Termiz davlat universiteti mikroiqtisodiyot


Rasm Muzqaymoq miqdori



Yüklə 2,31 Mb.
səhifə17/190
tarix07.01.2024
ölçüsü2,31 Mb.
#210165
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190
Mikroiqtisodiyot maruza2023

Rasm

Muzqaymoq miqdori

Lugʻat muvozanat soʻzini turli xil kuchlarning tenglik holati sifatida ta’riflaydi va bu bozor muvozanatini ham ifodalaydi. Muvozanat narxda, xaridorlar sotib olishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdori, sotuvchilar yetkazib berishga tayyor va qodir boʻlgan tovarlar miqdoriga teng boladi. Muvozanatli narx ba’zan bozorni tozalovchi narx deyiladi, chunki, bu narxda, bozorda hamma qoniqadi: xaridorlar istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini xarid qiladilar, sotuvchilar esa istagan miqdorlaridagi barcha mahsulotlarini sotadilar.


Xaridor va sotuvchilar harakati bozorni tabiiy ravishda talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi. Sababini aniqlash uchun bozor narxi muvozanatli narxga teng boʻlmagan holatda nima boʻlishini koʻrib chiqishi lozim.
Dastlab tasavvur qiling, bozor narxi muvozanatli narxdan yuqori 9-shakl (a). Narx $2.50 boʻlganda taklif qilinadigan mahsulot miqdori ( 10 dona muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 dona muzqaymoq) oshadi. Bu yerda mahsulot ortiqchaligi paydo boladi: sotuvchilar mazkur narxda barcha mahsulotlarini sota olmaydilar. Qoldiq ba’zan taklif ortiqchaligi holati sifatida qaraladi. Qachonki muzqaymoq bozorida mahsulot ortiqchaligi kuzatilsa, muzqaymoq sotuvchilari muzlatkichlari ular sotishni xohlaydigan ammo sota olmaydigan muzqaymoqlar bilan toʻladi. Ular mahsulot ortiqchaligiga mahsulot narxini pasaytirish orqali javob qaytaradi. Narxlarning tushishi mahsulotga boʻlgan talab miqdorini oshiradi va taklif miqdorini kamaytiradi. Narxlar tushishi bozor muvozanatga erishguncha davom etadi.
Endi faraz qiling bozor narxi muvozanat narxidan quyi holatda 9 rasm (b). Bu holatda bir dona muzqaymoq uchun narx $1.50 va mahsulotga boʻlgan talab miqdori taklif miqdoridan oshadi. Bu holatda tovar taqchilligi kelib chiqadi: Talabgorlar mazkur narxda istagan mahsulotlarini barchasini xarid qila olmaydilar.
Muzqaymoq bozorida taqchillik sodir boʻlganda, xaridorlar oz miqdordagi muzqaymoqlardan birini xarid qilish uchun uzoq navbatda turishlariga toʻgʻri keladi. Koʻp xaridorlar oz mahsulot ortidan quvishi, taqchillikka sotuvchilar savdo hajmini yoʻqotmagan holda narxni koʻtarish orqali javob qaytaradi. Narx oʻsishi tufayli talab miqdori tushadi, taklif miqdori oshadi va bozor yana qayta muvozanat nuqtaga qarab harakatlanadi.

(a) qismda ortiqchalilik tasvirlangan. Bozor bahosi ($2.50) muvozanat narxdan yuqori boʻlganligi sababli mahsulot taklifi miqdori ( 10 ta muzqaymoq) mahsulotga boʻlgan talab miqdoridan (4 ta muzqaymoq) oshadi. Mol yetkazib beruvchilar muzqaymoq narxini qisqartirish orqali sotish hajmini oshirishga harakat qiladi va bu narxni muvozanat nuqta tomon harakatlantiradi. (b) qismda yetishmovchilik tasvirlangan. Bozor narxi muvozanat narxdan quyida boʻlganligi sababli mahsulotga boʻlgan talab miqdori (10 ta muzqaymoq) mahsulot taklifi (4 ta muzqaymoq) miqdoridan oshadi. Koʻp xaridor oz miqdordagi mahsulotga talab bildirishidan sotuvchilar narxni oshirish orqali manfaat koʻradi. Shunday qilib, ikkala holatda ham narx oʻzgarishi bozorni talab va taklif muvozanati tomon harakatlantiradi.


Yüklə 2,31 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   190




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin