Yor — yor va kelin salom. Xotin qizlarning qiz uzatish bahona o'zlari to'qigan
yor-yorlarida qiz bolaning qismati, uning baxtini tilash, epli - sepliligini ta'kidlash,
qizlarning taqdirga tan berishi, ko'nikishi kerakligi haqidagi momolar o'giti
ifodalangan quyidagi turli viloyat va tumanlardan yozib olingan "Yor-yor"lardan
namunalar keltiramiz:
Hay-hay о’lап, jon о 'lan, baxting bo 'lsin yor-yor,
Payg'amharning qizidek taxting bo'lsin yor-yor,
Payg'amharning qizini kim ko'rgan bor yor-yor,
Ota-ona uyiga kim to 'ygan bor yor-yor.
Zargar qilgan zanjirni uzib bo 'lmas yor-yor,
Xudo qilgan taqdirni buzib bo 'lmas yor-yor,
Hay-hay о 'lan, jon о 'lan, mis panjara yor-yor,
Bugungi kundagi turli zararli ta‘sirlardan saqlanish, har qanday sharoitda ham
xalqimizga azaldan xos bo'lgan milliy qiyofa, betakror fazilatlar egasi bo'lib
qolishimizda qadimiy an'ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylab, ularga amal qilib
yashash o'ta muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer yuzidagi har bir millat faqat uning o'ziga xos bo'lgan an'ana va
qadriyatlari bilan alohida ajralib turadi, tabiiyki, har qaysi xalqning bebaho boyligi
bo'lgan bunday qadriyat va an'analar bir-ikki kunda paydo bo'lib qolmagan.
Insoniyatnrng necha ming yillik tarixiy tajribasi shuni ko'rsatadiki, biror-bir
narsaning an'anaga, ayniqsa, qadriyatga aylanishi uzoq davrni talab qiladi. Yillar,
asrlar davomida muayyan qarash, odat, tushuncha, tajribalar zamonlar, avlodlar
sinovidan o'tadi, sayqal topib boradi. Agar ular keyingi avlodlar tomonidan ham
qabul qilinsa, davom ettirilib, urf-odatga aylansa, demakki, endi ularni milliy
an'ana va qadriyat deb atash mumkin bo'ladi.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan
bog'liq qadriyatlar milliy qadriyatlar deyiladi. Milliy qadriyatlar millatning tarixi,
yashash tarzi, ma'naviyati hamda madaniyati bilan chambarchas bog'liq holda
namoyon bo'ladi.
O'zbek xalqining asrlardan asrlarga o'tib kelayotgan milliy qadriyatlari ham
uzoq tarixiy jarayonda shakllangan. Jumladan, o'zi tug'ilib o'sgan ona yurtiga
ehtirom, o'z taqdirini mana shu yurtsiz tasavvur qila olmaslik, o'tgan ajdodlar
xotirasiga sadoqat, kattalarga doimiy hurmat ko'rsatish, har qanday sharoitda ham
hayo va andishani saqlash, turmushda poklikka alohida e'tibor berish singari
ko'plab fazilatlar bizning milliy qadriyatlarimiz asosini tashkil etadi.
Xalqimiz juda qadim paytlardan boshlaboq ko'chmanchilikdan o'troq hayot
kechirishga o'tgan, shunday hayot tarziga o'rgangan. Odamlar o'zi o'rnashib qolgan
yerni, uning atrofidagi suv manbalarini qadrlashni, asrashni odat qilganlar. Chunki
mana shu yer va suv yordamida olinadigan hosil insonlarning rizqi, tirikchiligina
muhim manbayi hisoblangan. Bunday o'troq hayot tarzi odamlarni jamoa bo'lib,
bir-biriga yelkadosh bo'lib yashashiga, mehnat qilishi mehnat mahsullarini o'zaro
ayirboshlash orqali savdo munosabatlari kirishishiga olib kelgan. Shu tariqa
qishloq xo'jaligi hamda shahar madaniyati yuksala borgan. Yurtimizda bunyod
etilgan Samarqand, Qarshi, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Andijon, Marg'ilon, Termiz
va Qo'qon singari o'nlab shaharlarning yoshi ming yillar bilan o‘lchanishi ham
bejiz emas.
Demoqchimizki, xalqimiz o'zi tug'ilib o'sgan yer-zaminga qattiq bog'langan,
uni e'zozlashni bolaligidan o'rganib, his qilib o'sadigan millat sanaladi. Demak,
xalqimizning o'z yurtiga cheksiz sadoqati, ehtiromi bilan bog'liq milliy an'ana va
qadriyatlari uning boy tarixi bilan izohlanadi. Xuddi shuningdek, xalqimizning
kattalarga hurmat, kichiklarga izzat ko'rsatish, mehmondo'stlik, yordamga
muhtojlarga shafqatli bo'lish, hayo, ibo va mehr-oqibat, ahli ayolini - oilasini
asrash, maishiy turmushda poklikni yuksak qadrlash singari an'ana va qadriyatlari
ham hayotning uzoq sinovlaridan o'tgan o'lmas ma'naviy merosimiz sanaladi.
O‗zbek xalqi to‗y-tomoshaga boy xalq hisoblanadi. O‗zbek to‗y
marosimlarining bir necha turi mavjudki, ularning har biri alohida bir kitob
bo‗lishga arzigulik. Oilada farzand tug‗ilishi bilan to‗y marosimlari boshlanib
ketadi: soch to‗yi, chilla to‗yi, beshik to‗yi, sunnat to‗yi, muchal to‗yi, nikoh to‗yi,
yosh to‗yi (yubiley), kumush to‗yi, oltin to‗yi va hokazo... Ular orasida eng
asosiysi nikoh to‗yi bo‗lib, bu to‗y milliy urf-odatlarimiz va turli rasm-rusumlarga
boyligi bilan ajralib turadi. Masalan, o‗g‗il uylantirish yoki qiz chiqarishda avvalo,
bo‗lajak quda tomon so‗rab-surishtiriladi. Qiz-yigitning xarakter-xususiyatlari,
nasl-nasabi, ota-onasi, kasb-kori va boshqa jihatlari aniqlanadi. Bundan asosiy
maqsad qurilajak oilaning har tomonlama mustahkamligini ta‘minlashdan iborat.
Ana shundan keyin har ikki tomon rozi-rizoligi bilan to‗yga tayyorgarlik
boshlanadi. To‗ygacha ham xalqimizning bir qancha milliy urf-odatlari,
marosimlari borki, ―qarindosh chaqirdi‖, ―uy ko‗rdi‖, ―fotiha to‗yi‖, ―qatlama
keldi‖ kabi marosimlarisiz o‗zbek to‗yini tasavvur qilib bo‗lmaydi. Bu kabi
an‘analar millatimizning nafaqat qadimiyligini, balki mehmondo‗stligiyu
odamshavandaligini ham o‗zida aks ettiradi. Har bir odatimizning o‗ziga xos va
o‗zgacha gashti bor. Ular bilan o‗zbek to‗ylari yanayam fayzli va tarovatli bo‗ladi.
To‗y jarayonida qilinadigan bir qancha milliy rasm-rusumlarimizning har biri
o‗zgacha ma‘no-mazmunga ega, har birining o‗zgacha xosiyati bor. Masalan,
kelin-kuyov uyga kirayotganlarida hayot yo‗llari pok va ravon bo‗lsin deya oyoq
ostlariga yangi poyondoz to‗shaladi. Keyin kuyov jo‗ralar tomonidan poyondoz
bo‗lib olinadi. Bu kuyov jo‗ralarga ham kuyovlik baxti nasib qilsin, degan ma‘noni
anglatadi. Chimildiqqa kirishda esa kelin-kuyov boshiga non ushlab kiritiladi. Bu
rizq-ro‗z sifatida yosh oilaning rizqi butun, noni halol, hayotlari to‗kis bo‗lishiga
ishoradir.
Nikoh to‗yi marosimining bu kabi urf-odatlari, rasm-rusumlari, an‘analari
ta‘rifini uzoq davom ettirish mumkin. Bu to‗yning yana bir muhim jihati borki,
unga alohida to‗xtalib o‗tmaslikning iloji yo‗q. U ham bo‗lsa to‗y marosim
qo‗shiqlaridir. O‗zbek xalq og‗zaki ijodining boy namunasi sifatida to‗y marosim
qo‗shiqlari muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, nikoh to‗yida aytiladigan marosim
qo‗shiqlari ko‗pligi, xilma-xilligi, teran mazmundorligi va hayotiyligiyu dilga
yaqinligi bilan ajralib turadi. Bu o‗lmas qo‗shiqlarning har biri alohida ta‘rif-
tahsinga sazovor. Birgina yor-yor va o‗lanlarni olaylik. Hech kim bu xonishlarni
shunchaki eshitmaydi, balki ular ohangida sel bo‗lib, yuraklari orziqib, epkin
tuyg‗ulari jo‗sh urib, qalb torlari junbushga kelib tinglaydi. Yor-yor sadolari ostida
kelin yangi ostonaga qadam qo‗yadi. Kayvoni momolar tomonidan maromiga
yetkazib kuylanadigan o‗lan, yor-yor, kelin salom, kelin o‗tirsin, xush kelibsiz, raxt
urdi kabi folklor namunalaridan maqsad yangi qurilayotgan oilaga baxt-saodat,
tinchlik-osoyishtalik va serfarzandlilik tilashdan iboratdir. Xalq og‗zaki ijodiga
mansub milliy marosim qo‗shiqlarini to‗plash va o‗rganish bo‗yicha qator ishlar
qilingan. Xususan, olima Muzayyana Alaviyaning ―O‗zbek xalq qo‗shiqlari‖
monografiyasi nikoh marosimi va uning folklorini o‗rganishdagi dastlabki qadam
sifatida baholandi. Xalq qo‗shiqlari, ularning tarixiy ildizlari, asosiy xususiyatlari,
turlari, xalq ma‘naviy hayotida tutgan o‗rnini o‗rganishga bag‗ishlangan mazkur
kitobda o‗lan, lapar, yor-yor, bayt-g‗azal, xush kelibsiz, to‗y muborak kabi to‗y
marosim qo‗shiqlari tahlil qilinadi.
Qadimdan urf bo‗lib kelgan azaliy an‘ana va qadriyatlarimizni, milliy
marosim qo‗shiqlarimizni to‗y marosimlarida o‗rni bilan ijro qilish ularning
boqiyligini, abadiyligini ta‘minlaydi, yosh avlod qalbida ularga nisbatan mehr va
qiziqish hissini uyg‗otadi. Xalqimizning milliy qadriyatlarini doimo e‘zozlab,
qadrlab, ularga hurmat bilan munosabatda bo‗lish har birimizning burchimizdir.
Zero, milliy qadriyat va an‘analar millat iftixori, g‗ururi hisoblanadi. Ammo
bugungi kunda ko‗plab milliy urf-odatlarimiz unutilib borilayapti, ularga nisbatan
bepisandlik bilan qaralyapti. Albatta, bunday beparvolikning xosiyati yaxshi emas.
Chunki har bir qadriyatimiz zamirida o‗ziga xos ma‘no-mazmun bor. Milliy
ma‘naviyatimiz shakllanishida, ma‘naviy ongimiz yuksalishida milliy odat va
an‘analarimizning o‗rni beqiyos. Shunday ekan, ularni o‗rganish va amalda
qo‗llash orqali ham ma‘naviyatimizni yuksaltirishimiz va milliy qadriyatlarimiz
umrboqiyligiga o‗z hissamizni qo‗shishimiz lozim.
Dostları ilə paylaş: |