Termiz davlat universiteti pedagogika fakulteti



Yüklə 286,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix19.04.2023
ölçüsü286,04 Kb.
#100398
1   2   3   4   5   6
 
 



1. Tarbiyaviy ishlarni amalga oshirishda "Oila, mahalla, maktab 
hamkorligi" Kontseptsiyasining o’rni va ahamiyati. 
Tarbiya jarayoni ishtirokchilari sa’y- harakatlarini birlashtirish maqsadida 
1993 yilda ishlab chiqilgan "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" 
Kontseptsiyasi yoshlarni istiqlol g’oyalariga sadoqatli, ma’naviy barkamol, 
vatanparvar etib tarbiyalashda keng jamoatchilik faoliyatini muvofiqlashtirish 
borasida ma’lum dasturilamal bo’ldi. 
Respublikamizda keyingi yillarda qabul qilingan ta’lim va tarbiya 
to’g’risidagi qator me’yoriy hujjatlar, jumladan O’zbekiston Respublikasining 
"Ta’lim to’g’risida"gi qonuni, "Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" bozor 
iqtisodiyoti sharoitlarida muvaffaqiyatli ishlay oladigan, mustaqil fikrlovchi 
kadrlarni tayyorlashda oila, mahalla va o’quv bilim yurti nufuzini yanada yuqori 
pog’onaga ko’tarishni taqzo etadi. 
Zero, ta’lim-tarbiyani takomillashtirishda ham davlat bosh islohotchidir, 
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek, birinchidan, yosh avlodga 
o’zligimizni, muqaddas an’analarimizni anglash tuyg’ularini, xalqimizning ko’p 
asrlar davomida shakllangan ezgu orzularini, jamiyatimiz oldiga bugun qo’yilgan 
oliy maqsad va vazifalarni singdirish; 
ikkinchidan, jamiyatimizda bugun mavjud bo’lgan hurfikrlikdan qat’iy 
nazar yoshlarni jipslashtiradigan, xalqimiz va davlatimiz daxlsizligini asraydigan, 
el-yurtimizni eng yuksak maqsadlar sari chorlaydigan yagona g’oya — milliy 
mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash; 
uchinchidan, yoshlarni baynalmilal jahon hamjamiyatida, xalqaro 
maydonda O’zbekistonga munosib hurmat tug’dirish uchun intilish ruhida 
tarbiyalash; 
to’rtinchidan, yosh avlodni vatanparvarlik, el-yurtga sadoqat, yuksak 
odamiylik va insoniy fazilatlar ruhida tarbiyalash; 
beshinchidan, yosh avlodni ulug’ ajdodlarimizning munosib vorislari 
ekanliklari, ayni vaqtda jahon va zamonning umumbashariy yutuqlarini egallash 



ruhida tarbiyalash O’zbekistonda o’quvchi-yoshlarni tarbiyalashning eng dolzarb 
masalasidir. 
Davlatimiz rahbari ko’rsatib berganidek, ta’lim-tarbiya sohasidagi 
islohotlar: 
birinchidan, ijtimoiy-siyosiy iqlimga ijobiy ta’sir ko’rsatishga, umuman 
mamlakatdagi mavjud muhitni butunlay o’zgartirishga; 
ikkinchidan, insonning hayotda o’z o’rnini topishini tezlashtirishga; 
uchinchidan, jamiyatda mustaqil fikrlovchi erkin shaxsni shakllantirishda; 
to’rtinchidan, insondagi mavjud salohiyatni to’la ro’yobga chiqarishga; 
beshinchidan, umumiy va maxsus bilimlarga ega, ongli, tafakkuri ozod, 
zamonaviy dunyoqarash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga voris bo’lgan, 
kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etadigan komil insonlarni tarbiyalashga 
qaratilgan. 
Mazkur Kontseptsiyada taraqiyotimizning ma’naviy-axloqiy negizi milliy va 
umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi ekanligi e’tirof etildi, milliy va umuminsoniy 
tarbiyaning quyidagi o’zaro aloqalari, uyg’un yo’nalishlari belgilab olindi. 
Milliy tarbiya yo’nalishi orqali yoshlarda o’zlikni anglash, vatanparvarlik, 
milliy g’urur, millatlararo muloqot madaniyati, milliy mafkuraviy onglilik, milliy 
odob, fidoyilik fazilatlari shakllantiriladi. 
Umuminsoniy yo’nalishda huquqiy, iqtisodiy, jismoniy, aqliy, estetik, 
ekologik, gigityenik va boshqa tarbiya yo’nalishlari amalga oshiriladi. Bu 
Kontseptsiya milliy davlatchilik va jamiyat qurilishi talablari asosliligini 
ta’minlaydi. 
Kontseptsiyada oilaga alohida e’tibor qaratildi. O’zbekistonda 1998 yil 
"Oila yili" deb e’lon qilinishi oilaning tarbiyaviy rolini yanada kuchaytirdi. Qayd 
etilgan masalalar jamiyatimiz, xalqimiz, davlatimiz taqdiri va uning dunyo 
miqyosidagi syosiy, iqtisodiy, ijtimoiy salohiyatini shakllantirishda g’oyat
katta 
ahamiyatga ega ekanligiga O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 
yil 26 martda qabul qilingan "Ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog’lomlashtirish, 



diniy aqidaparastlikning oldini olish chora-tadbirlari to’g’risida"gi 130-sonli qarori 
misol bo’la oladi. 
SHuningdek, 
O’zbekiston Respublikasining 
"Ta’lim 
to’g’risida"gi 
qonunining 30-moddasida "Voyaga yetmagan shaxslarning ota-onalari yoki 
qonuniy vakillari shaxsning qonuniy huquqlari va manfaatlarini himoya 
qilishlari shart hamda ularning tarbiyasi, o’quv muassasasigacha, umumiy o’rta, 
o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi olishlari uchun javobgardirlar", deb belgilab 
qo’yilgan. 
"Kadrlar tayyorlash milliy dasturi" ning 3.2 bandida esa ta’lim 
oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart-sharoitlar yaratish 
borasidagi vazifalar hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini rivojlantirishga 
alohida e’tibor berilgan. Bu "Oila, o’quv bilim yurti, mahalla hamkorligi" bugungi 
kunning ma’naviy, ma’rifiy, mafkuraviy, tarbiyaviy zarurati ekanligini bildiradi. 
Yosh avlodni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda xalqimizning boy milliy, madaniy, 
tarixiy an’analariga, urf-odatlariga hamda umumbashariy qadriyatlarga asoslangan 
samarali, zamonaviy pedagogik texnologiyaning ishlab chiqilib, amaliyotga joriy 
etilishi, shaxsni tarbiyalash va uni har tomonlama kamol toptirishning 
ustuvorligini ta’minlash; umumiy hamda milliy pedagogik madaniyatni oshirish; 
mamlakatimiz 
fuqarolari 
orasida 
milliy 
mafkuraviy 
tarbiya 
ishlarini 
takomillashtirish "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti hamkorligi" Kontseptsiyasining 
asosiy maqsadidir. 
O’zbekistonda ruy berayotgan o’zgarishlar "Oila, mahalla, o’quv bilim yurti
hamkorligi" yo’nalishidagi shaxs tarbiyasida oila, ota-ona, mahalla, o’quv bilim 
yurtining asosiy vazifalarini mazmunan yangilab hayotga tatbiq etishni taqozo 
qiladi. 

Yüklə 286,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin