12.3. Investitsiyani hisoblashdagi diskontirlangan qiymat Investitsiya qoʻyishdan maqsad, kelajakda olinadigan daromadlarni va qilinadigan xarajatlarni solishtirish orqali loyihaning qiymatini baholash mumkin boʻladi. Investitsiyani baholashda sof keltirilgan qiymat mezoni ishlatiladi. Bu mezonga koʻra, agar olinadigan daromad investitsiyaga sarflanadigan xarajatdan yuqori boʻlsa, investitsiya amalga oshiriladi.
Faraz qilaylik, investitsiya hajmi boshlangʻich ishlab chiqarish yili uchun ga teng; - kutiladigan -yildagi daromadlar va xarajatlar. U holda sof keltirilgan qiymat quyidagiga teng:
bu erda - diskont normasi (xarajatlarni bir vaqtga keltirish normasi). Diskont normasi foiz stavkasi yoki boshqa bir stavka boʻlishi mumkin. - loyihani faoliyat koʻrsatish muddati.
Ba’zi hollarda diskont normasini asosiy kapitalga qoʻyilgan alternativ xarajat sifatida qarash mumkin.
Agar boʻlsa, investitsiya oʻzini oqlaydi, ya’ni keltirilgan foyda qoʻyilgan investitsiya qiymatidan katta. Agar boʻlganda investitsiya oʻzini oqlamaydi.
Loyihaning ishlash muddati cheksiz boʻlganda , sof keltirilgan qiymat quyidagicha hisoblanadi:
Investitsiyaga talab.Sof keltirilgan qiymat mezoniga koʻra, investitsiya oʻzini oqlaydi, agar boʻlsa. Bu erda
Demak, investitsiyaga talab funksiyasi. Ushbu funksiyaning grafigi kamayuvchi boʻlib, investitsiya "narxi" bilan, ya’ni foiz stavkasi bilan investitsiyaga qilinadigan xarajatlar oʻrtasidagi teskari aloqani ifodalaydi (3-rasm).
3-rasm. Investitsiyaga talab funksiyasi grafigi
Investitsiyaga talab funksiyasi berilgan loyiha investorlar tomonidan kapital mablagʻ qoʻyishi mumkin boʻlgan maksimal foiz stavkasini ifodalaydi. Yuqori foiz stavkasida yuqori foyda berishi mumkin boʻlgan loyihalar amalga oshiriladi. Foiz stavkasi kamayganda kapital mablagʻ qoʻyish masshtabi kengayadi, ya’ni kam foyda beradigan loyihalar ham mablagʻ bilan ta’minlanadi.