Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


 Metrologik ta‘ minotning ta’rifi, to’zilishi, vazifalari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

3. Metrologik ta‘ minotning ta’rifi, to’zilishi, vazifalari
va tashkil etuvchilari
O‘lchash informatsiyasiga nafaqat miqdor bo‘yicha talablar, balki sifat 
bo‘yicha ham talablar qo‘yiladi. Bunga uning (o‘lchashning) aniqligi, ishonchliligi, 
tannarxi va samaradorligi kabi tavsiyalar kiradi. 
Barcha sifat tavsiyalarining asosida metrologik ta’minot yotadi. Metrologik 
ta’minotni shunday ta’riflash mumkin: 
• o‘lchashlar birligini ta’minlash va talab etilgan aniqlikka erishish uchun 
zarur bo‘lgan texnikaviy vositalar, tartib va qoidalarning, me’yorlarning, ilmiy va 
tashkiliy asoslarining belgilanishi va tadbiq etilishi. 
Metrologik ta’minotning vazifasiga quyidagilar kiradi: 
• o‘lchash vositalarining ishga yaroqliligini tashkil etish, ta’minlash va tadbiq 
etish; 
• o‘lchashlarni amalga oshirish, uning natijalarini qayta ishlash va tavsiya 
etish borasidagi me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va tadbiq etish; 
• hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; 
• o‘lchash vositalarining davlat sinovlari; 
• o‘lchash vositalarining va uslublarining metrologik attestatsiyasi va 
hokazolar. 
Metrologik ta’minotning 4 ta tashkil etuvchisi mavjuddir (3 – rasm). 
 
 
3 – rasm. Metrologik ta’minotning tashkil etuvchilari. 
 


19 
Metrologik ta’minotning o‘z oldiga qo‘ygan asosiy maqsadlari: 

mahsulot sifatini, ishlab chiqarish va uni avtomatlashtirishning 
samaradorligini oshirish; 

detallar va agregatlarning o‘zaro almashuvchanligini ta’minlash; 

moddiy boyliklarning va energetik resurslarining hisobini olib borish 
ishonchliligini ta’minlash; 

atrof – muhitni himoya qilish; 

salomatlikni saqlash va hokazolar.
Metrologik ta’minot darajasi mahsulotning sifatiga bevosita ta’sir qiladi. 
Bu ta’sir samaradorligini yanada oshirish maqsadida metrologik profilaktika 
ishlariga va ishlab chiqarishni tayyorlashdagi metrologik ta’minot masalalariga 
alohida ahamiyat beriladi. Bu esa o‘z vaqtida respublikamizda bozor 
munosabatlarini yanada chuqurroq shakllanishiga va ishlab chiqarilgan 
mahsulotlarning eskport imkoniyatini oshirilishiga munosib zamin yaratadi. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin