Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə141/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Inflyatsiyaning ta’siri. Inflyatsiya yoki narxlarning umumiy darajasining oʻsishi joriy va kelajakda olinadigan mablagʻlar nisbatini oʻzgartiradi. Shuning uchun ham inflyatsiya darajasi loyihalarni baholashda e’tiborga olinishi zarur.
Agar barcha tovarlarga, xizmatlarga va ishlab chiqarish resurslariga (ish haqiga ham) boʻlgan narxlarning darajasi oʻsganda, ular oʻrtasidagi nisbat oʻzgarmasa, bunday oʻzgarishga balanslashgan inflyatsiya deyiladi. Bunday holda, ya’ni narxlarning oʻsish sur’ati bir xil boʻlganda loyihani tahlil qilishda inflyatsiyani hisobga olmasa ham boʻladi. Nominal narxlardan, nominal foiz stavkasidan foydalanib daromadlar va xarajatlarni hisoblab, ularni solishtirish mumkin. Foyda va xarajatlarni belgilangan (solishtirma) narxlarda ham hisoblash mumkin, lekin bunday holda real foiz stavkasidan foydalanish kerak boʻladi.
Agar har bir tovar, xizmat va resurs oʻzining narx oʻsish sur’atiga ega boʻlsa, inflyatsiya balanslashmagan boʻladi. Balanslashmagan inflyatsiya loyiha boʻyicha hisob-kitoblarni murakkablashtirib yuboradi.
Nominal foiz stavkasi - bu joriy pul birliklarida ifodalangan jamgʻarmaga yoki ssudaga boʻlgan daromad normasi.
Real foiz stavkasi - bu oʻzgarmas (ya’ni, inflyatsiya darajasiga koʻra oʻzgartirilgan) pul birliklarida ifodalangan jamgʻarma yoki ssudaga boʻlgan daromad normasi.
Faraz qilaylik, nominal, - real foiz stavkasi boʻlsin. - inflyatsiya darajasi sur’ati, ya’ni

bu erda - joriy narx darajasi;
- ma’lum vaqt oʻtgandan keyingi (bir yildan keyingi) narx darajasi.
Faraz qilaylik, qandaydir joriy qiymat berilgan boʻlib, u bir yildan keyin boʻlsin. U holda
.
Pulning sotib olish kuchini aniqlaymiz. Bu erda hozirgi sotib olish kuchi; - kelajakda sotib olish kuchi.
U holda

Bundan real foiz stavkasi quyidagiga teng:

ya’ni, yoki
Inflyatsiya darajasi (sur’ati) kichik boʻlganda real foiz stavkasi quyidagicha hisoblanishi mumkin:

Umuman olganda, firmalarning talabi moddiy kapital ne’matga (uskuna, texnologik liniya) emas, balki vaqtincha boʻsh boʻlgan pul mablagʻigadir. Ushbu pul mablagʻini moddiy kapitalga sarflab, ulardan foydalanish natijasida kelajakda oladigan foydaning bir qismini pul egasiga qaytarish kerak boʻladi. Shuning uchun ham investitsiyaga talab, bu pul jamgʻarmasiga boʻlgan talab, foiz toʻlovi esa qarzga olingan pulning narxidir.
Misol. Nominal stavka - real stavka; - inflyatsiya darajasi;
Formulaga koʻra quyidagini yozamiz:

yoki real foiz stavkasi

Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin