Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Iste’molchi daromadining oʻzgarishi uning tanloviga qanday ta’sir koʻrsatadi?



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə62/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Iste’molchi daromadining oʻzgarishi uning tanloviga qanday ta’sir koʻrsatadi?
Yuqorida biz iste’molchi qanday qilib tanlovni amalga oshirishi haqida gaplashdik, keling endi ushbu tanlovga uning oylik kirimi qanday ta’sir koʻrsatishini muhokama qilamiz. Aniqlikka erishish uchun, tasavvur qiling, iste’molchi kirimi oʻsib bormoqda. Yirikroq daromad evaziga, iste’molchi ikkala tovar (Pepsi va pitsa)dan koʻproq xarid qila oladi. Kirimdagi oʻsish 7-chizmada koʻrsatilgandek, tashqi tomondan byudjet sigʻimini siljitadi.



Iste’molchi daromadining ortishi
Iste’molchilarning daromadi ortganda byudjet chegarasi oldinga siljiydi. Agar ikkala tovar ham normal boʻlsa iste’molchi bunga javoban ularning har birini sotib olish hajmini oshiradi. Ushbu cxizmada xaridor koʻproq pitsa va pepsi sotib oladi.

Ikki tovarning nisbiy narxi hali oʻzgarmaganligi sababli, yangi byudjet sigʻimi birinchisidek xaliyam oʻzgarmagan. Bu yerda kirimning ortishi byudjet sigʻimining parallel koʻchishiga olib keladi.
Kengaygan byudjet sigʻimi iste’molchiga koʻproq Pepsi va pitsa xaridiga imkon beradi, ya’ni bu yirikroq befarqlik egri chizigʻi degani. Byudjet holati va iste’molchining befarqlik egri chizigʻi orasidan eng ma’qul deb topgani uning optimal tanlovini “ilk optimal”dan “yangi optimal”ga siljitadi.
Eslab qoling, 7-chizmada iste’molchi oʻzi uchun koʻproq Pepsi va pitsa tanlaydi. Kirimning koʻpayishiga iste’molning ortishi mantiqiy javob boʻla olmasada, bu vaziyatda eng mos holat koʻproq pitsa va Pepsi deb baholanadi.
Toʻrtinchi boʻlimga murojaat qilsangiz, iqtisodchilarning daromad oshganda iste’molning ham ortishi holatiga normal tovar deb baho berishlarini koʻrishingiz mumkin. 7-chizmadagi befarqlik egri chizigʻi sifatidagi Pepsi va pitsa taxminan normal tovarlardir.
8-chizmada iste’molchining mablagʻi oshganda koʻproq pitsa hamda kamroq Pepsi xarid qilishini koʻrishimiz mumkin. Agar iste’molchi byudjeti ortganda bir tovarni boshqalariga nisbatan koʻproq xarid qilsa, bu mahsulot turi iqtisodchilar tomonidan past darajadagi tovar deb qaraladi. 8-chizma pitsaning normal tovar va Pepsining past darajadagi Tovar ekanligi ehtimoli ostida chizilgan.
Dunyodagi koʻpgina tovarlar normal tovarlar boʻlishiga qaramay, ba’zi bir past darajadagi tovarlar ham mavjud. Masalan velosipedlar. Kirim oshsa, kishida avtobus yoki taksida yurish, yoinki, shaxsiy avtomobil xarid qilish xohishi paydo boʻladi. Avtobusda yurish ham past darajadagi “tovar” hisoblanadi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin