184
mahsulotlarga aynan o‘xshash bo‘lgan mahsulot to‘pidan (yoki seriyasidan)
olingan namunalarida o‘tkaziladi. Namunalar soni ularni tanlab olish tartibi,
aynan o‘xshatish va saqlash qoidalari sertifikatlashtirilayotgan mahsulotlarni MH
lari va sinov uslublarida belgilanadi.
So‘rovchi, zarur bo‘lganda, tarkibi va mazmuni bir turdagi mahsulotlarni
sertifikatlashtirish tarkibida belgilanadigan namuna (namunalar) ning texnik
xujjatini taqdim etadi.
Namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish, belgi qo‘yish va
tamg‘alashni, namunalarni sinash joyiga yetkazishni ta’minlaydigan so‘rovchi
ishtirokida, SI yoki sinov laboratoriyasi amalga oshiradi.
Bunda namunalar (kichik namunalar) ni tanlab olish dalolatnomasi ikki
nusxada tuziladi.
Bojxona ta’minotidagi import mahsulotlaridan
namuna tanlab olish,
bojxona idorasining ruxsati bilan uning inspektori va tovar egasi yoki uning
ishonchli shaxsi ishtirokida sertifikatlashtirish idorasi xodimi tomonidan amalga
oshiriladi.
Bunda namuna (kichik namuna) lar tanlab olish dalolatnomalari uch
nusxada tuzilib, ikkinchi nusxasi bojxona idorasiga topshiriladi.
So‘rovchi, shuningdek, SI ga mahsulotni
ishlab chiqarish va ishlab
chiqarishni tashkil qilishda o‘tkazilgan sinov bayonnomalarini (ularni amal qilish
muddatlarini hisobga olgan holda) yoki O‘z SMT da akkreditlangan yoki tan
olingan yurtimizning yoki chet el sinov laboratoriyalari tomonidan bajarilgan
sinovlari to‘g‘risidagi hujjatlarni taqdim etishi mumkin.
Buyurtmachi iltimosiga ko‘ra uning vakillariga sinovlarni tashkil qilinishi
va sharoitlari bilan tanishib chiqish imkoniyati berilishi lozim.
So‘rovchi o‘z mahsulotining sinovlarida qatnashish huquqiga ega. Bunda
laboratoriyada sinovlarning maxfiyligini va normal sharoitlarni saqlanishini
ta’minlash bo‘yicha choralar qabul qilinishi lozim.
Namunalar sinovlarining sifati va ishonchliligi
hamda ularni saqlash
bo‘yicha javobgarlik, texnikaviy layoqatligi va mustaqilligiga akkreditlangan
sinov laboratoriyasiga yuklanadi. Sinov bayonnomalari vakolatli mutaxassislar
tomonidan imzolanadi va laboratoriya rahbari tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil laboratoriya bo‘lmagan taqdirda sertifikatlashtirish
maqsadlari
uchun sinovlarni faqat texnikaviy layoqatligiga akkreditlangan sinov
laboratoriyalarida SI vakilining nazorati ostida o‘tkazishga ruxsat etiladi.
Bunday sinovlarning xolisligi bo‘yicha javobgarlik sinov laboratoriyasi
bilan birga ularni o‘tkazishni topshirgan SI ga ham yuklanadi. Bu holda sinov
bayonnomalari SI vakillari tomonidan ham imzolanadi.
Sinov bayonnomalari so‘rovchiga va SI ga taqdim etiladi.
Sinov
bayonnomalarining nusxalari sertifikatning amal qilish muddatidan kam
185
bo‘lmagan muddat davomida saqlanishi lozim. Bayonnoma nusxalarini
saqlashning aniq muddatlari bir turdagi mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibida
va sinov laboratoriyasi hujjatlarida belgilanadi.
Agarda mahsulotning alohida parametrlari bo‘yicha sinovlari har xil
akkreditlangan sinov laboratoriyalarda (markazlarda) o‘tkazilgan bo‘lsa, unda
mahsulotni belgilangan talablarga muvofiqligini ijobiy bahosi bo‘lib
zarur
bo‘lgan barcha ijobiy natijalari sinov bayonnomalarining mavjudligi hisoblanadi.
Sinov natijalari salbiy bo‘lganida SI so‘rovchiga sertifikatni berishdan
bosh tortish sabablarini ko‘rsatilgan xulosani beradi.
Dostları ilə paylaş: