Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə90/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Nazorat savollari

  1. Axloqiy xavf nima? Ish beruvchi bu muammoning qattiqqoʻllikni kamaytira oladigan 3 ta narsani izohlang.

  2. Noqulay tanlov nima? Noqulay tanlov muammosi boʻlishi mumkin boʻlgan bozorga misol keltiring.

  3. Xabar berish va tahrirlashni tushuntiring va har biriga misollar keltiring.

  4. Condorcet paradoksini saylovining noodatiy xususiyati nima?

  5. Nega koʻpchilik qoidalar oʻrtacha saylovchilardan koʻra saylovchilarni xohishlarini hurmat qiladi?

Ultimatum oʻyinini tasvirlang. Bu oʻyin odatiy iqtisodiy nazariyadagi qaysi holatni tasvirlaydi? Tajribalar bu vaziyatlarni tasdiqlaydimi? Izohlang.
8-MAVZU.ISHLAB CHIQARISH VA UNING MODELLARI
REJA:
8.1. Ishlab chiqarish texnologiyasi
8.2. Izokvantlar
8.3.Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish
8.4.Oʻrtacha va chegarali mahsulot
8.5.Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi
8.6 Koʻlam samarasi
Tayanch iboralar: Ishlab chiqarish texnologiyasi, Izokvantlar, Qisqa va uzoq muddatli ishlab chiqarish, Texnik oʻrnini bosishning chegarali (marginal) me’yori, Ishlab chiqarish omillari bir-birining oʻrnini bosishi, Koʻlam samarasi
8.1. Ishlab chiqarish texnologiyasi.
Soʻnggi uch bobda biz e’tiborimizni bozor talabi — iste’- molchilarning afzal koʻrishlari va xatti-harakatiga qaratdik.
Endi taklifga murojaat qilamiz va ishlab chiqaruvchilarning xatti-harakatini koʻrib chiqamiz. Biz firmalar qanday qilib ishlab chiqarishni samarali tashkil qila olishlarini va ishlab chiqarish omillarining hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotning qiymati oʻzgarishi bilan ishlab chiqarish sarflarining oʻzgarishini koʻramiz. Shuningdek, firmalar va iste’molchilar qoʻllayotgan optimal yechimlar oʻrtasida oʻxshashlik borligini koʻramiz, iste’molchi xatti-harakatini oʻrganish bizga ishlab chiqaruvchi xatti-harakatini tushunishda yordam beradi.
Firmani iqtisodiy boshqarishda ishlab chiqarish va sarflar (sarflar) nazariyasi markaziy oʻrin egallaydi. Ayrim muammolar, masalan, «Jeneral motors» kompaniyasi muntazam duch keladigan muammolar bilan tanishib chiqamiz. Yigʻuv liniyalarining texnikaviy ta’minlanganlik darajasi qanday boʻlishi va uning yangi avtomobil zavodlariga qancha miqdorda mehnat resurslari jalb etilishi kerak? Agar kompaniya ishlab chiqarishni koʻpaytirmoqchi boʻlsa, ishchilarni koʻproq yollashi lozimmi yoki yangi zavodlar qurish ham zarurmi? Nima maqsadga muvofiq: bitga avtomobil zavodi turli modellar ishlab chiqarganimi yoki har bir model alohida zavodda ishlab chiqarilganimi? «Jeneral motors» oʻzining ishlab chiqarish sarflarini kelgusi yilda qanday rejalashtirmoqda va vaqti kelganda bu ishlab chiqarish sarflari qanday tarzda oʻzgaradi, ularga ishlab chiqarish hajmi qanday ta’sir koʻrsatadi? Bu savollar faqat sanoat firmalariga qoʻllanib qolmasdan, balki tovarlar ishlab chiqaruvchi, xizmatlar koʻrsatuvchi, hukumatga qarashli va notijorat muassasalarga ham tegishlidir.
Ushbu bobda biz firmada ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganib chiqamiz, bu jarayonda ishlab chiqarish omillari (mehnat va kapital kabilar)ning birgalikda amal qilishi tayyor mahsulot (avtomobillar va televizorlar) ishlab chiqarish bilan yakunlanadi. Biz buni bir nechta bosqichda amalga oshiramiz. Birinchidan, ishlab chiqarish texnologiyasini ishlab chiqarish funksiyasi shaklida tasavvur etamiz. Keyin, ishlab chiqarish funksiyasidan foydalanib firmada ishlab chiqarish omillari oʻzgarganda mahsulot ishlab chiqarish qanday oʻzgarayotganligini koʻrsatamiz.
Firma faoliyatining miqyosiga alohida e’tibor qaratamiz.
Firma ishlab chiqarish hajmini uning koʻlami oshgan sari koʻpaytiruvchi texnologik afzalliklar mavjudmi?
Shuningdek, biz koʻp tarmoqli firmalardagi ishlab chiqarishni ham oʻrganamiz. Masalan, ikki xil mahsulot ishlab chiqaruvchi firma rahbari har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini (maksimumlashtirish) uchun taqchil ishlab chiqarish omillarini qanday joylashtirishini koʻrishimiz mumkin.
Nihoyat, biz firmaning ishlab chiqarish jarayoni toʻgʻrisidagi empirik axborotni, jumladan, ishlab chiqarish miqyosining oʻsishi natijasida mahsulot tannarxining pasayishi toʻgʻrisidagi axborotni qanday olinishi va undan qanday foydalanilishini koʻramiz.
Ishlab chiqarish firma faoliyatining asosiy sohasidir. Firmalar ishlab chiqarish omillarini qoʻllaydilar, bular, shuningdek, jalb etiladigan (kiritiladigan) ishlab chiqarish omillari deb ataladi. Masalan, non pishiruvchi korxona egasi kiritiladigan ishlab chiqarish omillari boʻlmish — ishchilar mehnati, un va shakardan iborat xomashyo, shuningdek, pech, xamirqorgich va boshqa asbob-uskunalarga qoʻyilgan kapitaldan non, gumma va qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda foydalanadi.
Ishlab chiqarish omillarini yirik toifalar — mehnat, materiallar va kapitalga ajratishimiz mumkin, bularning har biri kichikroq guruhlarni oʻz ichiga oladi. Masalan, mehnat ishlab chiqarish omili sifatida mehnat sigʻimi koʻrsatkichi orqali ham malakali (duradgorlar, muhandislar), ham malakasiz mehnat (qishloq xoʻjaligi ishchilari)ni, shuningdek, firma rahbarlarining tadbirkorlik faoliyatini birlashtiradi.
Poʻlat, plastik ashyolar, elektr quvvati, suv va boshqa turli ashyolar borki, ular firma sotib olib tayyor mahsulotlarga aylantiradigan materiallar hisoblanadi. Binolar, uskunalar va tovar-moddiy buyumlar kapitalga taalluqlidir. Kiritiladigan omillar, ishlab chiqarish jarayoni va pirovard mahsulot yaratish oʻrtasidagi oʻzaro munosabat ishlab chiqarish funksiyasi orqali ifodalanadi.
Ishlab chiqarish funksiyasi firma ishlab chiqarish omillarining har biri alohida nisbatda qoʻllanganda Q mahsulotni maksimal ishlab chiqarishini koʻrsatadi.
Soddalashtirish uchun ikkita kiritiluvchan omil — mehnat L va kapital K mavjud deb faraz qilamiz. Bunda ishlab chiqarish funksiyasini
Q = F(L,K) (6.1)
tarzida yozishimiz mumkin.
Tenglamadan koʻrinadiki, mahsulot ishlab chiqarish hajmi ikki ishlab chiqarish omilining miqdoriga bogʻliq. Masalan, ishlab chiqarish funksiyasi bir yilda kattaligi ma’lum bir zavodning mavjud texnologiya va yigʻuv konveyerida band boʻlgan muayyan miqdordagi mehnat resurslari yordamida ishlab chiqariladigan shaxsiy kompyuterlar maksimal sonini aniqchash imkonini beradi. Fermer u yoki bu ob-havo sharoitida, mehnatning fondlar bilan ta’minlanganlik darajasi va ishda band ish kuchi bilan oladigan maksimal hosil hajmini hosil ishlab chiqarish funksiyasi yordamida aniqpash mumkin. Demak, ishlab chiqarish funksiyasi muayyan hajmda mahsulot ishlab chiqarish uchun ishlab chiqarish omillarining turli usullarda birlashtirishni ifodalaydi.
Masalan, vinoni koʻp mehnat talab qiluvchi qoʻlda tayyorlash usulida yoki uzumni ezish uchun mashina, asbob-uskunalardan foydalanib koʻp kapital sarflash usuli bilan tayyorlash mumkin. Ta’kidlash zarurki, tenglamani (8.1) ma’lum texnologiyaga (ya’ni, mahsulot ishlab chiqarish jarayonida ishlab chiqarish omillarini oʻzaro bogʻlanishning turli usullari toʻgʻrisidagi muayyan bilimga ega boʻlgan holat uchun) qoʻllash mumkin. Chunki, texnologiya borgan sari takomillashib bormoqda, firma mahsulot ishlab chiqarish hajmini ishlab chiqarish omillarini qatʼiy belgilangan tarkibda koʻpaytirishi mumkin.
Ishlab chiqarish funksiyasi nuqtayi nazaridan «mahsulotni maksimal ishlab chiqarish» iborasi juda muhim hisoblanadi. Ishlab chiqarish funksiyalari serchiqimlik yoki samarasiz ishlab chiqarish jarayonlariga yoʻl qoʻymaydi — ular firmalarning iqtisodiy samaradorligini e’tiborda tutadi, ya’ni, firmalar ishlab chiqarish omillarining har qanday oʻzaro bogʻlanishidan maksimal darajada samarali foydalanadilar. Ishlab chiqarish funksiyalari ishlab chiqarish omillarining oʻzaro ma’lum nisbatda boʻlishi mahsulotni maksimal ishlab chiqarilishiga erishish bilan bogʻliq boʻlgani uchun, hech qachon mahsulot ishlab chiqarishni pasaytiruvchi kombinatsiyalar qoʻllanilmaydi.
Ishlab chiqarish har doim ham iqtisodiy samarali deb oʻylash hamma vaqt ham haqiqatga toʻgʻri kelavermaydi, lekin shuni kutish mumkinki, maksimal foyda olish uchun intilgan firmalar hech qachon resurslarni behuda sarflamaydi.
Koʻpgina savollarni koʻrib chiqishda biz firmalar bitta aniq mahsulot turini ishlab chiqaradi, degan farazga amal qilamiz.
8.2. Izokvantlar
Firma ishlab chiqarishning ikkita omili — mehnat va kapitalni almashtira oladigan ishlab chiqarish texnologiyasini oʻrganishdan boshlaymiz. Faraz qilaylik, oziq-ovqat mahsuloti (tayyor mahsulotlar) mehnat va kapitaldan foydalanib ishlab chiqariladi. 8.1-jadvalda ishlab chiqarish omillarining turlicha oʻzaro birikishida mahsulotni maksimal ishlab chiqarish keltirilgan.
8.1-jadvalda koʻrsatilgan har bir natija mahsulot ishlab chiqarishning maksimal hajmi boʻlib, uni kapital va mehnatni tegishli nisbatga qoʻllash tufayli ishlab chiqarish mumkin (masalan, kapital 2 birligi va mehnat 4 birligidan foydalanish 85 birlik oziq-ovqat mahsuloti beradi).

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin