Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə74/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Bozor talabi
Bozor talabi alohida bozordagi iste’molchilarning individual talablari yigʻindisi bilan aniqlanadi. Bozor talabi chizigʻi esa ma’lum bzordagi iste’molchilarning individual talablari chiziqlarini qoʻshish orqali olinishi mumkin.
6.1-jadval.
Berilgan narxlarda oziq-ovqatga boʻlgan talab

Iste’molchilar,


Oziq-ovqat
birlikda narxi, R soʻm



A



B



V

Umumiy bozor talabi, birlikda

1

4

6

8

18

2

3

5

7

15

3

2

4

6

12

4

1

3

5

9

5

0

2

4

6

Faraz qilaylik, oziq-ovqat bozorida (masalani soddalashtirish uchun) uchta A, B va V iste’molchilar harakat qiladi deylik.
quyidagi jadvalda (6.1-jadval) har bir iste’molchining berilgan narxlarda oziq-ovqatga boʻlgan talabi keltirilgan.
Oxirgi ustunda umumiy bozor talabi keltirilgan va ular iste’molchilarning individual talablarini qoʻshish orqali aniqlangan. Masalan, oziq-ovqat narxi 1 soʻm boʻlganda, umumiy bozor talabi quyidagicha hisoblanadi:


6.5-rasm. Iste’molchilar talab chiziqlari va bozor talabi chizigʻi.


Quyidagi 6.5-rasmda ushbu iste’molchilarning talab chiziqlari va bozor talab chizigʻi keltirilgan. Bozor talabi chizigʻi har bir iste’molchining berilgan narxlardagi talablarini qoʻshish orqali hosil qilingan.
Bozor talabi chizigʻining har bir nuqtasi berilgan narxda uchta iste’molchi uchun qancha oziq-ovqat birligi kerakligini koʻrsatadi. Masalan, narx 3 soʻm boʻlganda, bozor talabi 12 birlik boʻlib, u A, B va V iste’molchilarning narxi 3 soʻm boʻlgandagi talablari yigʻindisiga teng
Iste’molchilarning individual talablari chiziqlari toʻgʻri chiziqlardan iborat boʻlgani bilan bozor talab chizigʻi ham toʻgʻri chiziqdan iborat boʻlishi shart emas. Nima uchun deganda, yuqori narxlarda ba’zi bir iste’molchilar tovarni sotib olmasligi ham mumkin yoki ular har xil miqdorda sotib olishi mumkin.
Yana shuni ta’kidlash lozimki, iste’molchilar talablariga ta’sir qiluvchi barcha omillar bozor talabiga ham ta’sir qiladi. Masalan, iste’molchilar sonining oshib borishi bozor talab chizigʻini oʻngga, tepaga siljitadi yoki boʻlmasa, iste’molchilar daromadlarini ortishi, ularning oziq-ovqatga boʻlgan talabini oshiradi. Bu oʻz navbatida bozor talab chizigʻini oʻngga-tepaga siljishiga olib keladi.
Umuman olganda, bozor talabini aniqlashda har xil demografik guruhlarga qarashli iste’molchilar talablarini yigʻishga, har xil hududlarda yashovchi iste’molchilar talablarini yigʻishga toʻgʻri keladi. Masalan, muzqaymoqqa boʻlgan bozor talabi oʻrganilganda yosh bolalar talabi, oʻsmirlar talabi, ayollar talabi, nafaqaxoʻrlar talabi toʻgʻrisidagi axborotlarni olishga va ularni jamlashga toʻgʻri keladi. Xuddi shu masalani hududlar boʻyicha aniqlash ham mumkin.
Bozor talabi chizigʻini va shu bilan birga individual talab chizigʻini ifodalashda tovarlarning narx boʻyicha elastiklik koeffitsiyentidan foydalanish mumkin. Biz yuqorida koʻrgan edikki, agar talab narx boʻyicha elastik boʻlsa, narxning pasayishi iste’molchini tovardan koʻproq sotib olishga undaydi. Natijada iste’molchining tovar sotib olishga sarfi oʻsadi, narx oshganda iste’molchi sarfi kamayadi.
Agar talab elastik boʻlmasa, narx oshganda iste’molchi sarfi ham oshadi, narx pasayganda kamayadi. Bordi-yu talab birlik elastiklikka ega boʻlsa, narx oshganda ham, oshmaganda ham iste’molchining tovar sotib olishga sarfi oʻzgarmaydi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin