Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Daromad va almashtirish samaralari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə73/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Daromad va almashtirish samaralari. “Daromad-iste’mol” chizigʻini tahlil qilganimizda, daromad oʻzgarishini (narxlar oʻzgarganda) iste’molga ta’sirini oʻrgangan edik. “Narx-iste’mol” chizigʻi orqali narxlarning oʻzgarishini bir ne’mat bilan boshqa bir ne’matni nisbiy almashtirishga ta’siri oʻrganiladi. Endi biz ne’matga boʻlgan talabni oʻzgarishining qancha qismi narx bilan bogʻliq va qancha qismi daromad bilan bogʻliqligini koʻrib chiqamiz (35-rasm). Narxning har qanday oʻzgarishi, birinchidan: real daromadni oshiradi, natijada befarqlik egri chizigʻi siljiydi va iste’molchi sotib olishi mumkin boʻlgan ne’matlar tarkibini oʻzgartiradi; ikkinchidan - narxlar nisbatini oʻzgartiradi va bir ne’mat (B) bilan boshqa ne’mat (A) almashtiriladi.

6.4-rasm. Normal tovarlar uchun daromad samarasi.


Ne’matlar majmuasiga (A va B ne’matlar) boʻlgan talab oʻzgarishining qancha qismi real daromad ta’siri va qancha qismi narxning pasayishi bilan bogʻliq ekanligini aniqlamoqchimiz. 5.13-rasmda byudjet chizigʻining boshlangʻich holati BA va A ne’mat narxi pasaygandan keyingi holati BA keltirilgan. Boshlangʻich byudjet chizigʻida befarqlik egri chizigʻiga mos keluvchi optimal majmua nuqta bilan ifodalangan.
nuqtada iste’molchi B ne’matdan B1 miqdorda, ne’matdan miqdorda sotib oladi. ne’matning narxi tushgandan keyin, yangi optimal majmua BA byudjet chizigʻi bilan befarqlik egri chiziqlari kesishgan nuqtaga oʻtadi. nuqtada iste’molchi B3 miqdorda B ne’matdan va miqdorda tovardan sotib oladi.
Demak, ne’mat narxining pasayishi iste’molchining real daromadini, uning tovar sotib olish imkoniyatini oshiradi, ya’ni uning oʻz ehtiyojini qondirish darajasini oshiradi. Bu yerda ne’matni iste’mol qilish hajmining umumiy oʻzgarishi (uning narxi tushishi hisobidan) rasmda bilan belgilangan. Iste’molchi boshida miqdorda ne’matdan sotib oladi, narx oʻzgargandan keyin sotib olish hajmi ga oʻzgaradi. B tovarni sotib olish hajmi 0B1 dan 0B3 ga qisqardi.
ne’mat iste’molining umumiy oʻzgarishi ga umumiy samara deyiladi. Endi umumiy samarani daromad samarasiga va almashtirish samarasiga qanday ajralishni koʻramiz.
Daromad samarasini aniqlash uchun BA byudjet chizigʻiga parallel qilib BA byudjet chizigʻini befarqlik egri chizigʻiga urinadigan qilib oʻtkazamiz va bu urilgan nuqtani deb belgilaymiz. nuqtaga mos keluvchi optimal majmuadagi ne’mat miqdori ga teng va u umumiy samarani ikki qismga ajratadi: va . oʻzgarishga daromad samarasi deyiladi va oʻzgarishga - almashtirish samarasi deyiladi.
Daromad samarasi – bu ne’mat narxi oʻzgarishi (almashish samarasi hisobga olinmaganda) natijasida real daromad oʻzgarishining iste’molchi talabiga ta’siridir. Daromad samarasi – bu iste’molchining sotib olish imkoniyatini oshganligini koʻrsatadi va u bir byudjet chizigʻidan boshqa byudjet chizigʻiga iste’molchining optimal tovarlar majmuasini oʻtishini akslantiradi.
Almashtirish samarasi – bu naflik darajasi oʻzgarmaganda, tovarlar narxi oʻzgarishi munosabati bilan iste’mol tovarlar talabi tarkibining oʻzgarishidir. Almashish samarasi ne’mat narxini oʻzgarishi natijasida B ne’matni qoʻshimcha ne’mat bilan almashtirilishini ifodalaydi. Bu almashtirish befarqlik egri chizigʻi boʻyicha boʻladi.
Bozor sharoitida daromad samarasi va almashtirish samarasini ajratilishi, tovarlarga narx belgilashdagi qonuniyatlarni yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Biz daromad va almashtirish samaralarini normal tovarlar uchun koʻrib chiqdik. Past kategoriyali tovarlar uchun daromad va almashtirish samaralari oʻz xususiyatlariga ega.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin