Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


-AMALIY. SERTIFIKATLASHTIRISHNI O‘TKAZISH



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

4-AMALIY. SERTIFIKATLASHTIRISHNI O‘TKAZISH
TARTIBI. 
 
Ishdan maqsad:
 
Sertifikatlashtirishni o‘tkazish tartib-qoidalari to’g’risida 
ko’nikma va malakalarni shakillantirish.
 
 
Nazariy ma’lumotlar
Mamlakatimizda mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash-tirish O‘zbekiston 
Respublikasining 1994 yil 28 dekabrdagi “Mahsulot va xizmatlarni 
sertifikatlashtirish to‘g‘risida” gi Qonuniga asosan amalga oshiriladi. 
Unga binoan: 
“Mahsulotni 
sertifikatlashtirish” 
(keyinchalik 
sertifi-katlashtirish) 
mahsulotga o‘rnatilgan talablarga mosligini tasdiqlovchi faoliyat; 
“Muvofiqlik sertifikati” – mahsulotni o‘rnatilgan talablarga mosligini 
tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalari asosida berilgan hujjat; 
“Muvofiqlik belgisi” ushbu mahsulot yoki xizmat standartga yoki boshqa 
meyoriy xujjat talablariga mosligini ko‘rsatuvchi, o‘rnatilgan tartibda 
tasdiqlangan, mahsulotni markalash yoki xizmat hujjatlarida qo‘llaniladigan 
belgi tushuniladi.
Sertifikatlashtirish quyidagi maqsadlarda amalga oshiriladi: 
- inson sog‘lig‘i va xayoti yuridik va jismoniy shaxslarni mol-mulkiga, atrof-
muhitga xavfsizligini ta’minlash uchun mahsulotlarni nazoratini amalga 
oshirish uchun; 
- xalqaro bozorlarda, mahsulotlarni raqobatbardoshligini ta’minlash uchun; 
- mamlakatimiz va qo‘shma korxonalar, tadbirkorlarni xalqaro iqtisodiy, ilmiy-
texnikaviy hamkorlikda va xalqaro savdoda qatnashish uchun sharoit yaratish 
uchun; 
- iste’molchilarni sifatsiz mahsulotdan himoya qilish (sotuvchi, bajaruvchi) 
uchun; 
- ishlab chiqaruvchining arizasiga muvofiq mahsulotlarni sifat ko‘rsatkichlarini 
tasdiqlash (sotuvchidan, bajaruvchidan) uchun. 
O‘zbekiston Respublikasida sertifikatlashtirish ishlari O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
Qarori asosida ishlab chiqilgan, Adliya Vazirligida 2005 yil 18 martda 1458 sonli 
raqami bilan davlat ro‘yxatidan o‘tgan “Mahsulotlarni sertifikatlash-tirish 
qoidasi” ga muvofiq amalga oshiriladi. 
Mazkur hujjat O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlash-tirish milliy 
tizimida (keyinchalik O‘z SMT) mahsulotlarni, shu jumladan, import 
mahsulotlarni sertifikatlashtirishga tayyorlash va o‘tkazish tartibiga bo‘lgan 
umumiy talablarni belgilaydi. 


182 
O‘zbekiston sertifikatlashtirish milliy tizimi yurtimizda ishlab chiqarilgan 
va chet eldan keltirilgan mahsulotlarni sertifikatlashtirishni sertifikatlashtirish 
bo‘yicha akkreditlangan idoralar, (keyinchalik - SI) ular yo‘q o‘lgan holda 
sertifikatlashtirish milliy idorasi (keyinchalik - SMI) o‘tkazadilar. 
Majburiy sertifikatlashtirilishi lozim bo‘lgan mahsulotlar ro‘yxati, 
vazirliklar, Davlat qo‘mitalari takliflarini inobatga olgan holda o‘rnatilgan 
tartibda sertifikatlashtirish milliy idorasi tomonidan aniqlangan va O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 iyul 318-sonli “Mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish tartibotini soddalashtirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida” 
Qarorining 2-ilovasida keltirilgan. 
O‘zbekiston 
sertifikatlashtirish 
milliy 
tizimida 
mahsulotlarni 
sertifikatlashtirish quyidagi asosiy operatsiyalarni ichiga oladi: 
-
sertifikatlashlashtirish uchun buyurtma berish; 
-
meyoriy va boshqa hujjatlarni tekshirish; 
-
buyurtma bo‘yicha qaror qabul qilish
-
identifikatsiyalash va namunalarni tanlab olib ularni laboratoriyalarga 
yetkazish; 
-
akkreditlangan sinov laboratoriyalarida namunalarni sinovdan o‘tkazish; 
-
mahsulotlarni ishlab chiqarish holatlarini baholash; 
-
sifat tizimini baholash;
-
mahsulotlarni mosligini dekloratsiyalash;
 
-
olingan natijalarni tahlil qilish va muvofiqlik sertifikatini berish yoki 
bermaslik; 
-
O‘z SMT Davlat reyestrida muvofiqlik sertifikatini ro‘yxatdan o‘tkazish; 
-
chet el xalqaro idoralar tomonidan berilgan muvofiqlik sertifikatini tan olish; 
-
sertifikatlashtirilgan mahsulotlarning (II, III, IV, V sxemalar uchun) 
barqarorligi ustidan tekshiruvchan nazorat olib berish; 
-
apellyatsiyalarni ko‘rib chiqish. 
O‘zbekiston Respublikasi sertifikatlashtirish milliy tizimida mahsulotlarni 
sertifikatlashtirishni o‘tkazish qoida va tartiblari: 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin