Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə75/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Qisqa xulosalar
Daromadning o`zgarishi byudjet chizig`ini o`ziga parallel ravishda surilishiga olib keladi, nima uchun deganda, narxlar nisbati o`zgarmaydi. Daromad oshganda, byudjet chizig`i o`ngga-yuqoriga suriladi, kamayganda pastga-chapga suriladi. Daromadlarning o`zgarishiga mos ravishda iste′molchining yangi holatdagi muvozanat nuqtalari o`rnatiladi. Ushbu muvozanat nuqtalarini tutashtiruvchi chiziqni amerikalik olim Dj. Xiks ―daromad-istemol‖ chizig`i deb atadi va bu chiziq ilmiy adabiyotlarda ―turmush darajasi chizig`i‖ deb ham ataladi.
Real daromad oshishi bilan birlamchi ehtiyoj ne′matlariga talab qisqarib borib, ikkilamchi ehtiyoj ne′matlariga talab oshib borishi isbotlangan. Nemis olimi Ernst Engel (1821-1896) birinchi bo`lib daromad o`zgarishining iste′mol tarkibiga ta′sirini tadqiq qilgan. Tovarlar tarkibining daromadga nisbatan o`zgarishini ifodalovchi chiziqlar, Engel egri chiziqlari deyiladi
Daromad samarasi - bu ne′mat narxi o`zgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad o`zgarishining iste′molchi talabiga ta′siridir. Daromad samarasi iste′molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini ko`rsatadi va u bir byudjet chizig`idan boshqa byudjet chizig`iga iste′molchining optimal tovarlar majmuasiga o`tishini aks ettiradi.
Almashish samarasi - bu naflik darajasi o`zgarmaganda, tovarlar narxi o`zgarishi munosabati bilan iste′mol tovarlariga talab tarkibining o`zgarishidir. Almashish samarasi X ne′mat narxini o`zgarishi natijasida Y ne′matni qo`shimcha X ne′mat bilan almashtirilishini ifodalaydi
Nazorat savollari

  1. “Daromad-iste’mol” chizigʻi.

  2. Normativ va past kategoriyali tovarlar uchun Engel chiziqlari.

  3. “Narx-iste’mol” chizigʻi va normal va Gifen tovarlari uchun talab chizigʻi.

  4. Normal tovar uchun daromad samarasi va almashtirish samarasi, umumiy samara.

  5. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad samarasi va almashtirish samarasi.

  6. Almashtirish samarasini va daromad samarasini amalda qoʻllash.

  7. Past kategoriyali tovarlar.

  8. Oʻrnini bosuvchi va toʻldiruvchi tovarlar.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin