Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə157/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

Standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni 
fikr - mulohazalar olish uchun yuborish 
Standart loyihasi
TQ ish rejasiga, tasdiqlangan standartlashtirish jadvaliga, 
yangi mahsulot turlarini yaratish rejasiga, manfaatdor tashkilotlar taklifi va ishlab 
chiquvchi korxonalarnini tashabbusiga binoan ishlab chiqiladi. 
Standart loyihasini ishlab chiqish bilan bir vaqtda standart loyihasiga 
tushuntirish xati ham tuziladi va lozim topilsa standartni joriy qilish bo‘yicha 
asosiy tashkiliy-texnikaviy tadbirlar rejasining loyihasi ishlab chiqiladi 
(keyinchalik - asosiy tadbirlar rejasining loyihasi deb yuritiladi).
Standart loyihasi tushuntirish xati va asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bilan 
birgalikda ko‘paytiriladi va ro‘yxat bo‘yicha hamma manfaatdor tashkilotlarga 
fikr-mulohazalar olish uchun yuboriladi.
Standart loyihasi korxona va tashkilotlar tomonidan ko‘rib chiqilganidan 
so‘ng o‘z fikr-mulohazalarini tuzib, standartni ishlab chiquvchi tashkilotga qabul 
qilgan kundan boshlab 15 kun ichida, kechiktirmasdan yuboradilar.
Fikr-mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini ishlab chiqish (so‘nggi 
tahriri), kelishish va uni tasdiqlashga taqdim etish 
Korxona va tashkilotlar tomonidan yuborilgan standart loyihasi bo‘yicha 
fikr-mulohazalar qayta ishlanib, ular asosida fikr-mulohazalar majmuini tuziladi.
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot tuzilgan fikr-mulohazalar majmuiga 
binoan standart loyihasining so‘ngi tahririni ishlab chiqadi hamda tushuntirish 
xatini va asosiy tadbirlar rejasining loyihasini aniqlaydi.
Ishlab chiquvchi tashkilot bilan boshqa manfaatdor tashkilotlar orasida 
standart loyihasi yoki asosiy tadbirlar rejasi loyihasi bo‘yicha kelishmovchiliklar 
bo‘lsa, yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kelishmovchiliklarni muhokama qilish 
uchun kengash o‘tkazadi. 
Kengashga ko‘rib chiqilgan standart loyihasi bo‘yicha va qaror qabul 
qilish 
vakolati 
berilgan 
asosiy 
manfaatdor 
tashkilotlarning 
va 
buyurtmachilar(asosiy iste’molchilar)ning vakillari taklif etiladi. Ushbu 
kengashda ko‘rib chiqilayotgan masalalarning har taraflama muhokama qilinishi 
va bu masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinishini ta’minlanish lozim 
bo‘ladi.
Yetakchi ishlab chiquvchi tashkilot kengash qatnashchilariga munozarali 
masalalar bo‘yicha fikr-mulohazalar majmuidan ko‘chirmalar yuboradi.
Kengash taklifnomalarini uning qatnashchilariga kengash boshlanishiga kamida 
10 kun qolganda oladigan qilib yuboriladi. 
Kengash qarori uning qatnashchilari imzo chekkan bayonnoma bilan 
rasmiylashtiriladi. Bayonnomada yoki unga ilova qilingan alohida ro‘yxatda 


190 
kengash ishtirokchisining har birini familiyasini, ismi, otasining ismi va mansabi 
(tashkilotning nomini qo‘shib) ko‘rsatiladi.
Kengashda qabul qilingan qarorga binoan, standart loyihasining 
so‘nggitahriri tuziladi hamda tushuntirish xati va asosiy tadbirlar 
rejasiningloyihasi aniqlanadi. Bundan tashqari, agar standart loyihasida davlat 
nazorati, kasaba uyushmasi, tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, sog‘liqni 
saqlash vazirligi faoliyati doirasiga taalluqli talablar qo‘yilgan bo‘lsa, loyiha 
ushbu idoralar bilan ham kelishib olinishi kerak.
Chet elga chiqariladigan mahsulotlarning standartlari esa O‘z Dst 122 
bo‘yicha kelishib olinadi.
Standart loyihasi yuzasidan tashkilotlar o‘rtasida davom etayotgan 
kelishmovchiliklar bo‘yicha O‘zstandart agentligi, O‘zbekiston Respublikasi 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Davlat arxitektura va qurilish 
qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi o‘zlariga yuklatilgan faoliyat turlari 
to‘g‘risida so‘nggi qarorni qabul qiladi.
Standartga o‘zgartish kiritilganda, agar u ilgari, kelishib olingan 
tashkilotlarning manfaatlariga monelik qilmasa, o‘zgartish faqat buyurtmachi 
(asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standartni bekor qilish yoki joriy etish vaqtini cho‘zish bo‘yicha faqat 
buyurtmachi (asosiy iste’molchi) bilan kelishiladi.
Standart loyihasi tasdiqlashga ishlab chiquvchi tashkilot tomonidan 
quyidagicha to‘plamda beriladi: 
- ilova xati; 
- standart loyihasining so‘nggi tahririga tushuntirish xati; 
- asosiy tadbirlar rejasining loyihasi; 
- standart loyihasining 4 ta nusxasi (ulardan ikkitasi birinchi nusxa 
ko‘rinishida bo‘lishi shart); 
- standart loyihasi kelishilganini tasdiqlovchi hujjatlarning asl nusxasi; 
- standart loyihasi to‘g‘risida fikr-mulohazalar majmui; 
- qolgan kelishmovchiliklar haqida ma’lumotnoma.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin