Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə156/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

 
Takrorlash uchun savollar. 
1.Sertifikatlashtirishning tarixini bilasizmi? 
2.Sertifikat nima? 
3.Respublikamizda sertifikatlashtirishning eng yuqori rivojlanish davri qaysi 
vaqtlarga to‘g‘ri keladi? 
4.Sertifikatlashtirishda nechta tomon ishtirok etadi? 
 
 


188 
5- AMALY MASHG’ULOT. STANDARTLARNI
LOYHASINI ISHLAB CHIQISHNI O’RGANISH 
 
Ishdan maqsad

Standartlarni loyhasini ishlab chiqishni o’rganish 
to’g’risida
ko’nikma va malakalarni shakillantirish 
 
Nazariy ma’lumotlar
O‘z Dst 1.1 "O‘zbekiston Respublikasining standartlashtirish davlat 
tizimi. O‘zbekiston Respublikasining standartini ishlab chiqish, kelishib olish, 
tasdiqlash va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi" standartiga binoan O‘zbekiston 
Respublikasi standarti (bundan keyin - standart deb yuritiladi) standartlashtirish 
bo‘yicha texnikaviy qo‘mitalar (bundan keyin TQ), standartlashtirish bo‘yicha 
tayanch tashkilotlari,vazirliklar, idoralar, uyushmalar, konsernlar, davlat, shirkat, 
pudratchi, aksioner, qo‘shma korxonalar, muassasalar va tashkilotlar tomonidan 
ishlab chiqiladi.
Standartni har xil tashkilotlar mutaxassislarining ishchi guruhlari 
tomonidan ishlab chiqishga yo‘l qo‘yiladi. 
Standartning bir nechta tashkilot tomonidan ishlab chiqilishida yetakchi 
ishlab chiquvchi tashkilotlar (ijrochilar ro‘yxatida birinchi o‘rinda turadi) 
hamkorlikda ish bajaruvchi har bir tashkilot bilan ish ko‘lamini va muddatlarini 
aniqlaydi.
Standart respublika hududida kimga qarashli ekanligi va mulk shaklidan 
qat’iy nazar, standart ishlab chiqilgan tashkilotlarni chiqaradigan va iste’mol 
qiladigan hamma korxona va tashkilotlar uchun majburiydir.
Standartga kiritiladigan o‘zgarish asosiy standart uchun belgilangan 
tartibda majburiy kelishib olinishi, tasdiqlanishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi lozim.
Standartlarning tuzilishi, mazmuni, bayon etilishi va rasmiylashtirilishi 
O‘z Dst 1.5 ga muvofiq bajariladi. 
Standartlarni ishlab chiqish tartibi 
Standartni ishlab chiqishda tashkiliy - usuliy birlikka erishish maqsadida 
hamda standartni ishlab chiqish bosqichlari bajarilishini nazorat qilish uchun 4 
bosqich joriy etiladi.
1-bosqich - zaruriyat tug‘ilganda standartni ishlab chiqishda texnikaviy 
topshiriq ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi;
2-bosqich - standart loyihasini ishlab chiqish (birinchi tahriri) va uni fikr 
mulohazalar olish uchun yuborish; 
3-bosqich - fikr - mulohazalar ustida ishlash, standart loyihasini (oxirgi 
tahririni) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlashga taqdim etish; 
4-bosqich - standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish.


189 
Standartlarni ishlab chiqish bosqichlarini bir-biri bilan qo‘shib olib 
borishga yo‘l qo‘yiladi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin