isteʻmolchi ortiqchaligiga narx qanday ta’sir qiladi
Narx
Narxᄂ
Miqdor
Miqdor
Iste’mol ortiqchaligi
Yangi iste’molchilarga iste’mol ortiqchaligi
Talab
Talab
Ilk iste’mol ortiqchaligi
ilk iste’mol ortiq- chaligiga qoʻshilgan iste’mol ortiqchaligi
(a) P1 narxdagi iste’mol ortiqchaligi
(b) P2 narxdagi iste’mol ortiqchaligi (a) rasmda P1 narx, Q1 talab hajmi va ABC uchburchak maydoni iste’molchi ortiqchaligiga teng. Narx P1 dan P2 ga tushganda talab hajmi Q1 dan Q2 ga koʻtariladi va iste’molchi ortiqchaligi A¾F uchburchak maydoniga koʻpayadi. Iste’molchi ortiqchaligidagi oʻsish (BCFD maydon) qisman yuz beradi. Chunki mavjud iste’molchilar kamroq toʻlaydi (BCED maydon) va past narxlarda qisman yangi iste’molchilar bozorga kirib keladi (CEF maydon).
Misol uchun giyohvandlar geroin sotib olish uchun yuqori narx toʻlashga tayyor. Giyohvandlar geroin uchun past narx toʻlaganliklari uchun foyda koʻrishmaydi. Jamiyat nuqtayi nazaridan bu holatdagi toʻlash istagi xaridorlar foydasining yaxshi oʻlchovi emas va iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikning oʻlchovi emas, chunki giyohvandlar oʻz farovonliklari haqida qaygʻurishmaydi.
Koʻp bozorlarda iste’molchi ortiqchaligi iqtisodiy farovonlikni ifodalamaydi. Iqtisodchilarning ishontirishicha xaridorlar ongli ravishda qaror qabul qilishadi. Ongli odamlar oʻz maqsadlariga erishish uchun qoʻllaridan kelgancha harakat qilishadi. Iqtisodchilar yana odamlarning xohishlari hisobga olinishi kerakligini ta’kidlashadi. Bu holatda sotib olayotgan tovardan qanchalik foyda koʻrishayotganini koʻrsatuvchi eng yaxshi hukm chiqaruvchi xaridorlar hisoblanadilar.