Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə85/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

7.5.Siyosiy iqtisodiyot
Aytib oʻtilganiday, bozorni hukumat ta’sirisiz qoldirish har doim ham qoniqarli resurs taqsimotiga olib kelmaydi. Biz bozor natijalarini nohaq yoki samarasiz deb baho berganimizdagina, hukumatning aralashishi va vaziyatni yaxshilashi oʻrinli boʻlishi mumkin. Faol hukumat tarafdori boʻlishdan oldin, biz uning nomukammal tashkilot ekanligini yodda tutishimiz lozim. Siyosiy iqtisodiyot esa shu hukumatni qanday ishlashini iqtisodiy metodlar orqali oʻrganadi.
Kondorsetning ovoz berish paradoksi
Koʻpgina yetakchi jamiyatlar demokratik asoslarga tayanib siyosatni olib borishadi. Masalan, shahar ikki joydan qaysi biriga park qurishni tanlaydigan boʻlsa, eng koʻp ovoz olgan joyda shu park quriladi. Shunga qaramay, koʻpgina siyosiy muammolarning yechimi 2 tadan koʻp boʻladi, va park qurish muammosiga toʻgirlaydigan boʻlsak, qurish mumkin boʻlgan joylar juda koʻp boʻladi. Bu holatda, 18-asrning mashhur siyosat nazariyachisi Markis de Kondorset aytib oʻtganiday, demokratiya ba’zida eng ma’qul natijaga erishaman deb muammolarga yuz tutishi mumkin.
Masalan, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan 3 xil natija bor: A,B va C, yana jadvalda koʻrsatilganiday oʻz afzalliklariga ega boʻlgan 3 xil ovoz beruvchilar bor. Bizning shahar hokimi shu uch kishining afzalliklarini butun jamiyat afzalligi sifatida koʻrib chiqmoqchi. U nima qilishi kerak?
Birinchi boʻlib u juft natijalarni ovozga qoʻyishi mumkin. Agar u B va C ni ovozga qoʻysa va 1 va 2 , B ni tanlashsa, B natija ustunlikga ega. Agar u A va C ni ovozga qoʻysa va 1 va 3, A ga ovoz bersa, A ustunlikga ega. Natijalarga nazar tashlansa, A Bdan ustun, B esa C dan ustun, demak A aniq ovoz beruvchilarning ustunlikka ega boʻlgan xohishi.
Lekin, tasavvur qilingki, keyinchalik hokim ovoz beruchilardan A yoki C ni tanlashni soʻrasa, va bu holda 2 va 3 C ga ovoz berishdi, C bu holatda ustunlikka ega. Shunday qilib juftlikda soralgan savolda, A B dan ustun, B esa C dan ustun, C esa Adan ustun. Odatda biz afzalliklarni ketma-ketlik (transitivity) turishini kutamiz, masalan: A B dan ustun, B esa C dan ustun, va ikkisi A ni C dan ustunligini koʻrsatadi. Kondorset paradoksi esa aynan shu xususiyatlarni demokratik yoʻl bilan qabul qilingan naijalarda har doim ham kuzatilmaydi deb takidlaydi. Juftlik bilan berilgan ovozlar ba’zi hollarda jamiyat uchun ketma-ketlikda tuzulgan afzalliklarni kelib chiqaradi, ammo bizning holatimizda bu notoʻgʻri yoʻldir.
Kondorset paradoksining ma’nolaridan biri, ketma-ketlikni tuzilishi, berilgan ovozlar natijasiga ta’sir koʻrsatishidadir. Agar hokim birinchi boʻlib ovozga A va B ni qoʻysa, va keyin yutganini C bilan ovozga qoʻysa C gʻolib chiqadi. Ammo birinchi boʻlib B va C ni ovozga qoʻyilsa, va keyinchalik yutganini A bilan birga ovoz berishga qoʻysa, A yutadi. Va shunga oʻxshash hollar, birinchi A va C, keyin esa B boʻlsa, shahar B ni tanlaydi.



Kondorset paradoksi

kondorset paradoksi Agar ovoz beruvchilarda A, B va C chiquvchilar ustidan shunday afzalliklarga ega boʻlsa, unda A Bdan ustun keladi, B, Cdan ustun keladi va C, A dan ustun keladi.

Saylovlar foizi
Birinchi tanlov
Ikkinchi tanlov
Uchinchi tanlov

1 tur

2 tur

3 tur

JADVAL

Arrovning imkonsizlik teoremasi
Kondorset paradoksi ikki xulosaga ega. Birinchisi, muammo ikkidan ortiq natijaga ega boʻlsa, ketma-ketlikni qay tarzda tuzilishi demokratik ovoz berishning yakuniy natijasiga katta ta’siri bor. Ikkinchisi esa, oʻzi ovoz beruvchilarning asosiy qismi (koʻpchilik) bizga jamiyatni rostan nimani istashini aytib bermaydi.
Siyosatchilar Kondorset paradoksini bilishganidan soʻng, mavjud ovoz berish sistemasi va ularning yangilarini oʻylab topish ustida koʻpgina tadqiqot ishlarini olib borishdi. Masalan, hokim juft natijalarni tanlash usulini oʻrniga natijaga baho usulini qoʻllasa boʻladi. Bu usulda, har bir ovoz beruvchi eng yoqmagan natijasiga 1 ball beradi, eng yoqmaganidan bitta oldin turadiganga 2 ball, undan yana bitta oldin turadiganga 3 ball va davom etaveradi. Ovoz berishni yakunida jami eng koʻp ball yigʻgan natija yutib chiqadi. Jadvalda koʻrsatilganidek B ballar hisobi bilan eng maʼqul natija deb topiladi. Bunday ovoz berish usuli 18 asrda yashagan fransuz matematigi va siyosiy teoretigi Bordaga tegishli boʻlib “Borda sanogʻi” deb ataladi. Bu usul odatda sport komandalariga ovoz berishda qoʻllanadi.
1951-yil ingliz iqtisodiyotchisi Kenet Arrov, “mukammal ovoz berish usuli mavjudmi?” degan savolni oʻzining “Ijtimoiy tanlov va individuallarning qadriyatlari” kitobida yozib oʻtgan. Kitobning boshi, Arrovning mukammal ovoz berish usuli qanday boʻlishi kerakligi haqidagi fikri bilan boshlangan. U individuallarning jamiyatda ustunlikga ega boʻlgan afzalliklar bor deb faraz qiladi. Va u jamiyatni ovoz berish usuli bilan bir necha shartlarni qondirishi kerakligini faraz qiladi:

  • Yakdillik: barcha A ni B dan ustun koʻrsa, A B ni yutishi.

  • Ketma-Ketlik: A Bdan ustun, B Cdan ustun, va A C dan ustun boʻlishi.

  • Boʻgliq boʻlmagan alternativalarni erkinligi: baho berishda, A va B ning tanlovi, uchinchi (C) natija borligiga bogʻliq boʻlmasligi zarur.

  • Diktatorlarning boʻlmasligi: boshqalar xohish istagiga ta’sir koʻrsata oladigan odam boʻlmasligi zarur.

Yuqoridagilarning barchasi istalgan shartlardek tuyiladi. Lekin Arrov, matematik va rad qilib boʻlmaydigan yoʻllar bilan bunday shartlarni barchasini qondiradigan ovoz berishi usuli mavjud emasligini isbotlab beradi. Bu xulosa Arrovning imkonsizlik teoremasi deb ataladi.
Matematiklar Arrovning teoremasini isbotlashlari bu kitob mavzusidan chetroq, lekin biz teorema nima uchun toʻgʻriligini
bir nechta misollar orqali koʻrishimiz mumkin. Biz koʻpchilik qoidasi muammosini koʻrdik va Kondorsetning paradoksi bu qoidani notoʻgʻri ekanligini natijalar orasida ketma-ketlik yoʻqligi bilan koʻrsatdi.
Yana bir boshqa misol, Borda muvafaqqiyatsizliklarni, erkin bogʻliq boʻlmagan alternativalarni qondirish uchun deb biladi. Bordaning usuli qoʻllanganida, B ni 9.5-jadvalda yutib chiqishini koʻramiz. Lekin, faraz qiling, C alternative sifatida birdan yoʻq boʻlib qoladi. Shunda Borda usulida sanalsa yana bir alternativasi mavjud boʻlmagan A va B ni solishtiradi va bu holda A yutib chiqadi. Shuning uchun ham C ni olib tashlanishi baholashga taʼsir koʻrsatadi. Buning sababi, baholash usulida qanchalik koʻp alternativalar boʻlsa, ular yigʻgan ballar ham shuncha katta boʻladi.
Arrovning imkonsizlik teoremasi juda chuqur va chigal natijadir. Unda demokratiyani, hukumat tuzulishi sifatida yomonligi yozilmagan. Ammo teoremada individuallarning xohish-istaklarini inobatga olgan holda qilinadigan barcha ovoz berish sistemalari, notoʻgʻri jamiyat mexanizmi deb taʼkidlanadi.
Oʻrtacha ovoz beruvchi qirol
Arrovning teoremasiga qaramasdan, ovoz berish koʻpchilik jamiyatlarda oʻz yurtboshini tanlashda, muhim qonunlarni qabul qilishda ishlatiladi. Hukumatni oʻrganib chiqishdagi keyingi qadam, bu hukumatni koʻpchilik boshqaruvini ishlashini koʻrib chiqishdir. Demokratik jamiyatda, qonunlarni kim qabul qiladi? Ba’zi hollarda demokratik boshqaruv bu savolga juda oddiy javob beradi.
Faraz qiling, jamiyat armiyaga yoki parklarga oʻxshash, ijtimoiy ishga pul ajratishga qaror qildi. Har bir ovoz beruvchi oʻziga yarasha mablagʻi mavjud va u natijalar orasidan oʻziga eng maʼqul boʻlgan natijani tanlaydi va shu tariqa, biz ovoz beruvchilarni katta mablagʻ ajratuvchilar va kam mablagʻ ajratuvchilarga boʻlsak boʻladi. Pastdagi kalonnalarga nazar tashlang. Unda 100 ovoz beruvchilar, 0 dan 20 milliard orasida mablagʻ ajrata olishi tasvirlangan. Berilgan afzalliklar boʻyicha demokratiya qanday natijani koʻrsatadi?
Mashhur tadqiqot natijasi Oʻrta ovoz beruvchi teoremasiga asosan, chiqariladigan qonunlarni asosiy qismi aynan shu mablagʻ ajratuvchilarning oʻrta mablagʻ ajratadigan ovoz beruvchilarga tegishli boʻladi. Oʻrta ovoz beruvchi taqsimotning qoq oʻrtasida joylashgan boʻlishadi. Olgan misolimizda, taqsimotni oxiridan yoki boshidan 50 ta ovoz beruvchini sanab koʻring, va siz ularni 10 milliard dollar ajratishayotganini koʻrasiz. Aksincha, taqsimotni hisoblab chiqsak oʻrta arifmetik qiymati 9 milliard dollarga tengligini va taqsimotda eng koʻp uchraydigan ovoz beruvchilar turi 15 milliard dollarlik ovoz beruvchilardir.
Oʻrta ovoz beruvchi ustunlikka ega, chunki ular ustunlikga egalik qilishni ikki tomonli poygasini yutishadi. Misolimizda, ikki xil odamlar mavjud: 1) 10 mlrd dan ortiq mablagʻlilar va 10mlrd dan kamini xohlovchilar. Agar kimdir 10 mlrd oʻrniga 8mlrdni tanlasa, qolgan 10mlrd dan ortiq bermoqchi boʻlganlar 10mlrd ga tushishadi va oʻrta ovoz beruvchi boʻladi. 2) Aksincha kimdir 12 mlrdni taklif qilsa, qolgan 10 mlrddan kam bermoqchi boʻlganlar 10 mlrdga koʻtarilishadi. Bularning ikkisida ham koʻrib chiqqanimizday oʻrta ovoz beruvchilar koʻpchilikni tashkil qilishadi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin