Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə87/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Xulq-atvor iqtisodiyoti
Iqtisodiyot odamni xatti-harakatini oʻrganadi, lekin bu oʻsha tasdiqni qiluvchi yagona soha emas. Ijtimoiy fan psixologiyasi odamlar hayotlarida qiladigan tanlovlarga ta’sir koʻrsatadi. Iqtisodiyot va psixologiya sohalari odatda mustaqil ravishda davom etadi, chunki ular turli savollar doirasiga oʻz e’tiborlarini qaratishgan. Lekin oxirgi paytda iqtisodchilar asosiy psixologik qarashlarni tushuntirishayotgan xulq-atvor iqtisodiyoti deb ataluvchi soha paydo boʻldi. Keling ulardan ba’zilarini koʻrib chiqamiz.
Odamlar har doim ham ratsional emaslar
Iqtisodiy nazariya odamlarni ma’lum xususiyatiga qarab joylashtiradi, ba’zida u Homo ekonomicus deb ataladi. Bu tur a’zolari har doim ratsionaldir. Firma menejeri sifatida ular foydani maksimallashtiradi, iste’molchi sifatida ular naflilikni maksimallashtiradi. Ular duch keladigan toʻsiqlarni inobatga olib, ular ratsonal ravishda barcha daromadlarni va xarajatlarni taqqoslaydi va har doim eng munosib yoʻlni tanlaydilar.
Haqiqiy insonlar Homo sapienslardir. Garchi ular koʻp jihatdan ratsional insonga oʻxshasa ham, iqtisodiy nazariyadagi tejamkor insonlar ancha murakkab hisoblanadi. Ular ta’sirchan, sarosimaga tushuvchi, emotsional va kaltabin boʻlishadi. Odam fikr yuritishidagi bu kamchiliklar psixologlar uchun asos boʻlib hisoblangan lekin yaqingacha ularga e’tibor berishmagan.
Iqtisodiyot va psixologiya chegaralarini birinchilardan boʻlib oʻrgangan Gerbert Simon odamlarga ratsional maksimalistlar sifatida emas, balki qoniquvchilar sifatida qarashni taklif qilgan. Har doim eng yaxshi yoʻnalishni tanlagandan koʻra, ular shunchaki yaxshi boʻlgan qarorni qabul qilishadi. Shuningdek, boshqa iqtisodchilar odamlar faqat “ratsionalga yaqin” yoki ular cheklangan ratsionallikka ega deb taxmin qilishadi.
Odamlar qarorlar qabul qilish izlanishlari odamlar qiladigan doimiy xatolarni ochishga harakat qildi. Quyida ba’zi topilmalar:

  • Oʻziga ishonuvchi insonlar. Tasavvur qiling, sizga bir nechta sonli savollar berishdi. Masalan: BMT tarkibidagi Afrika davlatlari soni, Shimoliy Amerikadagi eng baland togʻning balandligi va hokazo…

  • Odamlar jonli kuzatuvdagi kichik sonlarga juda katta e’tibor berishadi. Tasavvur qiling, siz X markadagisi.

  • mashinani sotib olishni rejalashtiryapsiz. Siz uning ishonchliligini bilish uchun X markadagi mashinaning 1000 ta egalari tomonidan koʻrib chiqilgan xaridor hisobotini oʻqiysiz. Keyin siz X markadagi mashinasi bor doʻstingiz yoniga borasiz va u sizga uning mashinasi boʻlmagʻur ekanini aytadi. Doʻstingizni fikriga qanday munosabat bildirardingiz? Agar siz ratsional fikrlasangiz, siz u faqat sizning sinov koʻrsatkichlaringizni 1000 ta dan 1001 ta ga koʻpaytirganiga tushinib yetasiz. Lekin doʻstingiz hikoyasi ishonarli boʻlgani uchun siz qaror qabul qilishda bunga koʻproq e’tibor berasiz.

  • Fikrlarini ozʻgartirishni xohlamaydigan insonlar. Odamlar oʻzlari allaqachon ega boʻlgan fikrlarini isbotlab berishga oʻrganib qolishgan. Bir kuzatuvda subyektlardan jinoyatchiga oʻlim jazosi berilishi kerakmi yoʻqmi degan kuzatuv hisobotlarini oʻqish va unga baho berish soʻraldi. Oʻqib boʻlishgach, boshidanoq oʻlim jazosini tanlagan insonlar oʻzlarining fikrlarida qat’iy qolishgan va boshidanoq oʻlim jazosiga qarshi boʻlganlar ham oʻzlarining fikrlarida qolishgan….

Hayotingiz davomida qabul qilgan qarorlaringiz haqida oʻylang. Bulardan ba’zilarini koʻrsatib bera olasizmi?
Axloqiy namuna 401(k) rejasini ya’ni ba’zi firmalar oʻz ishchilariga taklif etadigan pensiya fondi soligʻini oʻrganishda yuzaga keladi. Ba’zi firmalarda ishchilar rejada qatnashishni oddiy anketani toʻldirish orqali tanlashlari mumkin. Boshqa firmalarda ishchilar toʻgʻridan-toʻgʻri qabul qilinishadi va anketa toʻldirish orqali rejadan bosh tortishlari mumkin. Bu koʻpchilik ishchilar 1-holatdan koʻra 2-holatda qatnashishni koʻrsatadi. Agar ishchilar mukammal ratsional-maksimalistlar boʻlishganida, ular ish beruvchilari taklif qilgan majburiyatni bajarmaslikka e’tibor bermasdan pensiya fondining eng muqobilini tanlagan boʻlardilar.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin