Tanlov: iste’molchi nimani xohlaydi Bu boʻlimdagi maqsadimiz iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga oshirishini oʻrganish. Byudjet sigʻimi analizning bir qismidir: bu iste’molchining daromadiga qarab qanday tovarlarga qurbi yetishining kombinatsiyasini koʻrsatadi. Iste’molchining tanlovi nafaqat uning moliyaviy ahvoliga, balki, uning tanloviga ham bogʻliq. Shunday qilib, iste’molchi tanlovi bizning keyingi oʻrganish obyektimiz boʻladi.
Tanlovni befarqlik chizigʻi orqali ifodalash Iste’molchining tanlovi unga Pepsi va pitsa kombinatsiyalaridan birini tanlash imkonini beradi. Agar biz unga ikki turdagi variantni koʻrsatsak, u oʻziga mosrogʻini tanlaydi. Agar koʻrsatilgan ikki variant unga teng ma’qul boʻlsa, iste’molchi ikkkalasini ham birdek qabul qiladi.
Biz hozir iste’molchining byudjet sigʻimini grafik koʻrinishida tasvirlaymiz, shuningdek, uning tanlovini ham grafikda ifodalashimiz mumkin. Buni befarqlik egri chiziqlaridan foydalanib amalga oshiramiz. Befarqlik egri chizigʻiiste’molchini birdek xursand qila oladigan variantlarni taqdim etadi. Shu tufayli befarqlik egri chizigʻi doim iste’molchini qoniqtira oladigan takliflar kiritadi.
Ikkinchi chizma iste’molchining befarqlik egri chiziqlaridan ikkitasini oʻzida aks ettirgan. Iste’molchiga A, B va C kombinatsiyalar birdek maqbul yechim, chunki ularning hammasi deyarli bir xil. Shunisi aniqki, agar iste’molchining pitsaga xohishi kamaysa, A nuqtadan B nuqtagacha boʻlgan variantlar uni birdek xursand qilishga qodir. Agar pitsaga boʻlgan ehtiyoj yana kamaysa,B nuqtadan C nuqtagacha Pepsi iste’moli yana ortadi va hokazo.
Iste’molchi tanlovi Iste’molchi tanlovi iste’molchining ehtiyojini qondirishi uchun zarur boʻlgan Pepsi va Pitsani xarid qilish kombinatsiyalarini koʻrsatib beradi. Chunki iste’molchi tanlovi I1 egri chiziqda yuqori farq qiladi, I2 egri chiziqda esa kamroq farq qilishini koʻrsatib beradi. Chekli almashtirish normasi iste’molchining 1 ta pitsa oʻrniga qancha pepsi xarid qila olishini koʻrsatadi.
Befarqlik egri chizigʻi iste’molchining xohishini bir-birini oʻrnini bosuvchi tovarlar majmui bilan ham qondira oladi. Bu chekli almashtiruv darajasi (MRS) deyiladi. Yuqoridagi holatda chekli almashtiruv darajasi nazariyasi boʻyicha Pepsining nechtasi pitsaning bittasi oʻrnini “egallay olishi”ni oʻlchash mumkin. Iste’molchining befarqlik egri chizigʻidek oʻzgarmas boʻlmagani bilan chekli almashtiruv darajasi befarqlik egri chizigʻi bilan bir xil boʻlolmaydi. Iste’molchining bir tovarni boshqasidan ortiq koʻrishi uning xohishidagi tovarlar miqdoriga va iste’molchining ahvoliga ham bogʻliq. Masalan iste’molchining pitsa yoki Pepsi xarid qilishida uning och yoki chanqaganligiga, shuningdek, qancha iste’mol qila olishiga qaraladi.
Iste’molchi barcha befarqlik egri chizigʻilardan birdek qoniqish hosil qiladi. Ammo u ba’zilarini afzalroq koʻrishi ham mumkin. Chunki u kamroq chiqimni, pastroq xarajatni afzal koʻrishi mumkin. 2-chizmada I2 chiziqning istalgan nuqtasidan I1 chiziq yaxshiroqdir.
Iste’molchining befarqlik egri chizigʻi uning nimani boshqalaridan afzal koʻrishini koʻrsatib beradi. Shu tufayli biz befarqlik egri chizigʻini ikki turdagi mahsulotlar variantini solishtirish uchun ishlatamiz. Masalan, D nuqta A ga qaraganda koʻproq foydaliroqligi tufayli yaxshiroq deb qaralsin (aniqroq qilib aytganda, D variant A ga qaraganda ikki hissa koʻp pitsa va Pepsi taklif qilsin). Befarqlik egri chizigʻi nazariyasiga koʻra D nuqta C nuqtadan ham yaxshiroq chunki u C ga qaraganda foydaliroq variantni taklif etmoqda. D nuqtaning C ga qaraganda Pepsi taklifi kamroq boʻlishiga qaramay, unda iste’molchini avzal koʻrishga undovchi pitsalar miqdori koʻpligi mavjud. Qaysi bir nuqtaning foydaliroqligini oʻrgana turib, biz befarqlik egri chiziqlarini ham oʻzaro solishtirishimiz mumkin ekan.