Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi (yutugʻi) – tovarlarnig haqiqiy narxlaridan chekli (bir birlik qoʻshimcha tovar ishlab chiqarishga ketgan) xarajatlarni ayirmalari yigʻindisiga teng.
Ishchining nafliligini maksimallashtirish sharti (utility maximization rule) – boʻsh vaqtni daromad bilan chekli almashtirish normasini ish haqiga tengligi .
Kapital – uzoq muddatli oraliqda mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan resurs.
Kapitalni mehnat bilan chekli texnologik almashtirish normasi ikkala ishlab chiqariladigan A va V tovarlar uchun bir xil boʻlib, ular mehnat narxini kapital narxi nisbatiga teng.
Kasaba uyushmasi- bu ishchilar uyushmasi boʻlib, u oʻzining a’zolari nomidan va koʻrsatmasiga koʻra tadbirkorlar bilan muzokara olib borish huquqiga ega tashkilot.
Kvazioptimum – Pareto-samarali hajmida tovar ishlab chiqarish mumkin boʻlmaganda ishlab chiqarish mumkin boʻlgan variantlardan eng yaxshisini tanlash (optimalga yaqin).
Koldora-Xiks mezoni – turmush farovonligi mezoni boʻlib, unga koʻra yutganlar oʻz yutugʻini boy berganlarning yoʻqotishidan yuqori deb narxlasa.
Kooperativ oʻyin – oʻyinda bir neta oʻyinchilar oʻzaro kelishib, birgalikda oʻynaydi (iqtisodiyotda kooperativ oʻyinga misol sifatida karterni qarash mumkin).
Kurno muvozanati – duopolik bozorda har bir firma mustaqil ravishda shunday optimal ishlab chiqarish hajmini tanlaydiki ushbu mahsulot hajmi ikkinchi firmani qanoatlantiradi. Kurno muvozanati firmalarning aks ta’sir qiluvchi funksiyalari grafiklarining kesishish nuqtasida vujudga keladi.
Kutiladigan qiymat (matematik kutilish) -
Lorents chizigʻi – biror bir koʻrsatkichni taqsimlanish darajasini ifodalovchi egri chiziq. Bu amerikalik olim Maks Otto Lorens (1876-1944) tomonidan aholi daromadlarining taqsimlanishini narxlash uchun ishlab chiqilgan. Aholidan daromad soligʻi olinib, ularga transfert berilgandan keyin Lorens chizigʻining botiqligi kamayadi.