Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

Ikkilamchi etalon
– birlikning o‘lchamini mazkur birlikning birlamchi etalonidan 
oladigan etalon. 
Nusхa – etalon
– birlikning o‘lchamini ishchi etalonlarga uzatish uchun 
mo‘ljallangan ikkilamchi etalon. 
Ishchi etalon
– birlikning o‘lchamini ishchi o‘lchash vositalariga uzatish uchun 
mo‘ljallangan etalon. 
Xalqaro etalon
– milliy etalonlar bilan qayta tiklanadigan va saqlanadigan 
birliklar o‘lchamlarini muvofiqlashtirish uchun xalqaro kelishuv bo‘yicha xalqaro asos 
sifatida qabul qilingan etalon. 
Milliy etalon
– mamlakat uchun boshlang‘ich etalon sifatida xizmat qilishi 
rasmiy qaror bilan tan olingan etalon. 
O‘lchashlar birliligi
– o‘lchash natijalari rasmiylashtirilgan kattaliklar 
birliklarida ifodalangan va o‘lchashlar xatoligi berilgan ehtimollik bilan belgilangan 
chegaralarda joylashgan o‘lchashlar holati. 
O‘lchashlar birliligini ta’minlash 
– O‘BT Qonunlar, shuningdek 
o‘lchashlarning birliligini ta’minlashga qaratilgan davlat standartlari va boshqa 
me’yoriy hujjatlarga muvofiq o‘lchashlar birliligiga erishish va saqlashga qaratilgan 
metrologik xizmatlar faoliyati. 
Metrologik xizmat
– bu o‘lchashlar birliligini ta’minlash ishlarini bajarish va 
metrologik tekshiruv va nazoratni amalga oshirish uchun qonunga muvofiq tashkil 
etiladigan xizmat. 
Davlat metrologik xizmati
– bu mamlakatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
bo‘yicha ishlarni mintaqalararo va sohalararo darajada bajaruvchi va davlat metrologik 
tekshiruvi va nazoratini amalga oshiruvchi metrologik xizmat. 
Metrologiya bo‘yicha milliy idora – 
davlatda o‘lchashlar birliligini ta’minlash 
ishlariga rahbarlikni bajarishga vakolatli davlat boshqaruv idorasi. 
Metrologik tekshiruv – 
o‘lchash jarayoni elementlarini me’yoriy hujjatlar 
talablariga muvofiqligini aniqlash va tasdiqlashni o‘z ichiga olgan vakolatli idoralar va 
shaxslar faoliyati. 

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin