20
• o‘lchashlarning ishonchli natijalarini olishga katta sarf xarajatlar ketishi
(rivojlangan davlatlarda o‘lchashlarga yalpi daromadning 6% i sarflanadi);
• iqtisodiy boshqaruvdagi o‘zgarishlar metrologiyadagi tashkiliy
o‘zgarishlarga olib keladi.
Mazkur qonun metrologiya sohasida xalqlararo hamkorlikning qonuniy
asoslarini mustahkamlab, quyidagi amallarga munosib zamin yaratadi:
• alohida yondashuvdagi xalqaro shartnomalar bo‘yicha majburiyatlarni
qo‘llab – quvvatlash;
•O‘zbekiston Milliy metrologiya markazining xalqaro tashkilotlardagi
obrusini yanada oshirish;
• ikkiyoqlama va ko‘pyoqlama tashqi iqtisodiy munosabatlardagi turli
texnikaviy tusiqlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan sinovlar, qiyoslash
va kalibrlash uchun sharoitlar yaratish.
Davlat metrologik xizmatining huquqiy holatidagi alohida xususiyati
shundaki, barcha metrologiya xizmatlari vertikal bo‘yicha birgina mahkamaga –
O‘zstandart Agentligiga bo‘ysunadi.
Dostları ilə paylaş: