Термиз давлат университети педагогика факультети “бошланғич таълим” кафедраси



Yüklə 305,5 Kb.
səhifə23/29
tarix20.09.2023
ölçüsü305,5 Kb.
#146332
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29
«Akvarium» metodi
Guruhdan ixtiyoriy ravishda 3 kishi tanlab olinadi. Bular sinfning o‘rtasidan joy oladilar - go‘yoki «baliq», qolganlar esa, kuzatuvchi bo‘lishadi. Shu kichik guruhga bir vaziyat taklif etiladi, ular buni 10-15 daqiqa davomida birgalikda muhokama qilishlari, ku- zatuvchilar esa, davradagi o‘rtoqlarining to‘g‘ri yoki noto‘g‘ri javo- blarini yozib borishlari kerak. Awal «baliqlar» g‘oyasi taklif etila­di, uni kuzatuvchilar muhokama qilishadi, keyin kuzatuvchilar o‘z g‘oyalarini taklif etishadi, shu g‘oyalardan eng yaxshisining muallifi o‘z g‘oyasini taklif etmagan o‘quvchi o‘miga kichik guruhga o‘tadi.
Bu metodni xuddi «Zakovat» nomli о‘yin singari o‘tkazish mumkin, o‘qituvchi oldindan tayyorlab qo‘yilgan savollami beradi, o‘quvchilar bularni 1 daqiqa davomida muhokama qilib, javob berishadi. Javoblar qanoatlanarli bo‘lmasa, stolga boshqa uch nafar o‘quvchi borib o‘tiradi va o‘yin davom etadi.


2.4. Interaktiv metodlar asosida imloga doir mashg`ulotlarni tashkil etish (3-sinf ona tili darsi misolida)

O`qituvchilik kasbi kishidan bir umr ijodkorlikni, yngilikka intilib yashashni talab etadi. Olaylik, bir soatlik darsni mazmundor asar darajasig yetkazguncha qanchadan - qancha tunlarni mutoola bilan o`tkazishga tog`ri keladi.


Negaki fidoyi muallim darslikadi ma`lumotlar bilangina kifoyalanib qolmay, qo`shimcha izlanib yangiliklar kiritishga harakat qiladi. Nazariy bilimlarni amaliyotga sinovdan o`tkazib hayot tajribasi bilan uyg`un xolda boyitib boradi. Busiz ta`limda yuqori natijalarga erishib bo1`lmaydi.
Ayni chog`da ta`limda interfaol usullar, innovatsion g`oyalar, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo`llashga bo`lgan talab ortib bormoqda. Shu paytga qadar o`quvchi an`anavuy ta`limda tayyor bilinlargina egallab kelgan bo`lsa, zamonaviy texnologiyalar bolani o`z ustida ishlashga da`vat etadi. Ya`ni ha bir o`g`il-qiz muttasil o`rganib, bilimlarni tahlil qilib, to`ldirib, xatto xuklosani ham fan bo`yicha mustaqil ravishda chiqarishi lozim bo`ladi. O`qituvchi esa boshqaruvchilik, yo`naltiruvchilik vazifasini o`taydi. Mashg`ukotlarning rang – barangligiga erishish, yangiliklar kiritb boorish ta`lim samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Bunda interfaol usul, ya`ni jamoaviy yaxlitlikka erishish qo`l keladi. 45 daqiqa davomida inkon qadar o`qituvchi fikr- xayolini bir mavzuga band etib turishga erishish mumkin. Shunda ularni mustaqil ijodiy fikrlashga yangilik yaratishga ruhlantirish oson kechadi.
Quyida interfaol usullarda 3- sinf o`quvchilarining o`zlashtirish qiyin bo`lgan “Tutuq belgisi va uning imlosi” mavzusi asosidagi texnologik xarita va dars ishlanmasini e`tiboringizga havola qilamiz.
Texnologik xarita

Mavzu

Tutuq belgisi va uning imlosi

Maqsad va vazifalari

Maqsad- tutuq belgisi va uning imlosi haqida tushuncha berish :
-o`zaro hurmat hamkorlik tuyg`usini shakllantirish ;
- yozma nutqda tutuq belgisining qo`llanishiga oid mashqlar bajarish;
Vazifalar

  • o`qituvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg`otish mavzu asosida bilim va ko`nikmalarini shaklantirish, kengaytirishga erishilad.i.

  • mavzuga oid berilgan savol va topshiriqlarni o`uvchilar guruh holatida qay darajada o`zlashtirilishi nazorat qilinadi, ularning bilimi baholanadi.

O`quv jarayonining mazmuni

-Tutuq belgisi va uning imlosi ;
- so`zlarda tutuq belgisining o`rni
- tutuq belgisining ma`no farqlash vazifasi. (da`vo- davo)

O`quv jarayonini amalgam oshirish texnologiyasi

Metod; klaster, grammatik o`yin;
Usul: induktiv amaliyotlar nazariyaga
Shakl: (yozma va og`zaki)
Vosita: ona tili darsligi, plakat, komyuter texnologiyasi.
Nazorat: izohli diktant savol- javob
Baholash. 5 bali tizim asosida

Kutiladigan natija

O`qituvchi mavzuning qisqa vaqt ichida barcha o`quvchilar tomonidan o`zlashtirishiga erishadi. O`quvchi faolligini oshiradi.fanga nisbatan qiziqish uyg`otadi. Bir darsda barcha o`quvchilarni baholaydi va x.k.
O`quvchi : tutuq belgisining imlosi yuzasidan yangi bilimlarni egallaydi. Mustqil ijodiy ishlarni o`rganadi, nutqini rivojlatiradi.

Kelgusi rejalar

O`qituvchi pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirib, darsga tadbiq etadi. O`z ususlida ishlab pedagogik mahoratni oshiradi.
O`quvchi : mustqail ishlashni o`rganadi. O`z fikrini ravon bayon qila oladi.
O`rganilgan mavzu bo`yicha qo`shimcha materiallar izlaydi. Hamkolikda ishlash ko`nikmasi shakllanadi. `

Uyga vazifa

41 mashq




Yüklə 305,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin