Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Firmaning bozordagi strategik harakati



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə181/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Firmaning bozordagi strategik harakati – bunda firma oʻzining harakatini raqobatlashuvchi firmaning harakatiga koʻra ishlab chiqadi.
Foiz stavkasi– nominal foiz stavkasi inflyatsiyani hisobga olmagandagi joriy kursdagi foiz stavkasi.
Foyda (buxgalteriya) – mahsulotni sotishdan tushgan tushumdan ushbu mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ketgan yalpi xarajatni (tashqi xarajatni) ayrilganiga teng. Maksimal foyda olish sharti MR MC. Raqobatlashgan bozorda maksimal foyda olish sharti MC P. Raqobatlashuvchi firmaning zararsiz ishlash nuqtasini ifodalovchi shart .
Fyuchersh – hozirgi narxlarda ma’lum miqdordagi tovarni kelajakda ma’lum kunda etkazib berish uchun tuzilgan muddatli shartnoma. Tavakkalchilik bilan bogʻliq boʻlmagan aktivlar – aktiv tomonidan tushadigan pullar miqdor oldindan belgilangan miqdorda boʻlishi.
Xarajatar– mahsulot ishlab chiqarish uchun qilingan sarflar.
Chekli daromad– bir birlik qoʻshimcha tovar sotishdan tushgan qoʻshimcha daromad
Chekli naflik(marginal utility)– oxirgi yoki navbatdagi birlik ne’matni iste’mol qilishdan olinadigan naflik.
Chekli texnologik almashtirish normasi (marginal rate of technological substitution, MRSxy) - ishlab chiqarish hajmi oʻzgarmaganda bir birlik X omilini necha birlik Y omil bilan almashtirish mumkinligini koʻrsatadi.
Chekli transformasiya normasi (MRT) – birinchi tovardan qoʻshimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kechish kerakligini koʻrsatadi. Bu birinchi tovarning alternativ qimmatini ifodalaydi va ikkinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarni chekli ishlab chiqarish xarajati nisbatiga teng.
Chetlanish – kutiladigan natija bilan haqiqiy natija oʻrtasidagi farq.
Davriy ishsizlik-iqtisodiyotda pasayish boʻlayotgan davrda mavjud boʻlib, bunda ishchi kuchiga talab boʻlsada, ishlab chiqaruvchilar ularni ishga qabul qila olmaydilar va buning natijasida yaratilishi mumkin boʻlgan ma’lum bir mahsulotdan voz kechiladi.
Pul bozori- bu shunday bozorki, u yerda pulga talab va taklif ta’siri ostida foiz stavkasi darajasi va pul «bahosi» shakllanadi. Pul bozorida pul tovarga oʻxshab «sotilmaydi» va «sotib olinmaydi». Aynan shu xususiyati bilan pul bozori boshqa bozorlardan tubdan farq qiladi. Pul bozorida pul nominal foiz normasi birligiga ega boʻlgan muqobil likvid vosita bilan almashinadi.
Pul massasi-har qanday mamlakat iqtisodiyotida tovarlar va xizmatlar aylanishini ta’minlaydigan, xususiy shaxslar, institutsional mulkdorlar(korxonalar, birlamalar, tashkilotlar va b.) va davlat egalik qiladigan naqd va naqd pulsiz xarid hamda toʻlov vositalari majmuidir.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   177   178   179   180   181   182   183   184   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin