Bevosita o‘lchash - O‘lchanayotgan kattalikning qiymatini tajriba
ma’lumotlaridan bevosita topish. Masalan, oddiy simobli termometrda yoki
lineyka yordamida o‘lchash.
u = s x;
Bunda: u - muayyan birlikda ifodalanyotgan o‘lchanayotgan kattalikning
qiymati;
s - shkalaning bo‘lim qiymati;
x - shkaladan olingan qaydnoma.
Bilvosita o‘lchash- Bevosita o‘lchangan kattaliklar bilan o‘lchanayotgan
kattalik orasida bo‘lgan ma’lum bog‘lanish asosida katalikning qiymatini topish..
Masalan, tezlikni o‘lchash.
u = f (x
1
x
2
...x
n
).
Majmuiy o‘lchash - Bir necha nomdosh kattaliklarning birikmasini bir
vaqtta bevosita o‘lchashdan kelib chiqqan tenglamalar tizimini yechib,
izlanayotgan qiymatlarni topish. Masalan, har xil tarozi toshlarining massasini
solishtirib, bir toshning ma’lum massasidan boshqasining massasini topish uchun
o‘tkaziladigan o‘lchashlar, xarorati qarshilik termometri orqali o‘lchash
Birgalikdagi o‘lchash - Turli nomli ikki va undan ortiq kattaliklar
orasidagi munosabatni topish uchun bir vaqtda o‘tkaziladigan o‘lchashlar. Misol,
rezistorning 20
0
S dagi elektr qarshiligi qiymatini turli temperaturalarda o‘lchab
topish.
Mutlaq o‘lchash - Bir yoki bir necha asosiy kattaliklarni bevosita
o‘lchanishini va (yoki) fizikaviy doimiylikning qiymatlarini qo‘llash asosida
o‘tkaziladigan o‘lchash.
Nisbiy o‘lchash - Kattalik bilan birlik o‘rnida olingan nomdosh
kattalikning nisbatini yoki asos qilib olingan kattalikka nisbatan nomdosh
kattalikning o‘zgarishini o‘lchash.
57
O‘lchash usuli deganda o‘lchash qonun-qoidalari va
o‘lchash vositalaridan foydalanib, kattalikni uning birligi bilan solishtirish
usullarini tushunamiz.
O‘lchashning quyidagi usullari mavjud: