Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
 
 
1 – rasm. Metrologiya va uning shug‘ullanadigan masalalari. 
Metrologiya o‘z navbatida quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi (2 – rasm).
 
 
2 – rasm. Metrologiyaning bo‘limlari. 
 Metrologiyaning rivojlanish tarixiga oid ma’lumotlar 
Metrologiya fanining tarixi minglab yillarni o‘z ichiga oladi. Insoniyatning 
o‘lchashlarga bo‘lgan ehtiyoji qadim zamonlardayoq yuzaga kelgan. Kishilar 
kundalik hayotda har xil kattaliklarni: masofalarni, yer maydonlarining 
yuzalarini, jismlarning o‘lchamlari va massalarini, vaqtni va hokazolarni bu 
jarayonlarning yuzaga kelish sabablarini, manbalarini bilmasdan, o‘zining sezgisi 
va tajribasi asosida o‘lchay boshlagan. 
Eng qadimgi o‘lchash birliklari –
antropometrik
. U insonning muayyan 
a’zolariga muvofiqlikka yoki moyillikka asoslangan holda kelib chiqqan. 
Masalan: 
ladon
– bosh barmoqni hisobga olmaganda qolgan to‘rttasining 
kengligi; 
fut
oyoq tagining uzunligi
pyad
– yozilgan bosh va ko‘rsatkich 
barmoqlar orasidagi masofa, 
qarich, quloch, qadam
va hokazolar. 
Ba’zi bir tabiiy o‘lchovlar tabiatda mavjud narsalarga taqqoslashga 
asoslanib hosil qilingan. Masalan, turli qimmatbaho toshlarning o‘lchov birligi 
sifatida keng qo‘llanilgan, «nuxotcha» ma’nosini anglatuvchi «karat», «bug‘doy 
doni» ma’nosini bildiruvchi «gran» shular jumlasidandir. Vaqt o‘lchovlari ham 
tabiat hodisasiga asoslanib hosil qilingan. Munajjimlarning ko‘p yillik 
kuzatishlari natijasida qadimgi Vavilonda vaqt birligi sifatida yil, oy, soat 



tushunchalari ishlatilgan. Keyinchalik yerning o‘z o‘qi atrofida to‘la bir marta 
aylanishiga ketgan vaqtning 1/86400 qismi sekund nomini olgan.
Keyinchalik tabiiy «o‘lchovlar» turmushda keng qo‘llana boshlandi. 
Shunday o‘lchovlardan biri yerning o‘z o‘qi atrofida aylanishini vaqt 
birligi sifatida ishlatilishidir. Jamiyatning rivojlanishi, savdo va dengiz 
sayohatining rivojlanishiga, sanoatning paydo bo‘lishiga, fanning rivojlanishiga 
olib kelgan bo‘lsa, shu bilan birga maxsus texnika va o‘lchash vositalarini 
bunyod etishga ham sababchi bo‘ldi. 
Insoniyat taraqqiyot rivojlanishining ilk davrlaridanoq «moddiy» 
o‘lchashlar va o‘lchash birliklarining katta ahamiyatini tushunib yetishganlar. 
Qadimgi dunyoda va o‘rta asrlarda ham metrologiya xizmati bo‘lmagan. 
Ba’zi tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra metrologiya xizmati va metrologik ta’minot 
masalalarining dastlabki kurtaklari turli davlatlarda turlicha tarzda vujudga kela 
boshlagan. Masalan, rus knyazi Svyatoslav Yaroslavich belidagi oltin kamaridan 
uzunlikning namunaviy o‘lchash vositasi sifatida foydalangan. Tarixiy 
ma’lumotlarga ko‘ra knyaz davriy ravishda bozor rastalarini oralab yurib, turli 
mato sotuvchilarining o‘lchovlarini kamari bilan taqqoslab turgan. Agar ular 
orasidagi tafovut belgilanganidan ortib ketsa, sotuvchini shafqatsiz jazolangan. 
Italiyada ham bu borada muayyan tartib belgilangan edi (o‘rta asrlarda). 
Cherkov va butxonalarda aniq sondagi marvarid donalari saqlanib, ulardan 
sochiluvchan (dispers) moddalarning hajm va massa birliklarini hosil qilishda 
foydalanganlar. 
Vaqt o‘tishi bilan savdo – sotiq va o‘zaro iqtisodiy aloqalarning 
rivojlanishi mobaynida o‘lchovlarga aniqlik kiritish, yangiliklarini hosil qilish, 
o‘zaro solishtirish va qiyoslash usullari shakllanib, o‘nlab yangi va 
mukammalroq o‘lchash birliklari hosil bo‘la boshlagan. Asta – sekin xalqlararo, 
davlatlararo o‘lchash birliklari ta’sis etilgan (Yer meridianining qirq milliondan 
bir ulushi bo‘yicha – «metr», bir kub detsimetr suvning harorati 4
0

bo‘lgandagi massasi – «kilogramm» va hokazolar). 
Fan va texnikaning rivojlanishi har xil kattaliklarning o‘lchamlarini 
muayyan o‘lchovlarga qiyoslab kiritishni taqozo eta boshladi. Bunday faoliyat 
jarayoni va rivojlanishi davomida o‘lchashlar haqidagi fan, ya’ni metrologiya 
yuzaga keldi. 
Hozirda metrologiya sohasi yanada tez rivojlanmoqda, chunki sanoatning 
rivojlanishi, hozirgi zamon talablarining bajarilishi nazorat – o‘lchash 
asboblariga bog‘liqdir. 
O‘lchash texnikasini yanada mukammallashtirish vazifalari zamonaviy 
avtomatik va hisoblash texnikasining, texnologik jarayonlarining yangi 
yutuqlarini qo‘llashga asoslanadi. 
Xulosa sifatida metrologiyaning rivojlanish tarixiga nazar tashlasak, 
quyidagi muhim bosqichlarni keltirishimiz mumkin. 
– 1791 yilda metr etaloni Fransiyada qabul qilinishi (1 metr Yer meridiani 
uzunligining 4х10
– 7
bo‘lagiga teng qilib olinganligi); 
– 1875 yilda Parijda 17 davlat tomonidan Xalqaro konvensiyani qabul 
qilinishi (bu esa mavjud metrik sistemaning takomillashtirishga qaratilgan bo‘lib, 
metr o‘lchov birligiga asos soladi); 


10 
– 1893 yilda Rossiyada D.M. Mendeleev tomonidan o‘lchov va og‘irlik 
(tarozi) Bosh palatasining tashkil etilishi; 
– 1931 yilda Leningrad shahrida o‘lchov va tarozi Bosh palatasi asosida 
D.M. Mendeleev nomidagi Butunittifoq metrologiya ilmiy tadqiqot institutining 
tashkil topishi; 
– 1960 yilda Xalqaro birliklar tizimi (SI) ning qabul qilinishi. Bu tizim 
bo‘yicha 1 metr vakuumda to‘lqin uzunligining 1650763,73 teng qilib olinishi 
(Kriptonni etalon metri); 
– 1983 yilda metrni qabul qilishda yorug‘likning vakuumda 1/299792458
bir sekundda o‘tgan yo‘liga teng qilib qabul qilinishi; 
– 1993 yilda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida 
O‘zbekiston davlat Standartlash, metrologiya va sertifikatsiya markazi 
(O‘zdavstandart) tashkil etildi; 
– 2002 yilda O‘zbekiston davlat standartlash, metrologiya va 
sertifikatsiya markazi O‘zbekiston standartlashtirish, metrologiya va 
sertifikatlashtirish (“O‘zstandart”) agentligiga aylantirildi.
Bugungi kunda ham olimlarimiz o‘lchash nazariyasi va texnikasi rivoji 
ustida tinimsiz ilmiy izlanishlar olib borishmoqda. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin