Pulga talab - bu pul muomalasi, ya’ni xoʻjalik oboroti uchun kerak boʻlgan pulga ehtiyojdir.
Shartnomalar chizigʻi – 2 iste’molchi oʻrtasida ikkita ne’matning samarali taqsimlanish variantlarini ifodalovchi chiziq.
Shaxs talabi (individual demand) – bitta iste’molchining tovarga talabi.
Shtakelberg muvozanati – bu duopolik sharoitda lider firma bilan ergashuvchi firma faoliyat koʻrsatganda lider tovar narxini va ishlab chiqarish hajmini mustaqil belgilaydi, ergashuvchi firma lider firmaga moslashgan holda narx va mahsulot hajmini belgilaydi.
Elastiklik (elasticity) – talab va taklifga ta’sir qiluvchi omillarning oʻzgarishi natijasida ularni qanchaga oʻzgarishi tushuniladi (narxni, daromadi, iste’molchilar soni va hokazo).
Engel chiziqlari – iste’mol qilingan tovarlar miqdorini iste’molchi daromadining oʻzgarishidan bogʻliqligini koʻrsatuvchi chiziq.
Ehtiyoj (needs) – insonni, korxonani faoliyat koʻrsatishi va rivojlanishi uchun zarur boʻlgan barcha narsalar. Ehtiyoj – bu insonlarni iqtisodiy faoliyat bilan shugʻullanishiga undaydigan ichki kuch.
Ehtimol (probability) – ma’lum natijaga erishish imkoniyati.
Xarajatlar usuli-Yalpi ichki mahsulot yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yigʻindisi sifatida aniqlanadi
Daromad samarasi-ishchining ish haqining oʻsishi natijasida ish vaqtining qisqarishi hisobidan dam olish vaqtining ortishi.
Yopiq iqtisodiyot-tashqi iqtisodiy bozorda keng savdo- iqtisodiy imkoniyatlarga ega boʻlmaydigan iqtisodiyot.
Inflyatsiya-baholar umumiy darajasining koʻtarilishi, milliy pul birligi xarid qobiliyatining pasayishi.
Turgʻunlik (depressiya)- ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart-sharoitlarning vujudga kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy tsikl fazasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati
Asosiy adabiyotlar: O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023yil 1-may
2022 — 2026 Yillarga mo‘ljallangan yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 29 yanvardagi PF-60-sonli Farmoni.
Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 488 b.
Mirziyoyev Sh.M.Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 104 b.
Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 56 b.
Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2017. – 48 b.
Xoʻjayev R.S., Mahmudov B., Xoʻjayev H.S., Ergashev E.I., Egamberdiyev R.I. “Mikro va makroiqtisodiyot”. T.: ILM ZIYO, 2016. -244 b.
Bakiyeva I.A., Xoʻjayev H.S., Muxitdinova M.S., Fayziev SH.SH. “Mikroiqtisodiyot” o‘quv qoʻllanma. T: “O‘FMJN”, 2018. 437 b
Erkin Egamberdiyev “Mikroiqtisodiyot”. Darslik T.: ILM ZIYO, 2015. -338 b.
N.Gregory Mankiw. Principles of Mikroeconomics. 2018. 519 pages.