186
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddatini, mahsulotning o‘ziga xos
hususiyatlarini va sertifikatlashtirish sinovlarini o‘tkazish sharoitlarini, hamda
mahsulotning MH ni amal qilish muddatini va sifat tizimi yoki ishlab chiqarish
sertifikatlashtirilgan
muddatini inobatga olgan holda, lekin uch yildan ortiq
bo‘lmagan muddatga SI belgilaydi.
Ishlash (yaroqlilik) muddati ko‘rsatilgan mahsulot to‘pi yoki yakka
mahsulot sertifikatining amal qilishi mahsulotning ishlash (yaroqlilik)
muddatidan oshmasligi lozim.
Muvofiqlik sertifikatining amal qilish muddati tugashidan 3 oy oldin,
so‘rovchi mazkur hujjatda ko‘rsatilgan tartibda mahsulotni qaytadan
sertifikatlash maqsadida SI ga ariza beradi.
Chet el muvofiqlik sertifikatlarini tan olish.
O‘z SMT ga kiruvchi SMI va SI lari majburiy sertifikatlashtirilishi lozim
bo‘lgan mahsulotlar sertifika-tini so‘zsiz tan olish huquqiga egadirlar.
Respublikada
foydalaniladigan
yurtimiz
va
chetdan
keltirilgan
mahsulotlariga boshqa davlatlarning (Xalqaro tizimlari) tomonidan berilgan
sertifikatlarni tan olish to‘g‘risidagi qarorni, bir turdagi mahsulotlarni
sertifikatlashtirish idorasi, bunday idora bo‘lmaganda SMI qabul qiladi.
Xalqaro tizim va kelishuv doiralarida
sertifikatlarni tan olish, ana shu tizim
va kelishuvlarda o‘rnatilgan qoidaga muvofiq o‘tkaziladi.
Sertifikatni tan olinishi uchun so‘rovchi buyurtmani SI ga yuboradi.
Buyurtmaga sertifikatni tasdiqlangan nushasi va sertifikatlashtirish
xalqaro tizimi yoki kelishuvlarning qoidalari bilan belgilangan boshqa hujjatlar
va materiallar ilova qilinishi lozim.
Zarur hollarda so‘rovchi O‘zbekiston Respublikasida qabul qilingan MH
ning qo‘shimcha talablariga muvofiqligi sinovlari bayonnomasiniig nusxasini
taqdim etadi.
Olingan hujjatlar va materiallarni tahlil asosida SI, sertifikatni tan olish
(tan olmaslik) to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
Tan olish jarayonini amalga oshirishda
SI mahsulotning belgilangan
talablarga muvofiqliligini tasdiqlash uchun takroriy sinovlarni to‘liq hajmda
ayrim tavsiflari bo‘yicha o‘tkazishni talab qilishi mumkin.
Tan olish jarayoni bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibi
bo‘yicha belgilanadi.
Tan olingan taqdirda, O‘z SMT da belgilangan namunaga muvofiq,
mahsulotga muvofiqlik sertifikati beriladi va O‘zSMT Davlat reyestriga
kiritiladi.
Chet el sertifikatlarini tan olish bo‘yicha ishlariga haq to‘lash so‘rovchi
tomonidan bajariladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 12 avgust 1994 yil 409-
sonli “Majburiy sertifikatlash-tirish kerak bo‘lgan tovarlar (mahsulotlarni)
187
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish va uning hududidan olib chiqib ketish
to‘g‘risida” gi qaroriga asosan “O‘zstandart” agentligi va O‘zbekiston Respublikasi
davlat bojxona qo‘mitasi bilan hamkorlikda yo‘riqnoma
ishlab chiqilib, 26 fevral
2000 yil Adliya Vazirligida ro‘yxatdan o‘tgan.
Ushbu yo‘riqnomaga asosan muvofiqlik sertifikat-lari bir nomdagi yoki bir
xil mahsulot guruhlariga berilib, uning joriy qilinishi hamma mahsulot to‘piga
tadbiq etilib, O‘zbekiston Respublikasi bojxona chegarasidan o‘tgan muvofiqlik
sertifikatida ko‘rsatilgan haqiqiy miqdoriga beriladi.
O‘zbekiston Respublikasi bojxona hududiga olib kelingan mahsulotlarni
sertifikatlashtirish bojxona nazorati ostida, qonun asosida amalga oshiriladi.
Tashqariga olib chiqib ketilayotgan mahsulotlarni sertifikatlashtirish masalasi
hal qilinguncha,
ular joylarida, mahsulotni egalari ixtiyorida va transportda
saqlanishi mumkin.
Mahsulotlarni sertifikatlashtirish “Uzstandart” agentligi o‘rnatgan muddatda
amalga oshiriladi.
Oziq- ovqat va qishloq ho‘jalik mahsulotlari
1 kundan 5 kungacha
Yengil sanoat mahsulotlari
5-10 kungacha
Xom ashyo tarmoq mahsulotlari (yog‘ochni qayta
ishlashdan boshqa)
10 kungacha
Elektrotexnika va texnika mahsulotlari
5-15 kungacha
Mashinasozlik mahsulotlari
10 kungacha
Yog‘ni qayta ishlash natijasida ishlab chiqarilgan
mahsulotlar
15 kungacha
O‘lchash vositalari
5-30 kungacha
Mahsulot sifat va havfsizlik talablariga muvofiq bo‘lmagan holda,
sertifikatlashtirish idorasi nomuvofiq-ligi haqida rasmiy ravishda xulosa beradi.
Muvofiqlik sertifikatida ko‘rsatilgan ma’lumot-larning haqqoniyligi
to‘g‘risida javobgarlik, muddatlarni o‘zaytirish va sertifikatlashtirish qoidalarini
buzilishiga sertifikatlashtirish idorasi javobgardir.
Respublikaga olib kelinayotgan maxsulot
bojxona nazorati ostida
sertifikatlashtirish uchun bojxona idorasi, sertifikatlashtirish idorasi vakillari bilan
mahsulot egasining yoki uning vakili ishtirokida namuna olinadi. Shunga asosan
sertifikatlashtirish idorasining vakili tomonidan “O‘ztandart” agentliti tasdiqlagan
shaklda namuna olinganligi haqida 3 nusxada dalolatnoma tuzadi, ikkinchi nusxasi
bojxona idorasiga taqdim etiladi.
Mustaqil hamdustlik davlatlarining (keyinchalik MDH) o‘zaro kelishuviga
muvofiq, MDH davlatlariga eksport qilinadigan mahsulotlarga beriladigan
muvofiqlik sertifikati A4 formatda rus tilida to‘lg‘aziladi.
Dostları ilə paylaş: