Past kategoriyali tovarlar – daromad oshganda talab kamayadigan tovarlar.
Real ish haqi (real wage rate) – olingan pul mablagʻi hisobidan sotib olinishi mumkin boʻlgan tovarlar va xizmatlar miqdorini ifodalovchi ish haqining sotib olish imkoniyati.
Real narxlar-solishtirma narxlarda oʻlchangan ishlab chiqarish hajmi
Real foiz stavkasi – inflyatsiyadan tozalangan foiz stavkasi. Nominal, real foiz stavkalari va narx oʻsishi (inflyatsiya) oʻrtasidagi miqdoriy bogʻliqlikni quyidagicha yozish mumkin:
Renta – taklifi qat’iy cheklangan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Resurslarga chekli xarajat - qoʻshimchabir birlik resurs sotib olish uchun sarflangan qvoʻshimcha xarajat.
Ouken qonuni-agar haqiqiy ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasidan bir foizga oshib ketsa, milliy iqtisodiyot YaIMni ikki yarim foizga kam yaratadi.
Resursning chekli daromadliligi yoki resursning pulda ifodalangan chekli mahsuloti – resursdan qoʻshimcha bir birlik foydalanish natijasida olingan qoʻshimcha mahsulotni sotishdan tushgan qoʻshimcha daromad.
Sof diskontirlangan (keltirilgan) qiymat (NPV) - bu kelajakda olinadigan sof daromadning diskontirlangan qiymatidan diskontirlangan investisiya ayirmasi:
Sof iqtisodiy renta (pure economic rent) – narx boʻyicha absolyut elastik boʻlmagan taklifga ega boʻlgan resurs egasi tomonidan olinadigan daromad.
Ssuda foizi – kapital egasiga uni kapitalidan foydalangani uchun iqtisodiy subyekt tomonidan toʻlanadigan narx.
Soliq islohoti- Soliq tizimini qayta koʻrish va uni yangilash, moliyaviy munosabatlarning oʻzgarishi tufayli yuzaga keladi.
Standart (oʻrta kvadratik) chetlanish – dispersiyadan olingan kvadrat ildiz:
Tavakkalchilik (risk)- qoʻyilgan maqsadga erishidagi yoʻqotishlar.
Tavakkalchilikka befarq qarovchi shaxs – kutiladigan daromadda u kafolatlangan daromad bilan tavakkal daromaddan qaysi birini tanlashga befarq qaraydigan shaxs.