Donorlik bozorlari boʻlishi kerakmi? 2001-yil aprelda “Boston Globe”ning bosh sahifasida “Onaning muhabbati qanday qilib ikki hayotni saqlab qoldi” deb nomlangan sahifa chiqdi. Gazetada oʻgliga buyrak transplantatsiyasi kerak boʻlgan Susan Stefen haqida gap bordi. Doktor onaning buyragi toʻgʻri kelmasligini bilib, u shu xulosaga keldi: Agar Stephen oʻzining bir buyragini begonaga bersa uning oʻgʻli roʻyxatning old qatoriga yoziladi dedi. Ona qarorni qabul qildi va ikki bemor transplantatsiya qilindi. Doktorning ushbu xulosasi va noiloj onaning qarorini muhokama qilib boʻlmaydi. Lekin hikoya bir savolni tugʻilishiga sabab boʻladi. Agar ona buyrak uchun oʻz buyragini sotsa, kasalxona unga qimmat saraton kasalligi davosi uchun oʻz buyragini sotishga ruxsat berarmikin? U oʻz oʻgʻlini tibbiot maktabida bepul oʻqitishga ham oʻz buyragini sotarmikin?
Davlat siyosati sababli bizning jamiat insonlarni oʻz aʼzolarini sotishga sabab boʻlmoqda. Tana aʼzolar bozorida bizning jamiat oʻz aʼzolarini noqonuniy sotishga yoʻl qoʻyib bermoqda. Stephenning tutgan yoʻlini taqiqlab boʻlmaydi.
Bozor samaradorligi va bozor kamchiliklari Biz bu talab va taklif kuchlari resurslarni samarali taqsimlashini koʻrsatib oʻtdik. Bu bozorda hamma band boʻladi, ular xaridorlar va sotuvchilarning umumiy foydasini maksimallashtiruvchi muvozanat koʻrinmas qoʻl bilan birgalikda olib boriladi.
Biz bozorni qanday ishlashi xususida turli xil choralar koʻramiz. Bu choralar ish bermagan vaqtda, bizning bozor muvozanati samarali degan xulosamiz ozgina toʻgʻri boʻlmaydi. Ushbu bobni yakunlashdan avval ikkita muhim taxminni koʻrib chiqsak.
Birinchidan, bizning tahlillarimiz shuni koʻrsatdiki, bozor haqiqatda raqobatbardosh. Dunyoda shunday boʻlsa ham raqobat toʻkislikdan yiroq. Baʼzi bozorlarda yagona xaridor va sotuvchi bozor narxini nazorat qila oladi. Bu narxga taʼsir qiluvchi qobiliyat bozor kuchi deb ataladi. Bozor kuchi bozorni samarasiz boʻlishiga sabab boʻlishi mumkin, chunki u narx va miqdorni talab va taklif tengligidan farq qildiradi.
Ikkinchidan, bizning tahlillarimiz bozor masalalari faqatgina bozordagi xaridor va sotuvchi oʻrtasidagi munosabat ekanligini isbotladi. Lekin dunyoda sotuvchi va xaridor orasidagi qaror bozorda ishtirok etmayotgan insonlarga taʼsir qilishi mumkin. Ifloslanish anʼanaviy misol boʻla oladi. Qishloq xoʻjalik mahsulotlarini ishlatish faqatgina manifaktura egalariga va fermerlarga emas, balki tabiiy resurslardan foydalanayotganlarga ham tegishli. Bunday taʼsirlar tashqi omillar deb ataladi. Chunki bozordagi rivoj xaridor tomonidan qoʻyilgan qiymat va sotuvchi tomonidan qilingan xarajatga bogʻliq. Chunki, xaridor va sotuvchi qancha miqdorda mahsulotni ishlab ciqarish va uni isteʼmoli haqida munozara olib borganda, ushbu betaraflikni inobatga olmaydi, bozordagi muvozanat jamiyatni nuqtayi nazarida samarasiz boʻlishi mumkin.
Umumiy hodisaga misol boʻluvchi bozordagi ichki va tashqi kuchlar bozor muvaffaqiyatsizligi deb ataladi, ya’ni resurslarni samarali joylashtirishdagi boshqarib boʻlmaydigan bozorning kamchiliklaridir. Agarda bozor muvaffaqiyatsizlikka uchrasa davlat siyosati ushbu muammoni yechimini topadi va iqtisodiy samaradorlikni oshiradi. Mikroiqtisodchilar qachon bozor muvaffaqiyatsizlikkia uchrashi va uni toʻgʻirlash uchun qanday siyosatni olib bir xaridor va sotuvchi oʻzini farovonligi haqida oʻy bilan borish kerakligini oʻrganadilar.
Bozor muvaffaqiyatsizlik ehtimolidan tashqari, bozordagi koʻzga koʻrinmas kuchlar ham muhimdir. Koʻpgina bozorda ushbu bobda biz tilga olgan taxminlar yaxshi ish berdi va bozor samaradorligi ustida olib borilgan xulosalar toʻgʻri olib borildi. Shunday ekan, biz iqtisodiyotni rivojlantirish ustida olib borgan tahlillarimizni ishlata olamiz. Keyingi ikkita bobda koʻrib chiqilgan ikkita muhim siyosiy masaladan soliqni rivojlantirishning sabablari va xalqaro savdoga murojaat etamiz.