Ma'lumki yozish san'ati yozuvchining fe'l atvori, bilimi va qanchalik darajada mukammal insonligidan dalolat berib turadi. Insonlarning yozuvi orqali ular qay darajada savodxon ekanliklarini bilib olishimiz mumkin. Yozuvlar yuqoridagilardan dalolat berar ekan, demak biz o'quvchilarni chiroyli va savodli yozishga o'rgatish orqali ularda yuqoridagi sifatlarni shakllantirishga erishishimiz mumkin.
O'quvchilar savodli yozish orqali e'tiborli, irodali, tartibli bo'lishga o'rganib boradilar. Bu esa jamiyatimizda shakllanayotgan har bir shaxsga tegishli bo'lgan fazilatlardan biridir.
O'quvchilarni yozishga o’rgatishga bag'ishlangan ushbu bitiruv malakaviy ishimda men ana shu masalani ko'rib chiqdim. Unda asosan o'quvchilarni yozishga o'rgatish masalalari, yozuv darslarida savodli yozishga o'rgatish usullari va boshqa masalalarga e'tibor berildi.
Ilmiy metodik adabiyotlar. Tadqiqot jarayonida olingan natijalar tahlili hamda boshlang'ich ta'lim jarayoni kuzatishlar asosida quyidagi xulosa va tavsiyalarni taqdim etishni maqsadga muvofiq deb hisobladim.
Kichik yoshdagi o’quvchilarga beriladigan til ta'limi va tarbiyasi o'zgacha yo'nalish, o'zgacha usullar bilan boyitib, til sofligi, adabiy til meyorlarini singdirish kabi zaruriy mashqlar vositasida olib boriladi. Shuningdek, ona tili fanini o'qitishda pedagogik texnologiyalarning ilg'or usullariga tayanib ish ko'rmoq joiz hamda bolalar idrok eta oladigan topishmoqlar tizimini ishlab chiqish va qisman maxsus o'quv jarayoni mazmuniga kiritilish zarur. Boshlang'ich ta'limning samaradorligini oshirish omillaridan biri bolalarning savodli yozish malakaiarini tarbiyalashdir. Bu 1-sinfdan boshlanib, yuqori sinflarda ham davom ettirilishi lozim.
Oquvchilarni savodli yozishga o'rgatishda quyidagilarga amal qilish orqali samaradorlikka erishishimiz mumkin:
- bolalar ruhiyatini chuqur o'rganib, ularning har biriga o'ziga xos munosabatda bo'lish;