Shaxs va narsalaming nomini bildiradi; Insonlar,shaharlar, ko‘chalar va boshqa atab qo‘yilgan nomlar bosh harf bilan yoziladi; Otning egalik qo‘shimchalari: -m,-im,-ng,- ing,-si,-i,-miz,-imiz,-ngiz,- ingiz,-(lar)i qo‘shilganda shaxs va narsa buyumlaming qaysi shaxsga qarashliligi aniqlanadi. Tilda 3 ta shaxs bor: I shaxs - so‘zlovchi. shaxs -tinglovchi. shaxs - o‘zga. -m,-im,-miz,-imiz-1 shaxs; -ng,-ing,-ngiz,-ingiz-II shaxs; -i,-si,-(lar)I- III shaxs
Egalik qo‘shim- chalarida birlik va ko‘plik ma’nolari qanday ifodala- nishini.
-m,-im,-ng,- ing,- -i,- si - egalik qo‘shimchalari birlik ma’nosini bildiradi.-miz, -imiz, -ngiz,- ingiz, -(lar) i - egalik qo‘shimchalari ko‘plik ma’nosini bildiradi
«Tarmoqlar» metodi (klaster) juda uzoq o‘ylab o‘tiradigan o‘quvchi butun guruhga ajratilgan vaqt- ni sarflaydi. Shuningdek, o‘quvchi mashg‘ulotga tayyor bo‘lmasa, bunda ham u guruhga pand beradi, chunki guruh uning uchun ishla- shi kerak bo‘ladi;
- o‘quvchilar o‘z javoblarini ikki marta:yozma ish paytida va og‘zaki muhokama vaqtida tahlil qilib chiqishadi.
Rotatsiya (aylanma) metodi bilan fikrlarni ко‘rib chiqish
Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida- alohida muhokama qilib chiqishi va yozganlarini butun guruh tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi.
Har bir kichik guruh 30 daqiqa davomida 3 ta topshiriqni muhokama qiladi, keyin 15 daqiqa davomida esa, muhokama birga- likda o‘tkaziladi.
Sinfga tartib raqamlari bilan birga bir nechta topshiriq osib qo‘yiladi. Har bir kichik guruh (2-3 kishi) 10 daqiqa davomida muhokama qilib, o‘z javobining variantini yozib oladi-da, so‘ngra keyingi topshiriqqa o‘tadi va oxirigacha shunday qilib boradi.
Har bir guruh o‘ziga rangli flomaster oladi: 1-guruh- da ko‘k, 2-guruhda qora, 3-guruhda yashil flomaster bo‘ladi. Qo‘shimchalarni har kim har bir varaqqa o‘zining rangli flomasteri bilan yozib boradi, shunda uchchala guruhdan har birining ishtiroki yaqqol ko‘rinib turadi.
Topshiriqni 10 daqiqadan keyin almashtiriladi, 1-guruh 2-top- shiriqqa, 2-guruh 3-topshiriqqa, 3-guruh esa 1-topshiriqqa o‘tadi.
Guruh oldingi o‘quvchilar tomonidan yozib qo‘yilganlami o‘qiydi va o‘z javobi variantini yozib, to‘ldiradi, bunda variantning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Yana 10 daqiqadan keyin guruh keyingi topshiriqqa o‘tib, yozil- ganlami o‘qiydi va o‘z javoblari bilan to‘ldiradi.
Yana 15 daqiqadan keyin javoblar tahlil qilinib, muhokama o‘tkaziladi.
So‘ngra eng ma’qul javob tanlab olinib, daftarga yozib qo‘yiladi.
Bu metod mavzuni jamoa bo‘lib muhokama qilishni ko‘zda tutadi.
Har xil rangdagi flomasterlardan foydalanish yozilganlaming yaqqol ko‘rinib turishi va har qaysi guruhning javobdagi ishtiroki- ni baholash uchun qulay. Yozilgan javoblar tartib raqamlari bilan belgilab qo‘yiladi, bu - to‘g‘ri javoblami hisoblash uchun qulaydir. Javoblami hammadan ko‘p sonda yozgan kichik guruh eng yuqori ball oladi.