Inson kapitaliga investisiya (human capital investment) – insonning qobiliyatini, malakasini, ishchining mehnat unumdorligini oshirishga olib keladigan har qanday harakat (shu bilan birga bilim olishiga, sogʻligʻini tiklashga sarflar).
Institutlar – iqtisodiy subyektlar harakatini cheklovchi, ularning oʻzaro munosabatlarini tartibga soluvchi me’yorlar, qoidalar hamda ushbu me’yor va qoidalarni bajarilishini nazorat qilish mexanizmlari.
Iste’molchi ortiqchaligi (yutugʻi) – iste’molchi tovarlar uchun toʻlashi mumkin boʻlgan narxlar bilan tovarlarga bozorda haqiqiy toʻlangan narxlar ayirmalarining yigʻindisi.
Ish haqi (wage rate) – foydalanilgan mehnat uchun berilgan pul miqdori yoki narx.
Ishlab chiqarish (product) - ishlab chiqarish omillaridan foydalangan holda mahsulot yaratish jarayonini yoki ishlab chiqarish omillarini tayyor mahsulotga aylantirish jarayoni.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigʻi – mavjud boʻlgan ishlab chiqarish resurslaridan toʻliq va samarali foydalanish orqali ishlab chiqariladigan tovarlar kombinasiyasini ifodalovchi chiziq.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigʻi – mavjud texnologiyada kapital va mehnatdan toʻliq foydalangan holda ikkita tovar kombinasiyalarini maksimal darajada ishlab chiqarishni ifodalaydigan chiziq.
Ishlab chiqarish omillari cheklangan boʻlib, ularga mehnat (labour), kapital (sapital), materiallar (xom ashyo, butlovchi qismlar, elektr energiyasi, gaz, suv va hokazo), er (land). Ishlab chiqarish funksiyasi – ishlab chiqarilgan mahsulot miqdori bilan shu mahsulotni ishlab chiqarishdagi sarflangan ishlab chiqarish omillari miqdori oʻrtasidagi bogʻliqlikni ifodalovchi funksiya.
Ishlab chiqarish shartnomalari chizigʻi – resurslarni Pareto samarali joylashtirish chizigʻi boʻlib, bunda quyidagi shart bajariladi:
Ishlab chiqaruvchi muvozanati yoki maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun optimal sarflanadigan mehnat va kapital miqdorini aniqlash sharti - ishlab chiqarishning shuday holatiki bunda har qanday omil uchun sarflangan bir birlik pul miqdori bir xil miqdordagi mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydi.