Термиз давлат университети педагогика факультети “бошланғич таълим” кафедраси



Yüklə 305,5 Kb.
səhifə26/29
tarix20.09.2023
ölçüsü305,5 Kb.
#146332
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29
Yangi mavzuni mustahkamlash.
Yangi mavzu “Dumaloq stol” metodi asosida mustahkamlanadi.

Topishmoq yozib qo`yilgan qog`oz varag`i davra bo`ylab o`tkaziladi. Topshiriq savoli quyidagicha:


1. unli tovuchdan keyin tutuq belgisi kelsa, soz qanday talaffuz qilinadi? Har bir o`quvchi o`zining javob variantini yozib qo`yadi va varaqni boshqa o`quvchiga uzatadi. Hamma o`quvchilar o`z javoblarini yozib qo`yishadi, keyin muhokama bo`ladi: noto`gri javoblar ochiriladi, to`g`ri javoblarning soniga qarab o`quvchilarning bilimiga baho beriladi. Bu metodni faqat yozma shaklda emas, balki og`zaki shaklda ham qo`llash mumkin.
Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni rag`batlantirish.
O`quvchilarni baholash rag`batlantiruvchi baholash usulida amalga oshiriladi. Unga asosan, “Ofarin!”, “barakalla!” , “Sizga omad!”, yorliqlari hamda quyidagi she`r yozilgan kitobcha tarqatiladi.
“Haqiqiy “5”

  • Yasha,bolam! – barakalla,

Ko’p tirishqoq ekansan.
Topqirlig-u zukkolikda
Hammani ham yengarsan.

Kelajakda albat sendan,


Chiqqusi zo’r alloma.
Haqiqiy “5” olding bugun,
Bundan so’ng ham bo’sh kelma!
Uyga vazifa
41-mashq
O’qing.TUtuq belgisidan oldin kelgan unlini cho’ziqroq talaffuz qilib ,so’zlarni talaffuz qiling.
Ne’mat darsga ba’zan kechikib keladigan odat chiqardi.O’rtoqlari undan xafa bo’ldilar.Yig’ilishda Tal’at ular nomidan so’zladi.Uning so’zi Ne’matga qattiq ta’sir qildi
U darsga kechikmaslikka va’da berdi.Shundan keyin u darsga kechikmaydigan bo’ldi.
Darsni yakunlash va xulosalash.
Ilg`or pedagogik texnologiyalar shaxsni o’qitish, tarbiyalash va iqtidorini rivojlantirish tamoyillarini o’zida jamlaydi, yakuniy natija ham shunga monand bo’lishini ta’minlaydi. Buning isbotini amaliyot jaroyonida ko’rdik. Termiz shahridagi 11-umumiy o’rta ta’lim maktabining 3-“B” sinfida tajriba – sinov ishlarini olib bordik. Tajriba natijasi shuni ko’rsatadiki, an’anaviy uslubdadars o’tilganda, 78% o’zlashtirishga, noan’anaviy uslubda, interfaol metodlar asosida dars tashkil etilganda 85% o’zlashtirishga erishildi. Shundan xulosa qilsa bo’ladiki, interfaol usullar asosida dars o’tish o’qituvchi uchun foydali bo’lib, o’quvchilarni yangicha fikrlashga va erkin ijodiy faolligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Yüklə 305,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin