiya» tushunchasini muomalaga kiritishdi. Ammo qisqa mudsatda «retsessiya» so’zi ham nozik hissiyotli amerika ommasi uchun birmuncha qo’poldek tuyuldi. So’nggi retsessiya 1957-1958 yillarda yuz bergani e‘tiborga olinsa, shu paytdan buyon moliyaviy inqiroz ko’rinishida iqtisodiy pasayish, «orqaga ketish», «chetlashish» kabi tushunchalar foydalanila boshlandi. Global moliyaviy inqiroz hozirgi kunda hammani hayratga solayotgan bo’lsada, XX asrning 70-yillaridan buyon inqirozli holatlarning yuz berishi oddiy hodisaga aylanib qoldi. Qator iqtisodchi olimlarning ilmiy izlanishlarida 1970- 2002 yillar davomida 117 ta tizimli bank inqirozi, 1980-2002 yillar mobaynida esa 77 ta tizimli inqirozlar yuzaga kelganligi tadqiq qilingan. Shuningdek, ayrim iqtisodchilar Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (OESO) a‘zo bo’lgan rivojlangan davlatlarda 1980-2000 yillar mobaynida 7 ta tizimli inqiroz, xususan, AQSH, Portugaliya va Italiyada kichik ko’lamdagi inqirozlar, YAponiya, Norvegiya, SHvetsiya va Finlyandiyada esa keng ko’lamli inqirozlarning yuzaga kelishini asoslashga harakat qiladi. Norvegiya va Finlyandiyadagi inqirozlar moliyavii tartibga solish tizimidagi nuqsonlarning natijasi bo’lib, iste‘mol va ko’chmas mulk uchun olingan tijorat kreditlari miqsorining keragidan ortiq darajada oshishiga va uyjoy hamda molmulk bozorida ―ko’pik‖larning avj olishiga sabab bo’ldi. Pirovardida bu inqiroz mamlakatlarning ishlab chiqarish salohiyatiga keskin salbiy ta‘sir ko’rsatdi. 1991 -1993 yillar davomida Finlyandiyada real uyjoy baholari 30 foizga pasaydi, SHvetsiyada esa mazkur davrda baholarning pasayishi 25 foizni tashkil qildi. Har ikki davlatda ham bank tizimini milliylashtirish choralari ko’rildi.(1- jadval) Yaponiyadagi inqiroz jarayonlari sezilarli darajada uzoq muddat davom etgani bois yalpi yo’qotishlar hajmi ham shunga mos ravishda yuqoridir. Ayni paytda, Yaponiya iqtisodiyoti ―likvidlilik tuzog‗i‖ga tushib qolgan bo’lib, nol darajadagi foiz stavkalar monetar siyosat samarasini haqiqatda yo’qqa chiqarar edi. Zero, J.M.Keynsning ―likvidlilik tuzog‗i‖ konsepsiyasiga ko’ra, likvidlilik tuzog‗i yuzaga kelganda foiz stavkasining amaldagi holatida aholi har qanday miqdordagi pul mablag‗ini ham o’zida saqlashga harakat qiladi. Ayrim bank inqirozlari va ularning ta‘siri Yillar Davomiyligi Soliq to’lovchilarga keltirgan bevosita zarari* YAlpi yo’qotish (YAIMga nisbatan %da) Yaponiya 19912001 10 yil 14,0 71,7 Norvegiya 19891992 4 yil 3,4 27,1 Shvetsiya 19911994 4 yil 2,1 3,8 Finlyandiya 19911994 4 yil 10,0 44,9 Izoh: Inqiroz yakunida YAIMga nisbatan foizda. Foiz stavkasi nol darajaga tushganda likvidlilik tuzog‗i yuz beradi. Foiz stavkasining nollik darajasida aholi saqlagan puli ham biror daromad keltirmasada, obligatsiyalarni ushlab turishni xohlamaydi. Bundan tashqari, bo’sh pul mablag‗larini investitsiya qilmay ushlab turish nol foiz daromad keltiradigan qimmatli qog‗ozlarga investitsiya qilishga nisbatan ustunlikka ega. Chunki pulning hukumat qimmatli qog’ozlariga nisbatan likvidliligi yuqori hisoblanadi. 2000-2007 yillarda Xitoy kabi davlatlarda savdo balansining muntazam profitsitga ega bo’lishi, yuqori miqdordagi xorijiy valyuta zaxiralari valyuta kursini sun‘iy ravishda past darajada ushlab turishga qaratilgani holda, global likvidlilikning sezilarli darajada ortishiga va pirovardida past foiz savkalarining shakllanishiga olib keldi. Banklarda leverajning oshishi: aktivlarning kapitalga nisbati koeffitsienti Banklarning nomi 2020 yil 20021 yil Bear Steams 26 33 Morgan Stanley 31 33 Lehman Brothers 25 31 Merrill Lynch 18 28 Goldman Sachs 25 27 Shuningdek, yuzaga kelgan qulay vaziyat bank aktivlarining kapital bilan ta‘minlanishi ko’rsatkichining yomonlashuviga, ya‘ni leveraj koeffitsientining oshishiga olib keldi. Quyidagi jadval ma‘lumotlarining ko’rsatishicha, 2008- yilda dunyoning barcha asosiy fond indekslari 2007 -yilga nisbatan keskin pasaygan. Ayniqsa, 2008
-yilning 15 -sentyabriga kelib AQSHning yirik investitsiya banki Lehman Brothers bankrot deb e‘lon qilingach, jahon fond bozorlarida aksiyalarni yoppasiga sotish avj oldi. 15 -sentyabr savdolarida Rossiyaning RTS (RTS) indeksi 4,8 foizga tushgani holda, MMVB indeksi (Moskva banklararo valyuta birjasi indeksi) 6,2 foizga pasaydi. Agar 2008 -yilning 15- sentyabr kuni indeksning keskin tushishi natijasida Moskva banklararo valyuta birjasida bir qator qimmatli qog‗ozlar boyicha savdolar toxtzdilgan bo’lsa, 16 sentyabr kuni o’ndan ortiq yuqori likvidli qimmatli qog‗ozlar bo’yicha savdolar amalga oshirilmadi. SHunday qilib, birgina 15 - 16 sentyabr kunlari MMVB indeksi 23 foizga, RTS esa 21 foizga pasaydi. 2008 -yilning 6 -oktyabriga kelib esa RTSning pasayishi rekord natijani qayd etdi, ya‘ni bir kunlik pasayish 19,1 %ni tashkil qildi. Umuman olganda, Rossiyaning RTS indeksi 2008 -yilning oxiriga kelib 632 punktni tashkil etib, 2007 -yilga nisbatan 1659 punktga, boshqacharoq aytganda, 72,4 foizga tushib ketgan. Taqqoslash uchun keltiramiz: bu davrda AQSHda S&R 500 38,5 foizga; YAponiyaning Nikkei 225 indeksi 42,1 foizga; Braziliyaning Vovespa indeksi 41,2 foizga pasaygan. Tadqiqot natijalariga asoslanib, dunyo mamlakatlarini inqirozdan qutqarish choratadbirlarini quyidagi asosiy to’rt guruhga ajratish mumkin: banklarning qarz majburiyatlari bo’yicha davlat kafolatini berish; moliya muassasalarini qayta kapitallashtirish; muammoli aktivlarni xarid qilish; iqtisodiy talabni rag’batlantirish. G’arb davlatlarining inqirozga qarshi choralar dasturlarida ajratilishi ko’zda tutilgan mablag‗lar tarkibida banklarning qarz majburiyatlari bo’yicha davlat kafolatini berish eng yuqori salmoqni egallagan (qariyb 49%). Umuman olganda, 2008 -yilning dekabr oyiga kelib jahon moliyaviy inqirozini bartaraf etish uchun dunyo mamlakatlari qutqaruv choralari va moliyaviy ko’maklar uchun sezilarli miqdorda pul mablag‗larini ajratdilar. Tahlillarimizning ko’rsatishicha, inqirozning oqibatlarini yumshatish uchun ajratilgan mablag‗larning YAIMga nisbati ko’rsatkichi Islandiya, BAA, Vengriya, Rossiya va Buyuk Britaniya davlatlarida sezilarli darajada yuqori bo’lgan. Biroq bu ko’rsatkich yuqoridagi davlatlarning ajratilgan moliyaviy mablag‗larning mutloq miqdori jihatidan etakchiligini anglatmaydi. Chunki YAIM hajmi jihatidan etakchilar ro’yxati yuqorida qayd etilgan davlatlar bilan boshlanmaydi
Yüklə 111,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin