Talab egri chizigʻini siljishi Talab egri chizigʻi boshqa teng sharoitlarda haqqoniy boʻlsa, u vaqt oʻtgan sari turgʻun boʻlmaydi. Agar nimadir talab miqdorini oʻzgartirsa, bu holda talab egri chizigʻining siljishi kuzatiladi. Masalan, deylik, Amerikalik Tibbiyot assotsiatsiyasi odamlar koʻp miqdorda muzqaymoq iste’mol qilishsa, ular uzoq umr koʻrishini aniqlashdi. Bunday kashfiyot talab egri chizigʻini koʻtaradi. Har bir paytdagi narxda xaridorlar koʻproq muzqaymoqni sotib olishni xohlaydilar, va shu yol bilan talab egri chizigʻi siljiydi.
3-rasmda talab egri chizigʻi siljishi aks ettirilgan. Har bir narxdagi talabni koʻpaytiradigan har qanaqa oʻzgarish, masalan Amerikalik Tibbiyot assotsatsiyasining kashfiyoti, talab egri chizigʻini oʻng tomonga siljitadi va bunday siljish talabni koʻpayishi deb nomlanadi. Har bir narxdagi talabni kamaytiradigan har qanaqa oʻzgarish talab egri chizigʻini chap tomonga siljitadi va bunday siljish talabni pasayishi deb nomlanadi.
Talab egri chizigʻiga koʻplab oʻzgaruvchan omillar oʻz ta’sirini koʻrsatadi. Ulardan eng muhimi shulardir.
Daromad. Agar siz yozda ishingizni yoʻqotsangiz, sizning muzqaymoqqa boʻlgan talabingiz qanday oʻzgaradi? Umuman olganda u tushadi. Kam foyda olganda sizning jami sarf-xarajatlaringiz kamayadi. Shu nuqtayi nazardan sizning yaxshi tovarlarga boʻlgan xarajatingiz ham kamayadi. Agar daromad tushganda biron-bir mahsulotga boʻlgan talab tushsa ushbu tovar odatiy tovar deyiladi.
Rasm Talab egri chizig’idagi o’zgarish
Mahsulot narxi ma’lum bir darajada boʻlganda iste’molchilarni ushbu tovarni sotib olish hajmining oshishi talab egri chizigʻini oʻngga siljitadi. Berilgan narx darajasida iste’molchilarning tovarlarni sotib olish hajmining pasayishi talab egri chizigʻini chapga siljitadi.
Barcha tovarlar ham odatiy tovarlar emas. Agar daromad tushganda biror tovarga boʻlgan talab oshsa, ushbu tovar past darajali tovar deyiladi. Past darajali tovarga misol qilib avtobus chiptasini keltirishimiz mumkin. Daromadingiz tushganda mashina haydash yoki taksi minishdan koʻra avtobusga chiqishni ma’qul koʻrasiz.