Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Oʻrin bosuvchi tovarlar narxi



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə10/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Oʻrin bosuvchi tovarlar narxi. Faraz qiling muzlatilgan yogurtning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra siz muzlatilgan yogurt sotib olasiz. Ayni shu paytda siz muzqaymoq kamroq xarid qilasiz. Chunki muzgaymoq va muzlatilgan yogurt birdek sovuq, shirin, kremli, ular sizning ehtiyojingizni birdek qondiradi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan talabni kamaytiradi va bu tovarlar oʻrin bosuvchi tovarlar deyiladi. Oʻrin bosuvchi tovarlar asosan bir joydan xarid qilinadigan tovarlar hisoblanadi, masalan, hot-dog va gamburger, sviter va koʻylak, kino chiptasi va video ijarasi.
Faraz qiling suyuq shokoladning narxi tushdi. Talab qonuniga koʻra siz undan koʻproq sotib olasiz. Shu sababli siz koʻproq muzqaymoq ham sotib olasiz, chunki muzqaymoq va suyuq shokolad birga iste’mol qilinadi. Bir mahsulot narxining tushishi boshqa bir mahsulotga boʻlgan talabni oshiradi, bu mahsulotlar toʻldiruvchi tovarlar deyiladi. Toʻldiruvchi tovarlar birgalikga ishlatiladi, masalan, benzin va avtomobil, kompyuter va dastur.
Did. Sizning talabingizni aniqlab beradigan asosiy narsa bu sizning ehtiyojingiz. Agar siz muzqaymoqni yoqtirsangiz uni koʻproq xarid qilasiz. Iqtisodchilar odatda insonlarning ehtiyojini oʻrganishga harakat qilishmaydi, chunki ehtiyoj tarixan insonlarning oʻziga xos boʻlib kelgan psixologik kuch hisoblanadi. Ammo iqtisodchilar ehtiyoj oʻzgarganda nima boʻlishini tahlil qilishadi.

2.1-jadval

Oʻzgarish

Oʻzgarishning ta’siri

Xaridorlarga ta’sir qiladigan oʻzgaruvchilar

Ushbu jadvalda biror tovarni xarid qiluvchilarning oʻzgarishiga ta’sir etadigan omillar keltirilgan. Bunga eng asosiysi baho hisoblanadi.



Tovarlar bahosi
Daromad
Oʻrin bosuvchi tovarlar bahosi
Did
Kutish
Xaridorlar soni

Talab egri chizigʻi boʻylab harakatni ifodalaydi

Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi


Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi


Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi
Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi
Talab egri chizigʻini oʻzgartiradi

Kutish. Sizning kelajakka boʻlgan ishonchingiz bugungi kunda tovar yoki xizmatlarga boʻlgan talabingizga ta’sir qilishi mumkin. Masalan, siz keyingi oyda yuqoriroq daromad olishga ishonsangiz, hozirda kamroq pul jamgʻarasiz va joriy daromadingizning koʻp qismini muzqaymoqqa sarflaysiz. Yana bir misol, ertaga muzqaymoq narxini tushishiga ishonsangiz, bugungi narxda kamroq muzqaymoq sotib olishga harakat qilasiz.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin