Bozor muvozanatini baholash
7-rasm talab va taklifning bozor muvozanat sharoitida isteʼmolchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligini koʻrsatadi. Iste’molchi ortiqchaligi muvozanat narxidan yuqorida va talab egri chizigʻidan pastda joylashgan shakl maydoniga teng, ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi esa muvozanat narxidan pastda va taklif egri chizigʻidan yuqorida joylashgan shakl maydoniga teng ekanligini eslang. Shunday qilib, muvozanat nuqtasigacha talab va taklif egri chiziqlari oʻrtasida joylashgan shaklning umumiy maydoni ushbu bozordagi umumiy ortiqchalikni aks ettiradi.
Muvozanatli bozorda iste’molchi va ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Jami ortiqchalik – ishlab chiqaruvchi va iste’molchi ortiqchaligining jami – talab va taklif egri chizigʻining muvozanat maydongacha boʻlgan maydon.
Rasm
Narx
Miqdor
Taklif
Talab
Muvozanat narx
Muvozanat miqdor
Ishlab chiqaruvchi ortiqchaligi
Iste’molchi ortiqchaligi
Bu muvozanatda resurslar taqsimoti qanchalik samarali? Bu umumiy ortiqchalik maksimallashadimi? Bu savollarga javob berish uchun, eslang bozor muvozanat vaziyatida boʻlganda bozor narxi bozor faoliyatida ishtirok etayotgan sotuvchilar va xaridorlarni aniqlaydi. Tovarni uni bozor narxidan yuqori baholagan xaridorlar sotib oladilar (talab egri chizigʻida AE kesma bilan ifoda etilgan), tovarni uni narxidan past baholagan xaridorlar (EB kesma bilan ifoda etilgan), uni sotib olishdan voz kechadilar. Xuddi shunga oʻxshash, xarajatlari narxdan kichik boʻlgan sotuvchilar (CE kesma bilan ifoda etilgan) tovarni ishlab chiqaradilar va sotadilar; xarajatlari bozor narxidan katta boʻlgan sotuvchilar (ED kesma bilan ifoda etilgan), uni ishlab chiqarish bilan shugʻullanishni istamaydilar.
Bu kuzatuvlar bozor natijalarini ikki xil tushunishga olib keladi, yaʼni:
Erkin bozorlar taklif etilayotgan tovarlarni ularni qolganlarga nisbatan yuqoriroq baholovchi xaridorlar oʻrtasida taqsimlaydilar, u ularning toʻlashga tayyorligi bilan aniqlanadi.
Erkin bozorlar bu tovarlarni kam xarajatlar bilan ishlab chiqaruvchi yetkazib beruvchilarning tovarlariga talab bildiradilar.
Shunday qilib, ishlab chiqarilgan va sotilgan tovarlarning bozor muvozanati sharoitida ijtimoiy rejalashtiruvchi iste’molchilarning istemolini yoki yetkazib beruvchilarning ishlab chiqarishlarini taqsimotini oʻzgartirib, iqtisodiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga ega emas.
Biroq, ijtimoiy rejalashtiruvchi taklif etilayotgan tovarning miqdorini koʻpaytirish yoki kamaytirish yordamida umumiy farovonlikni oshirish imkoniyatiga egami? Javob – yoʻq, bu bozor natijalari haqidagi uchinchi tushunishning shakllanishidir.
Erkin bozorlar iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilar umumiy ortiqchaligini maksimallashtiruvchi tovarlar miqdorini ishlab chiqaradilar.
8-chizma yuqoridagi fikr nega toʻgʻri ekanligiga isbot keltiradi. Bu chizmani izohlash uchun talab egri chizigʻi xaridorlar uchun tovar qimmatini aks ettirishini va taklif egri chizigʻi sotuvchilarning xarajatlarini aks ettirishini esga oling. Muvozanatli darajadan pastdagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q1 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchining xarajatlaridan ortiq boʻladi. Natijada ishlab chiqarish va iste’mol miqdorining oʻsishi umumiy ortiqchalikni oshiradi. Bu toki miqdor muvozanat darajasiga yetguniga qadar toʻgʻri davom etadi.
Shuningdek, muvozanatli darajadan yuqoridagi qandaydir miqdorda, misol uchun Q2 da, chekli xaridorning qimmati chekli sotuvchinung xarajatlaridan kam boʻladi. Shunga koʻra, miqdor pasayishi umumiy ortiqchalikni oshiradi va bu toki miqdor muvozanat nuqtasidan pasaygunga qadar toʻgʻri davom etadi. Umumiy ortiqchalikni maksimallashtirishda ijtimoiy rejalashtiruvchi qayerda taklif va talab egri chiziqlari kesishsa shu miqdorni tanlaydi.
Dostları ilə paylaş: |