Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə88/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Adolat haqida qaygʻuradigan insonlar
Insonlar fe’l-atvorini tushunishda ultimatum oʻyin deb ataluvchi tajribani misol qilib koʻrsatamiz. Oʻyin bunday boʻlsin: 2 nafar koʻngillilarga (bir-biriga mutlaqo begona boʻlgan) bir oʻyin oʻynashni va umumiy holda 100$ yutib olishlari mumkinligi aytiladi. Oʻyin koʻngillilarni A oʻyinchiga va B oʻyinchi rollariga belgilash uchun tanga tashlash bilan boshlanadi. A oʻyinchining vazifasi 100$ ni oʻzi va boshqa ishtirokchi oʻrtasida taqsimlashni taklif etishdir. A oʻyinchi oʻzining taklifini bildirgandan soʻng, B oʻyinchi bunga rozi boʻladimi yoʻqmi qaror qiladi. Agar B oʻyinchi taklifni rad etsa, ikkala oʻyinchi ham hech narsasiz qolishadi. Ikkala holatda ham oʻyin tugaydi.
Davom etishdan avval shoshmang va siz bu vaziyatda nima qilishingizni oʻylab koʻring. Agar A oʻyinchi boʻlganingizda 100$ni qanday boʻlishni taklif etardingiz? Agar B oʻyinchi boʻlganingizda qanday taqsimotga rozi boʻlardingiz?
Odatdagi iqtisodiy nazariyalar bu vaziyatdagi ratsional odamlarni yirik maksimalistlar deb taxmin qilishadi. Bu taxmin oddiy bashoratga olib keladi: A oʻyinchi oʻzi 99$ va B oʻyinchi 1$ olishini taklif etishi lozim va B oʻyinchi taqsimotga rozi boʻlishi lozim. Bitta taqsimot bajarilgandan soʻng, B oʻyinchi toki undan nimadir olishni bilsa, uni qabul qilishga imkoni mavjud boʻladi. Bundan tashqari A oʻyinchi taqsimotga rozi boʻlish B oʻyinchining foydasiga ekanini biladi va A oʻyinchida 1$ dan koʻp taklif qilishga sabab yoʻq. Oʻyin nazariyasining tilida (17-bobda yoritilgan) 99-1 taqsimot bu Nash muvozanati hisoblanadi. Tajribali iqtisodchilar toʻgʻri odamlardan ultimatum oʻyinni oʻynashni soʻrashganlaridan beri natijalar bu bashoratdan farqlanadi. B rolidagi insonlar odatda ularga faqatgina 1$ berishgani yoki shunga oʻxshash kam mablagʻ berishgani uchun taqsimotni rad etadi. Buni oldindan bilib A oʻyinchi rolidagi insonlar B oʻyinchiga 1$ dan koʻproq berishni taklif etadi. Ba’zi insonlar 50-50 taqsimlashni taklif etadi, lekin A oʻyinchilar koʻproq oʻzlariga koʻproq qismni olib qolib, B oʻyinchiga 30$ yoki 40$ mablagʻlar taklif qilishadi. Bu vaziyatda B oʻyinchi bu taqsimotga rozi boʻlishadi.
Bu yerda nima yuz berayapti? Buning tabiiy izohi shuki insonlarni adolatlilikning ba’zi tugʻma tuygʻulari boshqaradi. 99-1 taqsimoti koʻpchilik odamlar uchun juda nohaqlikdek tuyiladi va buni rad etishadi, xatto oʻzlarining zarariga ishlasa ham. 70-30 taqsimoti ham hanuz adolatsizlikdek, lekin bu unchalik adolatsizlik emas va bu ularning normal shaxsiy manfaatlarini toʻxtatishga majburlaydi.
Xoʻjalik va firmalar tabiatidagi bizning har tomonlama izlanishimizda adolatlilik tugʻma tuygʻusi hech qanday rol oʻynamaydi. Lekin ultimatum oʻyini natijalari balkim shunday boʻlishi kerakligini taklif qiladi. Masalan, 18-19 boblarda biz qanday qilib ish haqi ishchi kuchi talabi va taklifi orqali belgilanishini koʻrib chiqdik. Ba’zi iqtisodchilar firmalar ishchilariga pul toʻlash adolatliligini rasmda ham kiritilishini taqdim etishgan. Shu sababli firmalarda yil juda foydali boʻlganida, (B oʻyinchi kabi) ishchilar mukofot pullarini kutishlari mumkin. Xattoki standart muvozanat buni koʻrsatmasa ham. (A oʻyinchi kabi) firmalar adolatlilik uchun ishchilariga oʻrnatilgan muvozanat maoshdan koʻproq berishlari haqida qaror qilishi mumkin. Ishchilar firmalarni ishlashni sekinlashtirish, ish tashlash yoki vandalism bilan jazolashga harakat qiladi.
Zamonga mos boʻlmagan insonlar
Bir nechta zerikarli vazifalarni masalan, kirlaringizni yuvayotganingizni, mashina yoʻlidagi qorni kurashni yoki daromad soligʻi anketasini toʻldirishni koʻz oldingizga keltiring. Quyidagi savollarni koʻrib chiqamiz.

  1. Siz bu vazifani hozir bajarish uchun 50 daqiqa sarflashni (A) tanlaysizmi yoki vazifani ertaga bajarish uchun 60 daqiqa sarflashni (B) tanlaysizmi?

  2. Siz bu vazifani 90 kunda 50 daqiqa sarflab bajarishni (A) tanlaysizmi yoki 91 kunda 60 daqiqa sarflab bajarishni (B) tanlaysizmi?

Koʻpchilik insonlar bunday savollar berilganda, 1-savol uchun B javobni, 2-savol uchun A javobni tanlashadi. 2-savoldagidek agar kelajakka nazar tashlasak, insonlar zerikarli vazifani bajarishga ketadigan vaqtni minimallashtiradi. Lekin 1-savol kabi mashqni zudlik bilan qilishga toʻgʻri kelsa, ular buni orqaga surishni tanlashadi. Oʻylab koʻrsak, bu harakat ajablanarli emas. Har kim vaqtni orqaga suradi. Lekin ratsional inson nazariyasidan kelib chiqsak, quyidagi jumboqni yuzaga keltiradi va oʻylantirib qoʻyadi: masalan, 1-savolga bir inson 90 kun ichida 50 minut sarflashni tanladi desak, keyin 90-kun kelsa va unga oʻz fikrini oʻzgartirishga imkon bersak. Natijada u 1-savol bilan toʻqnashadi va u vazifani keyingi kunga qoldirishga qaror qiladi. Lekin nega vaqtning arzimagan oʻzgarishi uning qarorlariga ta’sir qilyapti?
Hayotining koʻp qismida odamlar oʻzlari uchun rejalar tuzishadi, lekin keyin unga mos ravishda muvaffaqiyatsizlikka uchrashadi. Sigareta chekuvchilar oʻzlariga chekishni tashahni va’da berishadi, lekin oʻzlarining oxirgi sigaretasini chakayotgan soʻnggi damlarda u yana chakishni xohlaydi va va’dasini buzadi. Ortiqcha vazndan qutilmoqchi boʻlgan insonlar boshqa desert yemaslikka va’da berishadi lekin ofitsant desert aravachasini olib kelganida u va’dasi haqida unutadi. Ikkala holatda ham bir zumlik rohat boʻlgan istak oldingi qarorlarni unitishga sabab boʻladi.
Ba’zi iqtisodchilar iste’molni tejashni odamlarning davr bilan hamnafas emasliklarini namoyon etishdagi yaqqol misol ekanligiga ishonishadi. Jamgʻarish bu sigaretani yoki desertni tashlashga oʻxshaydi va uzoq kelajak mukofoti uchun hozirda qurbonlik qilish va koʻpchilik chiquvchilar kabi chekishni tashlashni xohlashadi va koʻpchilik ortiqcha vazn egalari kamroq ovqatlanishga harakat qilishadi, koʻpchilik xaridorlar foydasini koʻproq qismini tejashga harakat qilishadi. Bir tekshiruvga koʻra, 76% amerikaliklar nafaqa uchun yetarlicha pul jamgʻarmaganini aytishgan.
Sigareta chekuvchi sigaretani uloqtirib yuborish orqali chekishni tashlashi mumkin va diyetadagi inson muzlatkichga qulf osib qoʻyishi mumkin. Judayam kam tejaydigan inson nima qilishi mumkin? U pullarini ishlatishdan avval ularni qulflashni yoʻlini topishi lozim. Ba’zi 401(k) kabi pensiya schyotlarida aynan shunday qilinadi. Ishchi u hali koʻrmagan toʻlov qogʻozidan pul olishlariga rozi boʻlishi mumkin. Hisob raqamiga qoʻyilgan mablagʻdan nafaqaga chiqishdan avval faqatgina jarima toʻlab foydalanish mumkin. Balkim bu nafaqa hisob fondi mashhurligining bir sababidir. Ular odamlarni ularning ikkilamchi ehtiyojlaridan himoya qiladi.

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin