of documents. the right to timely, correct, timely submission of the document, the responsibility for the reliability of the information contained therein, shall be entrusted to the person who signed and signed this document.” 7 Korxona bo‘yicha hujjat aylanishi ro‘yxati bo‘yicha ishlar o‘z vaqtida bajarilishini bosh
buxgalter nazorat etib boradi.
Dastlabki hujjatlar, hisob qaydnomalari, buxgalteriya hisobotlari va balanslari arxivga
topshirilishi majburiydir.
Hujjatlar arxivga topshirilgunga kadar buxgalteriyada maxsus binoda yoki korxona
raxbari tayinlagan moddiy javobgar shaxs ma’sulligida bekitiladigan shkaflarda saqlanadi.
Qat’iy hisobdagi blankalar esa , ular saqlanishini ta’minlaydigan seyflarda, metall
shkaflarda, maxsus binolarda saklanadi. Aniq bir, hisob vedomostiga taalluqli, joriy oyda qayta
ishlangan dastlabki hujjatlar xronologik tartibda yig‘ilib arxivga ma’lumotnoma bilan uzatiladi.
Kassa orderlari, hisobdorlik hisobotlari, bank ko‘chirmalari ular ilovalari bilan birga
xronologik tartibda yig‘iladi va taxtlanadi. Ba’zi bir hujjatlar taxtlanmasligi mumkin, ammo ular
yo‘qotilishi yoki suyiste’mollikni oldini olish maqsadida tikib qo‘yiladi.
Korxona arxivida dastlabki hujjatlar, hisob registrlarini, hisobotlarni saqlash tartibi
O‘zbekiston Respublikasi arxivi bosh boshqarmasini materiallarini saklash ko‘rsatmasiga kura,
o‘rnatiladi.
Hujjatlarni buxgalteriyadan va arxivdan boshqa tarmoq xoimlariga berilishi korxona bosh
buxgaletriya ruxsati bilan amalga oshiriladi.
Korxonadan hujjatlarni faqat aniqlash dastlabki tergov, prokuratura va sud tashkilotlari
tomonidan amaldagi qonunchilikga javob bergan xollardagi qarorlariga asosan olinishi mumkin.
hujjat olinishi bayonnoma bilan rasmiylashtirilib, uni bir nusxasi korxona tegishli ma’sul
xodimiga imzo bilan beriladi. hujjat olgan tashkilot ruxsati va vakili ishtirokida, tegishli ma’sul
xodim olingan hujjatdan nusxa olishi mumkin va unda asosni ko‘rsatilishi va olingan muddati
ko‘rsatilishi kerak.