Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə47/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Albom
narxi

Albom
narxi

Jonning iste’mol ortiqchaligi (20$)

(a) Narx=80$

(b) Narx=r0$

Jonning iste’mol ortiqchaligi (30$)

Paulning iste’mol ortiqchaligi (10$)

Umumiy isteʼmol ortiqchaligi (40$)

(a) rasmda tovar narxi 80$ va iste’molchi ortiqchaligi 20$. (b) rasmda tovar narxi 70$ va iste’molchi ortiqchaligi 40$.

3-chizma oddiy talab egri chizigʻini koʻrsatadi. Oldingi ikki chizmadagidan farqli siz bu yerda talab egri chizigʻini asta sekin tushishini kuzatasiz. Koʻp xaridorlarga ega bozorda xaridorlar orasidagi tushish shunchalik kam maydonni tashkil qiladiki, natijada talab ancha tekis boʻladi. Bu talab har xil koʻrinishga ega boʻlishiga qaramay biz qilgan xulosa hali ham bir xil.


Isteʼmolchi ortiqchaligi narxdan balandda va talab egri chizigʻidan pastda boʻladi. (a) chizmadagi P1 narxdagi iste’molchi ortiqchaligi ABC burchagida aks etgan. (b) chizmada koʻrsatilganidek narxni P1 dan P2 ga tushishini kuzatamiz. Iste’molchi ortiqchaligi ADF maydoniga teng. Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish past narxda BCFD maydonga toʻgʻri keladi. Iste’molchi ortiqchaligidagi bu oʻsish ikki qismdan iborat. Birinchidan, Q1da yuqori P1narxda tovar sotib olayotgan xaridorlar turmush tarzi yaxshiroq, chunki endi ular kamroq narx toʻlashadi. Mavjud xaridorlarning iste’molchi ortiqchaligini oshishi ular toʻlayotgan narxni qisqarishidir. Bu BCFD maydonga teng. Ikkinchidan, past narxlarda tovar sotib olishni xohlovchi yangi xaridorlar paydo boʻladi. Natijada bozordagi talab miqdori Q1dan Q2ga oʻsadi. Yangi xaridorlar oladigan iste’molchi ortiqchaligi CEF maydonida yotadi.
Iste’molchi ortiqchaligi nimani oʻlchaydi?
Iste’molchi ortiqchaligi tushunchasini rivojlantirishdan maqsad bozor talabgorlari haqida toʻgʻri xulosaga kelishdan iborat. Hozirda siz iste’molchi ortiqchaligi nimaligini tushundingiz va uni biz farovonlikning yaxshi oʻlchovi sifatida qabul qilamiz. Tasavvur qilingki, siz yaxshi iqtisodiy tizimni yaratayotgan siyosatchisiz. Iste’molchi ortiqchaligiga ahamiyat berarmidingiz? Iste’molchi ortiqchaligi bu xaridorlar tovar uchun toʻlashni xohlagan miqdordan ularning tovar uchun toʻlaydigan haqiqiy narxning ayirmasi xaridorlarning oʻzlari qabul qilgan tovardan olgan foydani oʻlchaydi.
Iste’molchi ortiqchaligi, agar islohotchilar xaridorning foydasini hisobga olishi iqtisodiy farovonlikning eng yaxshi oʻlchovi boʻladi. Ba’zi hollarda islohotchilar iste’molchi ortiqchaligi haqida oʻylamasliklari mumkin, chunki ular xaridorlarni sotib olishga undaydigan omillarga ahamiyat berishmaydi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin