Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Bitta oʻzgarib turuvchi omil qoʻllangandagi ishlab chiqarish natijalari



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə93/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Bitta oʻzgarib turuvchi omil qoʻllangandagi ishlab chiqarish natijalari:

Mehnat sarfi (L)

Kapital sarfi (K)

Ishlab chiqarish hajmi (Q)

Oʻrtacha mahsulot (Q /L)

Chegarali mahsulot (DQ /DL)

0

10

0





1

10

10

10

10

2

10

30

15

20

3

10

60

20

30

4

10

80

20

20

5

10

95

19

15

6

10

108

18

13

7

10

112

16

4

8

10

112

14

0

9

10

108

12

-4

10

10

100

10

-8

8.4.Oʻrtacha va chegarali mahsulot
Ishlab chiqarish jarayonida jonli mehnatdan foydalanishni oʻrtacha va mehnat chegarali mahsuli tushunchalari yordamida ifodalash mumkin. 10.2-jadvalning 4-ustuni mehnat oʻrtacha mahsuli APl ni koʻrsatib turibdi, bu foydalanilgan omil birligiga toʻgʻri keladigan mahsulot ishlab chiqarish hajmini oʻzida aks ettiradi. Oʻrtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi Q ni umumiy mehnat sarflari L ga taqsimlab aniqlanadi. Bizning misolimizda oʻrtacha mahsulot dastlab koʻpayadi, biroq mehnat sigʻimi 4 birlikdan oshgan sari kamaya boshlaydi. 5-ustunda mehnat chegarali mahsulotlari MPL koʻrsatilgan boʻlib, bular mehnat sarfi bir birlikka koʻpayishi natijasida ishlab chiqarilgan qoʻshimcha mahsulot hajmidir.
Masalan, kapital miqdorga oʻzgarmagan holda ya’ni u 10 birlik boʻlgani holda mehnat sarfini 2 dan 3 birlikka koʻpaytirish mahsulot hajmini 30 dan 60 birlikka oshiradi, ya’ni qoʻshimcha ravishda 30 birlik mahsulot (60—30) hosil qiladi. Mehnat chegarali mahsuli AQ/AL tarzida yoziladi (ya’ni, mehnat sarfi AL bitta birlikka koʻpayishi natijasida ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi ya’ni AQ). Mehnat chegarali mahsuloti foydalaniladigan kapital miqdoriga ham bogʻliq. Masalan, kapital sarfi 10 dan 20gacha koʻpaysa, mehnat chegarali mahsulotining koʻpayishi ehtimoli boʻladi. Oʻrtacha mahsulot singari chegarali mahsulot ham avval koʻpayadi, keyin esa pasayadi, biroq u faqat mehnat sarflari 3 birlikdan oshgandagina pasaya boshlaydi.
Yakun chiqaramiz: Mehnat oʻrtacha mahsuloti = ishlab chiqarish hajmi / mehnat sarflari = Q /L.
Mehnat chegarali mahsuloti = ishlab chiqarish hajmining koʻpayishi / mehnat sarflarining koʻpayishi / AQ/AL.
10.2-jadvalda berilgan axborotning chizma tasviri hisoblanadi. Biz rasmdagi barcha nuqtalarni yaxlit chiziqlar orqali birlashtirdik. 10.2-a rasm ishlab chiqarish hajmi oʻsishini, biroq maksimum 112 birlikdan iborat maksimumga yetmaganini va kelgusida pasayishini koʻrsatadi. Ishlab chiqarish egri chizigʻining bu qismi uzuq-uzuq chiziq bilan belgilangan boʻlib, u bilan mehnat sarfi 8 birlikdan yuqori boʻlganda ishlab chiqarish texnologik jihatdan samarali emasligini koʻrsatadi, demak u ishlab chiqarish funksiyasining qismi hisoblanmaydi. «Samaradorlik» tushunchasi manfiy chegarali mahsulotni inkor etadi. 9.2-rasmda oʻrtacha va chegarali mahsulotlar egri chizigʻi ifodalangan.
Oʻrtacha mehnat mahsuli — bu kiritilgan mehnat omili miqdoriga boʻlingan umumiy mahsulotdir. V nuqtada oʻrtacha mahsulot ishlab chiqarish hajmi (60)ni kiritilgan omil Zga boʻlinmasini aks ettiradi, yoki 20 birlikka teng kiritilgan mehnat omilini yoki mehnat sarflarini koʻrsatadi. Koʻrinadiki, ushbu oʻrtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizigʻining dastlabki holatdan V nuqtasigacha boʻlgan egilishi bilan oʻlchanadi. Umuman, oʻrtacha mahsulot umumiy mahsulot egri chizigʻining qaysi bir nuqtasida keskin egiladi. Bu egilish boshlangʻich nuqtadan to shu nuqtagacha boʻladi. Hatto yuzaki oʻrganish koʻrsatib turibdiki, oʻrtacha mehnat mahsuli oʻzining maksimal miqdoriga V nuqtada etadi. Bu nuqtada chiziq oʻzining dastlabki holatiga nisbatan eng katta burilishga ega boʻlib, keyin pasayadi.
Mehnat chegarali mahsuli — bu umumiy mahsulotni kiritilgan omil mehnatning yoki mehnat sarflarining unchalik katta boʻlmagan oʻzgarishiga javoban siljishini ifodalaydi. Geometrik jihatdan chegarali mahsulot, ishlab chiqarish egri chizigʻining qaysi bir nuqtasida mahsulot chiqarish egri chizigʻining xuddi shu nuqtadagi egilish burchagiga teng. Mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻining ogʻish burchagi oʻz navbatida shu nuqta orqali oʻtkazilgan urinma chiziqning egilish burchagiga teng. Shunday qilib, A nuqtada chegarali mahsulot 20 birlikka teng boʻladi, chunki urinma chizigʻining burchak koeffitsiyenti mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan 20ga teng. Urinma chiziqlarni mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan burchak koeffitsiyentlarini oʻrganar ekanmiz, mehnat chegarali mahsuli dastlab oʻsib borishi, mehnat sarflari 3 birlik boʻlganda oʻzining choʻqqisiga chiqishi, keyin esa S nuqtadan D nuqtagacha siljigan sari pasayib borishini koʻramiz. D nuqtada ishlab chiqarish hajmi maksimumlashadi, urinma chiziqning mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻiga nisbatan egilishi Oga teng va chegarali mahsulot ham Oga teng boʻladi. Bu nuqtadan yuqorida chegarali mahsulot manfiylashadi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni
Mehnat chegarali mahsulining (kiritiladigan boshqa omillarning chegarali mahsuli ham) kamayib borishi anchagina kuchli boʻlgani uchun uni ifodalashda kamayib boruvchi qaytim qonuni iborasidan tez-tez foydalaniladi.
Kamayib boruvchi qaytim qonuni biron ishlab chiqarish omilidan foydalanish koʻpayib borgan sari (boshqa omillar oʻzgarmagan holda), pirovard natijada shunday nuqtaga yetib borilishi va unda shu omildan qoʻshimcha foydalanish mahsulot ishlab chiqarish hajmining pasayishiga olib kelishini bildiradi.
Ishlab chiqarish omili sifatida mehnatdan foydalaniladigan boʻlsa (kapital oʻzgarmagan holda), mehnat sarflarining ozgina boʻlsa-da, oʻsishi mahsulot ishlab chiqarishni ancha (sezilarli) darajada koʻpaytiradi, chunki ishchilar qoʻshimcha ravishda ixtisoslashish imkoniyatiga ega boʻladilar. Ammo oxir-oqibat, kamayib boruvchi qaytim qonuni oʻz kuchini koʻrsatadi. Agar ishchilar soni ortiqcha koʻpayib ketsa, ayrim ish jarayon (tur)lari samarasiz boʻlib qoladi va mehnat chegarali mahsuli kamayadi.

Vaqtdagi mehnat xarajatlari

8.3-rasm Texnologik takomillashtirishning mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siri.


Kamayib boruvchi qaytim qonuni qisqa muddatli davr oraligʻida qoʻllanadi, chunki bu oraliqda hech boʻlmaganda bitta ishlab chiqarish omili oʻzgarmay qoladi. Qonun chegarali mahsulotning kamayishini tasvirlaydi, lekin bu manfiy miqdorga tushib qolishi shart emas. Masalan, 10.3-rasmda kamayib boruvchi qaytim qonuni mehnat sarflari 3 va undan koʻproq birlikda boʻlgan ishlab chiqarish jarayonida qoʻllanishi mumkin, biroq chegarali mahsulot mehnat sarflari 8 birlikdan oshmaguncha manfiy boʻlmaydi.
Aytilgan qonunni ishlab chiqarishning ma’lum texnologiyasida qoʻllash mumkin. Biroq, vaqti kelganda, kashfiyotlar va boshqa texnologik yangiliklar 10.2-rasmdagi mahsulot ishlab chiqarish egri chizigʻining butunlay koʻtarilishiga olib kelishi mumkin va shunday qilib, mavjud kiritilgan omillar oʻzgarmagan holda koʻproq mahsulot ishlab chiqarish mumkin. Bunday imkoniyatni 10.3-rasm koʻrsatib turibdi.
Dastlab ishlab chiqarish egri chizigʻi O, sifatida berilgan, ammo texnologiyaning takomillashuvi egri chiziqni 02 egri chizigʻi tomon yuqoriga siljitadi, texnologiyaning yanada takomillashuvi uni 03 egri chizigʻiga aylantiradi.
Faraz qilaylik, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan mehnat miqdori koʻpaygandan keyin ma’lum bir vaqt oʻtgach texnologik takomillashtirish amalga oshiriladi. Oqibatda, mahsulot ishlab chiqarish A dan (O, egri chizigʻida mehnat xarajatlari 8 birlikka teng boʻlgan holatdan) V ga (02 egri chizigʻida mehnat xarajatlari 9 birlikka teng boʻlgan holatga) va S ga (03 egri chizigʻida 10 birlikda mehnat xarajatlari boʻlgan holatga) aylanadi. A dan V va S ga tomon harakatlanish mahsulot ishlab chiqarishning koʻpayishini mehnat xarajatlari koʻpayishi bilan bogʻlaydi, shuning uchun ham bunda kamayib boruvchi qaytim qonuni amal qilmaganga oʻxshaydi. Biroq, amalda bu qonun bajariladi. Mehnat xarajatlari 8 birlikdan ortiq boʻlganda har bir alohida egri chiziq jonli mehnatdan foydalanish keltirayotgan qaytim kamayishini namoyish etadi.
Mahsulot ishlab chiqarish egri chiziqlarining siljishi kamayib boruvchi qaytim qonuni harakatini ifodalaydi va bu qonun iqtisodiy oʻsishga uzoq muddatli davrda salbiy ta’sir koʻrsatmasligi taxmin qilinadi.
Mehnat unumdorligi
Biz ayrim vaqtlarda oʻrtacha mehnat mahsuli toʻgʻrisida gapirganda sanoatga yoki butun iqtisodiyotga taalluqli mehnat unumdorligini tilga olamiz. Mehnat oʻrtacha mahsuloti mehnat sarflari birligiga ishlab chiqarilgan mahsulotni ifodalaydi. Shuning uchun ham sanoatning barcha tarmoqlarida, shuningdek, alohida tarmoq esa unumdorlikni uzoq muddatli davrga tatbiqan qiyoslash foydali, nisbatan oson ish (chunki umumiy mehnat sarflari va mahsuloti hamda ishlab chiqarishning umumiy hajmi sizga kerak boʻlgan birdan bir ma’lumotdir). Ustiga-ustak mehnat unumdorligi koʻrsatkichi nihoyatda muhim, chunki u alohida mamlakat aholisining real turmush darajasini ifodalaydi.
Mehnat unumdorligi bilan turmush darajasi oʻrtasida oddiy bogʻliqlik mavjud. Har qanday yilda ishlab chiqarilgan tovarlar va koʻrsatilgan xizmatlarning jami qiymati — toʻlovlar tarzidagi barcha ishlab chiqarish omillari uchun berilgan toʻlovlar tarzidagi qiymatga tengki, bunga ish haqi, ijara haqi va firmaning foydasi ham kiradi.
Oqibatda bu toʻlovlar yigʻindisi, ularning shaklidan qatʼiy nazar, jamiyat tomonidan ishlatiladi. Bas shunday ekan, iste’molchilar oʻzlarining iste’mol darajasini uzoq muddatli davrda faqat ishlab chiqarilgan mahsulotning umumiy miqdorini koʻpaytirish hisobigagina oshirishlari mumkin.
Jadvaldan koʻrinib turibdiki, Qoʻshma Shtatlarda aholi jon boshiga mahsulot ishlab chiqarish boshqa rivojlangan mamlakatlardagiga qaraganda birmuncha yuqori. Ammo, urushdan keyingi davrda namoyon boʻlayotgan ikki tamoyil e’tiborni oʻziga tortadi. Birinchidan, AQShda mehnat unumdorligining oʻsish sur’atlari boshqa rivojlangan mamlakatlarga qaraganda sekin boʻlgan, ikkinchidan, keyingi 15—20 yilda mehnat unumdorligi barcha rivojlangan mamlakatlarda avvalgi davrga nisbatan sezilarli darajada past boʻlgan.
Mehnat unumdorligi oʻsishining eng asosiy manba’i jamgʻarilayotgan kapitalning oʻsishidir. Uning koʻpayishi uskunalarning miqdor va sifat oʻzgarishini anglatadi va shu sababli har bir ishchi bir ish soati mobaynida koʻproq mahsulot ishlab chiqarish imkoniyatiga ega boʻladi.
Mehnat unumdorligining oʻsishi, shuningdek, iqtisodiyotning xomashyo sektori bilan ham bogʻliq. Neft, tabiiy gaz va boshqa resurslar kamayib borgani sari har bir ishchiga toʻgʻri keladigan mahsulot ishlab chiqarish birmuncha pasayib boradi. Bu hol atrof-muhit muhofazasi toʻgʻrisida qonunchilik qabul qilinishi bilan yanada kuchayadi
Mehnat unumdorligining pastligi sabablaridan biri nisbatan past malakali ish kuchidan foydalanish boʻlib, uni urushdan keyingi yillarda tugʻilish darajasining yuqoriligi keltirib chiqargan edi. Bunday ahvol sogʻliqni saqlash, mehnat va atrof-muhit muhofazasiga oid hukumat qarorlarining ba’zilari amalga oshishiga toʻsqinlik qilgan. Mehnat unumdorligining oʻsish sur’atlari pastligining sabablari turlicha va murakkab boʻlganligidan oldingi davrga qaytish bilan turmush darajasining oʻsishiga erishib boʻlmaydi. Ammo istiqbol noaniq boʻlmasligi kerak. Kapital qoʻyilmalarni ragʻbatlantiruvchi soliq siyosati yordami bilan asosiy kapitalni koʻpaytirish mumkin. Mehnat unumdorligining oʻsishiga koʻmaklashuvchi tadqiqotlarni va ishlanmalarni ragʻbatlantirish uchun katga kuch-gʻayrat zarur.
Ikkita oʻzgaruvchan omil sharoitida ishlab chiqarish
Ishlab chiqarish va unumdorlik oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlik bilan tanishib chiqqanimizdan keyin, endi firmaning uzoq muddatdagi ikki omilli (bitta emas) ishlab chiqarish strategiyasini koʻrib chiqamiz. Izokvant guruhlarining shakliga koʻra biz ishlab chiqarishning muqobil variantlarini oʻrganib chiqa olamiz. 10.4-rasmdagi izokvantlar 8.1-rasmdagilarning qayta koʻchirilgani. Ularning barchasi pastga tomon ogʻadi, chunki mehnat va kapital ham musbat chegarali mahsulotga egadir. U yoki bu ishlab chiqarish omilining katta boʻlishi mahsulot ishlab chiqarishni koʻpaytiradi. Shuning uchun agar, mahsulot ishlab chiqarish hajmini birdek ushlab turilsa, unda bir omildan qancha koʻp foydalanilsa ikkinchi omil shuncha kam qoʻllanadi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin