Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti


Sovchilik va sovchi odobi



Yüklə 474,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/14
tarix11.04.2022
ölçüsü474,71 Kb.
#55132
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
tarbiyaviy ishlar metodikasi

     Sovchilik va sovchi odobi. Xorijlik mehmon bilan suhbat. 

     Mehmon: sizlarda  uylanish  yigit  va  qizning  muhabbati  asosida  emas, 

qandaydir sovchilar vositasida amalga oshirilar ekan. Shu rostmi? 



     Javob: rostlikka  rost,  lekin  sovchilik  muhabbatni  inkor  qilmaydi,  aksincha 

muhabbatni  maqsadga  erishtiradi  yoki  yo'q  muhabbatni  borga  aylantiradi, 

muhabbat  yaratadi.  Biz  unga  sovchilikning  mohiyatini  tushuntirib  berdik.  Ikki 

yosh  bir-biriga  sevgi  izhor  qilib,  turmush  qurmoqchi  bo'ldi  deylik.  Shu  yoshda 

ularda hali hayot tajribalari kam, hissiyot aqldan ustunlik qiladi. Ota-ona, umuman 

kattalar  bilan  maslahatlashadilar,  qiz  tarafining  tag-taxtini,  ota-onasini,  uy  joyini, 

qizning  xulq-atvorini  sovchilar  vositasida  so'rab,  surishtiradilar.  Ayni  vaqtda  qiz 

taraf  ham  shunday  ish  tutadi  va  bir  fikrga  kelinadi  yoki  yigit  o'ziga  munosib  qiz 

topa  olmadi,  lekin  uylanishi  kerak.  Evropada  bunday  holda  "Tanishuv  klublari", 

reklamalar  qo'l  keladi,  bizda  esa  sovchilik  shaklida  ish  bitkaziladi.  Sovchilar 

vositasida  uchrashgan  yigit-qiz  ma'lum  vaqt  bir-birlarini  sinaydilar,  ular  o'rtasida 

muhabbat rishtalari paydo bo'lsa, unashtirilib to'y bo'ladi. 

     Xorijlik mehmon o'ylab qoladi. 

Evropaga  nisbatan  sizlarda  oilada  ajralishning  kamligi  ham  balki  shundandir, 

degan xulosaga keldim dedi u. 

Shaharlarda  yigitning  onasi  amma  yoki  xolasi  bilan  mo'ljaldagi  qiz  xonadoniga 

tashrif  buyurib  "mehmonga  keldik"  bahoniasi  bilan  qizni  ko'radilar.  Ayni  paytda 

uy-joy,  hovlining  tozaligi,  saranjomligi  dasturxon  qanday  bezatilishi  uy, 

egalarining mehmon do'stligiga razm soladilar. 

     Qizning  onasi  bilan  suhbatlashib  "Onasini  ko'ru,  qizini  ol"  maqoliga  rioya 

qiladilar.  Sharqona  odobga  ko'ra,  yigitning  onasi  o'z  o'g'li  haqida  gapirishi, 

maqtashi odobdan sanalmaydi. Yanabir nozik jihati, sovchilar ham, qiz tomon ham 

bir-birining  sha'niga  tegadigan  so'z  qilmaydi,  deylik  qiz  tomonga  kuyov  tomon 



ma'qul  bo'lmadi.  Shunda  ham  ochiqdan  ochiq  yo'q  deyilmaydi.  "Qizimiz  hali 

yosh", "o'qishi bitsin" kabi so'zlar aytiladi. 

     Sovchilar  ikkirichi  yoki  uchinchi  borishida  ma'qul  kelsa,  rozilik  beriladi, 

sovchilar  keltirgan  dasturxon  ochilib  noni  sindiriladi,  so'ng  "oq  kiydi"  marosimi 

o'tkaziladi,  bunda  rozilik  belgisi  qilib  oqlik  beriladi.  Shu  marosimda  ko'pincha 

fotiha  to'yi  kuni,  taxminan  to'y  kuni  belgilanadi.  Fotiha  to'yi  bo'lajak  kelin  uyida 

o'tkaziladi. Kuyov tomon dasturxonlar olib borishadi, yaxshilab mehmon qilingach 

esa,  qaytishlarida  esa  sаrpоberiladi.  To'y  oldi  marosimlari:  bo'lajak  kelin 

sarpolarini  tiktirish  bilan  band  bo'lganda  onasi  "paxta  solar"  qiladi.  Ya'ni  opa-

singillari qo'shni ayollar bilan ko'rpa-ko'rpachalar bichilib, paxta solib qaviladi. 

     "Uy  ko'rar"  kelinning  yaqinlari  kuyovnikiga  borib  deraza  eshik  va  uy  ko'rib 

kelib,  pardalar  tikishadi.  Sovet  davrida  nikoh  o'qitish  man  etilgani  uchun  bu 

marosim  xufya  ijro  etilgan.  Endilikda  davlat  idoralarida  qayd  etilgach,  shu  yaqin 

oradagi  masjidda  yoki  qizning  uyida  o'qitiladigan  bo'ldi.  Imom  ikki  yoshga  er-

xotinlik  burchi  va  huquqlarini  oilaning  muqaddasligini  tushuntirgach,  kuyov  va 

kelinning  roziligini  olgach  "xutbai  nikoh"  o'qiydi.     To'y  kuni:  qadimgi 

o'zbekchilik  udumiga  ko'ra  nikoh  to'yi  tantanalari  kuyovnikida  o'tkaziladi.  To'y 

oqshomi  kuyov  jo'ralari bilan o'yin  kulgu bilan kelinnikiga keladi  va  u  yerda to'y 

tantanalari  davom  etadi,  ziyofat  oxirida  kuyovga  sarpolar  chiqadi.  So'ngra  kelin 

uchun  hayajonli  damlar  boshlanadi.  Uning  yaqinlari  yig'ilishib  uzatib  borishga 

tayyorlanadilar. Kelinga oq libosini kiydirib otasi, onasi, buvasi, tog'a amaki kabi 

qarindoshlari  bilan  xayrlashgani  olib  chiqishadi.  Bu  ham  'ko'pchilik  ayollarning 

qalbini hayajonga solib, ko'ziga yosh chiqaradigan marosim. 


Yüklə 474,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin