Termiz davlat universiteti metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish asoslari


Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish



Yüklə 5,08 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə158/206
tarix20.11.2023
ölçüsü5,08 Kb.
#162455
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206
8c479b6d5d95af464b7e958a2539bf5d METROLOGIYA, STANDARTLASHTIRISH VA SERTIFIKATLASHTIRISH ASOSLARI

Standartni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
O‘zbekiston Respublikasi standarti agentligi, Davarxitektqurilishqo‘m, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi nomlari 
bo‘yicha o‘zlariga tegishli standartlarning loyihalari va hujjatlarini ko‘pi bilan 15 
kun mobaynida ko‘rib chiqilishini, shuningdek davlat ekspertizasidan 
o‘tkazilishini ta’minlaydilar.
O‘zbekiston Respublikasi standarti agentligi, Davarxitektqurilishqo‘m, 
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, Sog‘liqni saqlash vazirligi standart 
loyihalarini ko‘rib chiqadi va uni tasdiqlash yoki kam-ko‘stini to‘ldirib qayta 
ishlash to‘g‘risida qaror qabul qiladi.


191 
Standart uni tasdiqlagan tashkilotning qarori bilan tasdiqlanadi va joriy 
qilinadi.
Standart muddati cheklanmangan yoki muddati cheklangan tarzda 
tasdiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi hududidagi standartlarni davlat ro‘yxatiga 
olishni O‘zstandart agentligi amalga oshiradi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish 
uchun standart 4 nusxada topshirilishi lozim: asl nusxasi, ikkinchi nusxasi va 
ikkita ko‘chirmasi. 
Standartni davlat ro‘xatidan o‘tkazish uchun juz band qilib, muqovalab 
topshirish lozim. Standart 5 kundan oshmagan muddatda davlat ro‘yxatidan 
o‘tkaziladi.
Standartning qaysi tashkilot tomonidan tasdiqlanishidan qat’iy nazar, 
standartga raqamli belgini O‘zstandart agentligi beradi.
Belgi o‘z navbatida: 
Hujjatning ko‘rsatkichidan – O‘z Dst; ro‘yxatning tartib raqamidan va 
tasdiqlangan yilning oxirgi ikki sonidan iborat bo‘ladi. 
Masalan, O‘z Dst 5-96-93 "Texnika chigit texnik sharoit", O‘z Dst 
816:2001 tozalangan paxta yog‘i v ax.k. 
Ro‘yxatga oluvchi idora asl nusxa, ikkinchi nusxasi va ikkita 
ko‘chirmaning birinchi betiga o‘zining nomini ko‘rsatadigan to‘rtburchak muhrni 
bosadi, sana va davlat ro‘yxatining nomerini yozib qo‘yadi. Ikkinchi nusxa 
O‘zstandartda agayentligi qoladi, asl nusxa va ko‘chirmaning ikkinchi nusxasi 
esa ishlab chiquvchiga qaytariladi.
Tashkilot standartlarining tuzilishi, bayon etilishi va texnikaviy-iqtisodiy 
jihatdan asoslanganligi, ularning fan va texnikaning hozirgi rivojlanish 
ko‘rsatkichlari, meyoriy tavsiflari va talablari hamda jahon taraqqiyoti 
darajalariga mosligi uchun tashkilot standartlarini ishlab chiquvchilar va 
tashkilotlar javobgardirlar.
Tashkilot standartlarini korxona rahbariyati tasdiqlaydi. Ularning amal 
qilish muddati cheklanmagan holda tasdiqlanadi.
Tashkilot 
standartining 
tasdiqlanishi 
korxona 
rahbarining 
(rahbar 
o‘rinbosarining) imzosi bilan rasmiylashtiriladi.

Yüklə 5,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   206




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin