Oʻrin bosuvchi tovarlarning mavjudligi. Oʻrin bosuvchi tovarlar koʻproq elastik boʻladi, chunki xaridor uchun bu tovardan boshqa tovarga oʻtish ancha oson. Masalan, saryogʻ va margarin oson oʻrin almasha oladi. Saryogʻ narxining kichik miqdorda oʻsishi margarin narxiga e’tiborimizni qaratadi va sotib olinadigan saryogʻ miqdorining kamayishiga sababchi boʻladi.
Teskari ravishda, tuxumning oʻrin bosuvchisi boʻlmaganligi sababli tuxum uchun talab saryogʻnikiga qaraganda deyarli elastik emas.
Qulay hayot kechirishga teskari muhumlik. Qulay hayot kechirishda elastik talab boʻlganligiga teskari ravishda muhimlik noelastik talabdir. Shifokor koʻrigining narxi oshgani bilan insonlar shifokor qabuliga yozilishni kamaytirishmaydi, hatto kamroq borishi mumkin boʻlsa ham. Bunga teskari ravishda talab qilinadigan qayiqlar miqdorining kamaytirishga olib keladi.
Bunga sabab koʻpchilik odamlar shifokor qabuliga muhimlik sifatida qayiqlarni esa qulay hayot kechirish sifatida baholaydi albatta. Tovar muhimlik yoki qulaylik sifatida baholanishi nafaqat tovarning vaqtinchalik ma’lumotiga, balki sotuvchining afzalliklariga ham bogʻliq. Bunga ahamiyat bermaydigan qiziquvchi dengiz suzuvchisi uchun qayiqlar noelastik, doctor uchun qulaylik va elastik talab boʻladi.
Elastiklik – talab qilinadigan yoki taklif qilinadigan miqdorning uning omillaridan biriga ta’sirining oʻlchovi.
Talabning narx elastikligi – tovarning talab qilinadigan miqdori, shu tovarning narxiga qay darajada ta’sir qilishini oʻlchaydi va talab qilinadigan miqdorning oʻzgarish foizi narxning oʻzgarish foiziga nisbati bilan aniqlanadi.
Talabning narx elastikligi va uning aniqlovchilari Tovar narxining pasayishi unga boʻlgan talabni oshiradi. Bu talab qonunidir. Talabning narx elastikligi narx oʻzgarganda talab qanday oʻzgarishini ifodalaydi. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab elastik deb yuritiladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishga sezilarli ravishda javob qaytarsa. Biron-bir mahsulotga boʻlgan talab noelastik boʻladi, agar talab miqdori narxdagi oʻzgarishlarga birozgina javob qaytarsa.
Har qanday mahsulot uchun talabning narx elastikligi oʻsha mahsulotning narxi oshganda iste’molchilarning xaridi qanday ekanligini hisoblaydi. Shunday qilib, elastiklik iste’molchi xohishlarini shakllantiradigan koʻplab iqtisodiy, ijtimoiy va psixologik kuchlarda aks etadi. Lekin, tajribaga asoslangan holda, biz talabning narx elastikligini nima aniqlab berishi haqida bir necha umumiy qoidalarini bayon qilamiz.